avv. XI–VI asrlarda jez ko‘zalardagi yozuvlarda yetib kelgan.
Yuan, Xan davrida Sima Syan-ju kabi shoirlar ijod qilgan. Siam
297
Syan-ju (mil.avv. 179–118-yillar) Xan imperiyasining qudrati va
«Buyuk odam»ning o‘zi – imperator U-dini ulug‘lab, odalar yozdi.
Xitoy tarixchilarining otasi Sima Syanning «Tarixiy yozish-
malar» asarida Xitoy tarixi afsonaviy ajdod Xuandidan impe-
rator U-di hukmronligining so‘nggi yillarigacha olib boriladi.
Sima Syan o‘z asarida siyosiy va iqtisodiy vaziyatni, turmush
va axloqiy yurish-turishni qisqa va yorqin tasvirladi. U Xitoy-
da ilk bor adabiy portretni yaratdi. Sima Szyanning uslubini
Van Gu (32–92-yillar) o‘zining «Katta Xan sulolasi tarixi» asari-
da davom ettirdi. Asar an’anaviy konfutsiylik ruhida yozilib,
rasmiy nuqtayi-nazarda qat’iy bayon qilindi. Voqea-hodisalarga
baho berishda Sima Syan bayoniga zid talqin qilinadi. Sima
Syan daosizmga e’tiqod qilishda ayblanadi. Xan davridan bosh-
lab, har bir sulola o‘zidan oldingi sulola hukmronligi davrini
tasvirlay boshladi.
Musiqa, poeziya va raqs kabi san’at janrlari Xitoyda yuqori
darajada shakllangan. Musiqa asboblari uch asosiy guruhga:
torli, tovush chiqaradigan va urib chalinadigan asboblarga
bo‘lingan. Ko‘pgina musiqa asboblari milodiy I–II asrlarda O‘rta
Osiyodan o‘zlashtirib olingan.
Sin davrida ulkan inshootlar qurilgan. Me’morchilik san’ati
namunalari sifatida ibodatxonalar, Buyuk Xitoy devori saqlanib
qolgan. XX asr oxirida imperator Sin Shixuandi qabridan topil-
gan, uning olti ming piyoda va otliqdan iborat shaxsiy qo‘riqchi-
larining loy haykalchalari xuddi asliday, yuz tuzilishi va bo‘yi
balandligida yasalgan. Imperator U-dining rafiqasining ukasi
vafot etganida 2156 nefrit parchalaridan oltin iplar bilan birik-
tirilgan marhumning o‘lim kiyimi tikilgan. Bu jasad saqlanib
qolgan maqbara Xan sulolasi davrining o‘ziga xos qimmatli yod-
gorligi hisoblanadi. Xan sulolasi oila a’zolari hashamatli maq-
baralarda dafn qilinganlar. Xan davri dunyoqarashiga ko‘ra u
dunyoda ham hayot davom etgan. XX asr oxirida Xitoyda Xan
sulolasi shahzodasining maqbarasi qazib ochilgan. Shahzoda
maqbarasi go‘yoki saroyni eslatadi. Uzun toshdan qurilgan ko-
ridorlar, oshxona, qabul zali, omborxona, kirxona, hojatxona
va hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan barcha buyumlar mav-
jud. Me’morlar yer osti suvini basseynga yig‘ish texnologiyasini
ixtiro qilganlar. Bundan tashqari, bu maqbaradagi eng ajoyib
mo‘zija bu – shahzodaning oltin plastinkalardan qilingan dafn
kostyumidir.
298
Chansha shahrida 1971-yil mil.avv. ikkinchi asriga tegishli
maqbara topilgan. Maqbarada turli musiqa asboblari va ayol
kishi ning mo‘miyolangan jasadi topilgan, ayolning jasadi 20
metr matoga o‘ralib, 20 metr chuqur qazilib, 4 ta tobutda dafn
qilingan. Tobut qo‘yilgan qabr tosh bilan yopilib, maydalangan
toshlar bilan shibbalangan. Bu qabr ochilganda mo‘miyolangan
ayol jasadi xuddi kechagidek saqlanib qolgan. Jahon tarixida
shu vaqtgacha topilgan biror-bir mo‘miyolangan jasad bunday
yaxshi saqlanib qolmagan. Chunki bu mo‘miyolangan jasad 20
metr chuqurlikda, to‘rt tobutga dafn qilinib, to‘la tashqi iqlim,
namlik ta’siridan himoya qilingan.
Xitoy me’morchilik san’atida yog‘och asosiy xomashyo edi.
Xan davrining noyob me’morchilik yodgorligi bo‘lgan imperiya
poytaxti Chanyan shahri 12 darvozali devor bilan o‘rab olingan.
Baland, ko‘p xonali imperator saroyi, ma’muriy binolar va ibo-
datxonalar shaharning ko‘rki edi. Ma’muriy binolar sariq rang,
imperator saroylari qizil rang bilan bo‘yalgan. Xan davrida por-
tret san’ati yuksak darajada bo‘lgan. Saroylar portret freskalari
bilan bezatilgan.
Qadimgi Xitoy amaliy san’atida qo‘g‘irchoq teatri alohida o‘rin
tutgan. Qo‘g‘irchoq teatr guruhlari ko‘cha-ko‘yda, maydonlarda,
xalq gavjum bo‘lgan joylarda tomosha ko‘rsatgan. Teatr reper-
tuari od diy xalqning turmush tarzi, ijtimoiy muammolar, hayo-
tiy voqealarni aks ettirgan syujetlardan tuzilgan. Qadimgi Xitoy
madaniyatining mukammal shakllanishida qo‘shni xalqlarning
madaniyatlari yaqqol seziladi. Sak-skif sivilizatsiyasining g‘oya
va motivlari Xitoy madaniyatida o‘z aksini topdi. Hayvon uslu-
bi tasviriy san’at, harbiy san’atda yaqqol seziladi. O‘rta Osiyo
qadimiy san’atining qaynoq nafasi Xitoy madaniyatida o‘z aksi-
ni topdi. Rangli keramika, musiqa san’ati va boshqa sohadagi
yutuqlar, natijalar Xitoy madaniyatiga hayotbaxsh ta’sir qildi.
Xitoyda neolit davrida paydo bo‘lgan bo‘yalgan naqshli kerami-
ka O‘rta Osiyo, Eron va Hindistondagi (Moxenjodaro) keramika
bilan bir xil. Xitoyda topilgan qo‘rg‘on-qabrlar, jez idishlar, uch
oyoqli ko‘zalar Xitoy hududi va Buyuk cho‘llarda jez davrida
uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: