boshlanadi.
401
ga bag‘ishlangan ana shunday matnlar paydo bo‘ldi. Uzoq vaqt
turli o‘lkalarda bo‘lgan Gerodot (mil.avv. 485–425-yillar atrofi-
da yashagan, Kichik Osiyodagi Galikarnas shahrida tug‘ilgan)
ilk bor ko‘rgan va eshitgan voqealarini ma’lum bir tizimga solib,
hikoya qilishga kirishdi. U tuzgan matnni Afinada ilk bor xalq
oldida o‘qib berdi. Keyinchalik mil.avv. III asrda Aleksandriya
olimlari uning hikoyalarini 9 jilddan iborat kitob holatiga kel-
tiradilar. 9-jild «Tarix» (yunoncha «Istoriya» – «tasvir» ma’nosini
bildiradi) yoki «Muzalar» deb atalib, asosan yunon-fors urush-
lariga bag‘ishladi. Lekin muallif bayon qilish davomida Misr,
Eron, skiflar tarixiga ham murojaat qiladi. Gerodot insonlar
faoliyatida xudolarning ishtirokiga shubha qilmadi.
Olorning o‘g‘li Fukidid (mil.avv. 460/51–396-yillar) boy afi-
nalik oiladan bo‘lib, frakiyadagi oltin konlarini merosga oldi.
Siyosiy hayotga faol qatnashdi. Peloponnes urushi davrida
strateg bo‘ldi, lekin harbiy ishda xatoga yo‘l qo‘ygani uchun
Afi nadan quvg‘in qilindi. Fukidid Peloponnes urushiga bag‘ish-
langan 8 kitobdan iborat tarixiy asarning muallifi. Uning asari
afsonaviy va haqiqiy voqealarni Gerodotga xos bo‘lgan, quruq
bayon qilishning aksi bo‘lgan haqiqiy tarixiy tadqiqot edi. Fuki-
did tarixchilar ichida birinchi bo‘lib tarixiy voqealarni, ularning
harakatga keltiruvchi kuchlari, taraqqiyot yo‘llari bilan o‘za-
ro aloqada ko‘rishga harakat qildi. Voqealarning sabablarini
o‘rganish uchun siyosiy voqelikni ilmiy tahlil qilish usullarini
qo‘lladi. Fukidid xudolarni tarix doirasidan chiqardi. U tarix-
ni xudolar emas, balki kishilar o‘z faoliyatlari bilan yaratadi-
lar deb hisoblar edi. Kishilarning «tabiati» hamma vaqt qonun
va shartnomalardan kuchliroq bo‘ladi. Kishilarning qiyofasi va
uning ko‘rinishlari Fukidid uchun shu davr jamiyatining vo-
qeligini tushinishda yetarli edi. Gerodot va Fukidid yunon po-
lislari fuqarolarining o‘z ozodligini himoya qilishi, vatanparvar-
lik va o‘zini qurbon qilishdek qahramonlik kurashiga murojaat
qildilar.
Fukidid an’analarini Ksenofont (mil.avv. 430–355-yillar)
davom ettirdi. Uning «Anabasis», «Lakedemeon politiyasi», «Kiro-
pediya», «Agesilay» va «Daromadlar to‘g‘risida» asarlarida o‘sha
davr yunon dunyosining siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti aks
etadi. Efor (mil.avv.405–330-yillar) 30 kitobdan iborat «Tarix»
asarida yunon dunyosi, shuningdek, yunon koloniyalari tari-
xini yoritdi.
402
Mil.avv. V asrda yunon dunyosida yuz bergan kuchli siyosiy
jarayonlarni tahlil qilgan, shu davrning siyosiy arboblari Femis-
tokl va Perikl kabi afinalik demokratiya yo‘lboshchilarini ayovsiz
tanqid ostiga olgan siyosiy adabiyotlar yuzaga keldi. Shunday
adabiyotlardan biri «Afinaning boshqaruvi to‘g‘risida»gi risola
mil.avv. 430-yillar atrofida paydo bo‘ldi. Kritiyning «Lakedemon
politiyasi»da Sparta jamiyati qurilishi ko‘klarga ko‘tarildi, Afina
demokratiyasiga salbiy nazar bilan qaraldi.
Do'stlaringiz bilan baham: