Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

QADIMGI HINDISTON MADANIYATI

1. Vedalar. 2. Hinduizm. 3. Budda dini. 4. Adabiyot.  

5. Me’morchilik va san’at. 6. Fan.

 1. Vedalar. Hind adabiyoti, tasviriy san’at, me’morchilik-

da diniy g‘oyalar kuchli. Qadimgi hindlarning adabiyot, san’at, 

fan va falsafada erishgan yutuqlari jahon sivilizatsiyasining 

tarkibiy qismlaridan birini tashkil etadi. Hind sivilizatsiyasi 

boshqa mamlakatlar, xalqlar, ayniqsa, Janubiy-Sharqiy Osiyo, 

Markaziy Osiyo va Uzoq Sharq madaniyati taraqqiyotiga hayot-

baxsh ta’sir qildi. Qadimgi Hind adabiyotining mashhur yod-

gorligi «Rigveda»ning minglab madhiyalari va so‘nggi veda ad-

abiyotlari oriylarning diniy e’tiqodlari to‘g‘risida boy ma’lumot 

beradi. Oriylar deb O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston va Hindis-

ton hududlarida bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan xalq 

nazarda tutiladi.

Qadimgi Hindistonda xudolar pog‘onasi mavjud bo‘lma-

gan. Xudolar samoda yashaydi, hind Oriylari xudolar tasviri-

ga sig‘inganlar. Qurbonlik keltirish olovga moy quyish va arpa 

donini tanlash bilan ifodalangan. Go‘yoki, qurbonlik tutun 

bilan samoga ko‘tarilib, xudolar qurbonlikdan to‘yib, yerdagi 

bandalariga ovqat yuboradilar. 

Dastlab ibodatxonalar qurish rasm bo‘lmagan. Kohinlar 

yopiq tabaqa bo‘lgan. So‘nggi veda davrida kohinlar alohida 

toifa – braxmanlar varnasini tashkil qilganlar va boshqa var-

nalardan mavqelari yuqoriligiga da’vo qilganlar. Uch varnadan 

birortasining to‘la huquqli a’zosi bo‘lish uchun faqat bu varna-

da tug‘ilish emas, balki braxman o‘qituvchining uyida o‘qish va 

maxsus bag‘ishlov marosimlari dan o‘tishi lozim edi. Bag‘ishlov 

marosimida bolaga muqaddas ip ilganlar. Bu «ikkinchi tug‘i-

lish» hisoblangan. Shudralarga marosimda ishtirok etishga 

ruxsat berilmagan. «Ikkinchi tug‘ilish» marosimi veda matnlari-

ni o‘qish va diniy sirlarni bilish huquqini bergan. Veda matnla-

rini o‘qituvchidan o‘quvchiga faqat og‘zaki uzatganlar. Natijada 

vaqt o‘tishi bilan ijtimoiy muhitning ta’siri ostida matnlar maz-

muni o‘zgarib ketgan. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish