diniy e’tiqod muhim o‘rin tutgan. Hinduizm asosiy diniy e’tiqod
266
edi (hozirgi kunda Hindiston aholisining 80% idan ko‘prog‘i shu
dinga e’tiqod qiladi). Hinduizm asosini qadimgi Hindistonning
arxaik e’tiqodlari: daraxtlar, tog‘, suv havzalari, ilon, sigir va
maymun kabilarga sig‘inish tashkil etadi. Hinduizmda qadimgi
davrdan boshlab ma’buda onaga sig‘inish an’anasi hozirgi kun-
da ham katta rol o‘ynaydi. Hinduizmda bosh yaratuvchi xudo
g‘oyasi mavjud. Braxma – dunyoning yaratuvchisi va boshqa-
ruvchisi. U yerda ijtimoiy qonunlarni o‘rnatadi (dxarma), var-
nalarga bo‘ladi va gunohkorlar, shakkoklarni jazolaydi. Vash-
na – himoya qiluvchi ma’bud, shiva – vayron qiluvchi ma’bud
xudo Vishna u hayvonlar: sirtlon, baliq, toshbaqa yoki inson-
lar, odatda, qora tanli podsho yoki cho‘pon (krishna) qiyofala-
rida namoyon bo‘ladi. Vishna boshqa kichik xudolar timsoliga
kirishi mumkin. Vishna, odatda, podsho tojida, ba’zida dunyo
iloniday yastanib yotgan holda tasvirlanadi.
Boshqa hinduistlar bosh xudo deb, sopol parchalarini ilib
olgan asket (darvish) yoki raqqos qiyofasida ifodalanadigan
Shivani hisoblaydilar. Shivaga ko‘pincha unga bag‘ishlangan
muqaddas ho‘kiz hamrohlik qiladi. Qadimgi davr oxiri va hozir-
gi kunlarda hinduistlar Vishna va Shivaga e’tiqod qiluvchi ikki
oqimga bo‘linadi.
Indra – chaq moq xudosi; Varuna – dunyoda
tartib va adolatni saqlovchi xudo; Agni – uy o‘chog‘i himoyachi-
si, uy va odamlarni saqlovchi xudo; Yama – u dunyo xudosi.
Hinduistlarning muqaddas matnlari vedalar hisoblana-
di. Hinduizmda ibodatxonada toat-ibodat qilish rasm bo‘lgan.
Bayram tantanalarining eng muhim qismi tantanali yurishlar,
namoyishlar bo‘lib, xudoning tasviri olib yurilgan. Ibodatxona
oldida uning xizmatchilari – kohinlar, raqqoslar va musiqachi-
lar yashagan.
Hinduizm mafkurasining asosiy belgilari «Bxagavagita»
(«Xudo qo‘shiqlari») poemasi bo‘lib, «Maxabxarat» tarkibiga
kiritilgan. Hinduizmning axloqida cheksiz sabr-toqat qilishga
chaqiriladi. Ijtimoiy munosabatlarda inson muloqoti o‘z ijtimoiy
doirasi bilan cheklanishi kerak. Kasta bo‘yicha kasbni o‘zgar-
tirish taqiqlanadi. Nikohni bolalikda o‘qitish odati tarqalgan.
Beva o‘z erining jasadini gulxanda kuydirilgan paytda o‘zi ham
birga yonishi eng savob ish hisoblangan.
Mil.avv. 1350-yillar atrofida kohinlar diniy e’tiqod qoidalari,
huquq to‘g‘risidagi barcha hujjatlarni to‘pladilar. Bu to‘plam
Vedalar (bilim) deb ataldi. Unda xudoga e’tiqod, qurbonlik ma-
rosimlari bayon qilindi, xudolarga tog‘ o‘simligidan tayyorlan-
267
gan sharbat, guruch, sut va yog‘ ehson qilingan. Odam iste’mol
qilishi kerak bo‘lgan oziq-ovqatga alohida e’tibor berilgan. Har
bir jonivorda vafot etgan kimnidir: do‘stning, qarindoshning
yoki ajdodning ruhi bo‘lish eh’timoli borligi uchun braxman-
lar go‘shtli ovqatni umuman taqiqlaganlar. Xalqning ongiga bu
tushunchani qat’iy singdirish mumkin emasligini hisobga olib,
faqat qoramol go‘shtini yeyishni qat’iy taqiqladilar. Chunki si-
gir muqaddas hayvon hisoblanib, uning suti va yog‘i xudolarga
qurbonlik keltirilishi lozim bo‘lgan. Brahmanlar piyoz va sa-
rimsoqdan boshqa sutli va o‘simliklardan tayyorlangan ovqat-
ni iste’mol qilishni tavsiya qilganlar. Kimki taqiqlangan ovqatni
iste’mol qilsa yoki boshqa gunoh qilsa, sudni kutib o‘tirmay,
o‘zini-o‘zi jazolashi lozim. U ming marta duolarni takrorlashi
yoki ro‘za tutishi yo o‘zini o‘ldirishi lozim. Misol uchun kim
taqiqlangan ovqatni yesa, u 30 kun davomida faqat guruch
yeyishi kerak. Kim mast bo‘lsa, 30 kun guruch qaynatmasini
ichishi, qachonki uning ichki a’zolarini kuydirishi kerak, shun-
dan so‘ng uning gunohlari yuviladi. Kim sigirni tasodifan o‘ldi-
rib qo‘ysa, u sochini qirishi, o‘ldirilgan sigirning terisiga o‘ralib,
molxonaga borib sigirlarga sig‘inishi, ularga xizmat qilishi ke-
rak. Agar Kshatriy ataylab brahmanni o‘ldirsa, o‘zini kamondan
otilishi qo‘yib berishi yoki o‘lguncha o‘zini-o‘zi 3 marta olovga
tashlashi kerak. Brahman uchun bu yo‘riqnomalar yanada qat-
tiq bo‘lgan. Ularning majburiyatlari ipidan-ignasigacha belgi-
langan, qanday holda turib ovqatlanishlari, qo‘l va barmoqlar-
ini qaysi qismi bilan poklanishlari, hayotning har qanday vazi-
yatlarida o‘zlarini qan day tutishlari ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: