Samarqand davlat universiteti I. X. Nasimov, I. Patterson, K. M. Ibodov hozirgi zamon raqobat


Yangi ishtirokchilarning tarmoqqa kirib kelishiga  qo‘shimcha ravishda



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/160
Sana04.08.2022
Hajmi3,36 Mb.
#846430
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   160
Bog'liq
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

 
Yangi ishtirokchilarning tarmoqqa kirib kelishiga 
qo‘shimcha ravishda
 
mavjud 
firmalarning 
narxni 
oshirishi(pasaytirishi), 
qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlarining mavjudligi, zahira kapitalning 
mavjudligi, qo‘shimcha kommunikasiya va taqsimot kanallaridan foydalanish 
imkoniyatining mavjudligi, reklama va axborot bosimi o‘tkazish uchun 
qo‘shimcha vositalar mavjudligi, shuningdek, tarmoqda o‘sish suratining pasayishi 
bilan bog‘liq xatarlar ham mavjud bo‘ladi. 
Ikkinchi raqobatchi kuch: bozorda xaridorlarning hukmronligi. 
Xaridorlar 
firma tovarining bozorda raqobatbardoshligini ta‘minlashga xizmat qiladi. 
Shuningdek, ular o‘z ehtiyojlarini firma tovari bilan qondirish bilan birgalikda 
firma bozorining mavjudligini ham ta‘minlaydi. Firmalar marketing strategiyasini 
ishlab chiqishda eng avvalo bozordagi eng nufuzli va potensial xaridorlarni tanlab 
olishga harakat qiladi. 
Xaridorlar firma tovariga qo‘shimcha sifat, iste‘mol talablari, qo‘shimcha 


58 
servis xizmati, qo‘lay narxni qo‘yish orqali ham tarmoqdagi raqobatning 
kuchayishini ta‘minlashlari mumkin. Bunday talablarning ortib borishi 
firmalarning o‘z mahsulotlari sifatini muntazam oshirib borishiga, eng sifatli 
bo‘lgan xom ashyo va texnologiyalardan foydalanishga va o‘z-o‘zidan foydaning 
kamayishiga olib keladi. 
Xaridorlar muayyan mahsulot turlariga asosiy diqqat-e‘tiborini qaratgan va 
ko‘p hajmda mahsulot sotib olishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda firmalar doimiy 
ravishda xaridorlarga narx chegirmalarini joriy etishga majbur bo‘ladilar. Bu esa 
firmalarga barqaror foyda olishlarini kafolatlaydi. Bozorda sotiladigan aksariyat 
tovarlar mukammal xususiyatga ega bo‘lmasada xaridorlarning ushbu tovarlarni 
hyech qanday xavf-xatarsiz xarid qilish ehtimoli yuqori bo‘ladi. shuningdek, 
xaridorlar tovarlarning narxiga segzir bo‘lib, talabning ortib borishi bilan ular 
kelgusida o‘z xarajatlarini kamaytirishga harakat qiladilar.
Tarmoqda xarid qilinayotgan mahsulotlar boshqa tarmoq uchun xom ashyo 
vazifasini o‘tashi mumkin. Shuning uchun xaridorlar ishlab chiqarish tannarxini 
pasaytirish uchun ko‘proq naf keltiruvchi taklifni topishga harakat qilishadi.
Sotib olinayotgan mahsulot savdoning yoki sarf-xarajatlarning katta qismini 
tashkil qilsa.
Bunday holatda xaridor mahsulotlarni o‘ta sinchkovlik bilan tanlaydi 
va maqbul narxlar bo‘yicha tavtish o‘tkazadi. Odatda, ayni bir sohadan sotib 
olinayotgan mahsulotlarning tannarxi firma sarf-xarajatlarining katta qismini 
tashkil etmasa, xaridor narx borasida tortishmaydi.
Sotib olingan mahsulotlar standart yoki differensiallashmagan bo’lsa. 
Xaridorlar, har doim ta‘minotning boshqa muqobil manbalari topilishiga 
ishonadilar va kompaniyalarni bir-biriga qarshi ish yuritishiga majburlashlari 
mumkin. Bunday holatda xaridor bir kompaniyadan ikkinchisiga o‘tishda deyarli 
zarar ko‘rmaydi.
Bunday o‘tish xaridorni alohida bir ishlab chiqaruvchiga bog‘lab ko‘yishi 
mumkin. Va aksincha, xaridorlarning ustunligini kuchaytirishi mumkin. Deylik, 
xaridorning bozori chaqqon emas. U mahsulotlarni arzonlashtirilgan narxda 
izlashni boshlaydi.
Shu bilan bir qatorda yuqori ko‘rsatkichli xaridorlar narxlar bobida ko‘p 
ham tortishishmaydi (agar, ushbu mahsulot sarf-xarajatlarining ko‘p qismini 
egallamasa, albatta) va hamkorlik qilayotgan kompaniyalarining uzoq muddatli 
muvaffaqiyatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorlar. 
Uchinchi raqobatchi kuch: bozorda ta’minotchilarning hukmronligi.
 
Ta‘minotchilar firma mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta‘minlab beradi. 
ta‘minotchilar yetakzib berayotgan mahsulotlar narxining o‘sishi tayyor mahsulot 
tannarxining ortishiga olib keladi. Tayyor mahsulotlarning chakana narxini 
oshirish imkoniyati bo‘lmagan hollarda tarmoq foydasi o‘z-o‘zidan kamayib 
ketadi. 
Quyidagi holatlarda ta‘minotchilarning firma foydasiga ta‘siri kuchli 
namoyon bo‘ladi: 
– tarmoqda ta‘minotchilar soni sanoqli. Bu o‘z-o‘zidan monopoliya yoki 
oligopoliyaning mavjudligidan dalolat beradi. 
– ta‘minotchilar yetkazib berayotgan mahsulotlar hajm bo‘yicha va tashib 


59 
keltirilish muddatiga ko‘ra cheklangan. Ushbu mahsulotlar bozor talabini to‘liq 
qondira olmaydi. 
– muqobil ta‘minotchilarni tanlash imkoniyati juda kam va yuqori xarajat 
talab etadi. Chunki yetkazib berilayotgan mahsulotlar noyob xom ashyo 
hisoblanadi. 
– tarmoq ta‘minotchilar uchun istiqbolli emas, daromadlilik darajasi past va 
kutilgan daromad har doim ham olinavermaydi. 
To’rtinchi raqobatchi kuch: o’rinbosar tovarlarning kirib kelish xavfi.
 
Substitut-tovarlar bozorning narx potensialini belgilab beradi. Odatda substitut 
tovarlar bozorning yuqori narx chegarasini aniqlashga ta‘sir ko‘rsatadi va ishlab 
chiqarish xarajatlari ortishi bilan rentabellikning pasayishiga olib keladi. Toki 
ishtirokchilar o‘z tovarlarining sifatini oshirmas, differensiasiyalashtirmas ekan 
substitut tovarlar bozorda yuqori bo‘lmagan foyda va cheklangan o‘sish suratini 
saqlab qoladi. 
Substitutlarning alternativ narxlari qanchalik jozibador bo‘lsa, sohada 
daromad ko‘rishga bardosh bera oladigan to‘siq shunchalik mustahkam bo‘ladi.
Substitutlar nafaqat mu‘tadil bozor kon‘yunktura holatdagi daromadni 
to‘xtatadi, balki sohada savdo avjiga chiqqanida tushirishi mumkin bo‘lgan 
mahsulotlarning narxini ham chegaralab qo‘yadi. 1978 yilda qattiq qish tufayli 
hamda energiya ulashuvchi moslamalarga nisbatan talabning oshib ketgani 
izolyasion shisha tola ishlab chiqaruvchilarga bo‘lgan talabni orttirgan edi. Biroq, 
izolyasion materiallarining o‘rnini bosuvchi boshqa bir qancha vositalarning 
mavjudligi (sellyuloza, mineral paxta, penoplast va b.) soha mahsulotlarining 
narxini ko‘tarilishini to‘xtatib qoldi, keyinchalik esa ishlab chiqarish obyektlari 
kuvvatining oshishi va talablarni qondirishda ham bir muncha to‘sqinliklar paydo 
qildi. 
Firmaning o‘sish surati va foydasiga xavf tug‘diruvchi asosiy substitut 
tovarlar quyidagilar: 

―narx-sifat‖ uyg‘unligiga ega bo‘lgan substitut-tovarlar. Bunday tovarlar 
yuqori differensiasiyalashganligi bois har doim iste‘molchilarni xarid qilishga 
undaydi. 

Muqobil bozorlarda yuqori foyda keltiruvchi va yirik firmalar tomonidan 
ishlab chiqariladigan, shuningdek mazkur bozorda ham o‘z foydasiga ega bo‘lgan 
substitut-tovarlar. 
Tovar-substitutlarga qarshi kurash olib borishning samarali usuli kuchli 
savdo belgisini yaratishdir. Buning uchun tovarlarning differensiasiyasi, 
qo‘shimcha iste‘mol xususiyatlari, standartlarga muvofiqligi, texnologik 
mukammallashtirilganligi va iste‘molchilarning moyilligini ta‘minlash zarur. 
Beshinchi raqobatchi kuch: tarmoq ichidagi raqobat.
 
Tarmoq ichida mavjud 
raqiblar bilan bellashiuv firmalarning o‘z mavqyeini oshirishi, iste‘molchilarni 
o‘ziga jalb qilishiga olib keladi. Tarmoqdagi izchil raqobat narx bo‘yicha 
raqobatlashuvga olib keladi, tovarlarni siljitish bilan bog‘liq xarajatlarning 
ortishiga, ayrim hollarda mahsulot sifatining yaxshilanishiga va yangi ishlanmalar 
uchun investisiyalar kiritilishiga olib keladi. Bu esa oxir oqibat tarmoqning 
foydaliligini pasaytiradi. 


60 
Raqobat izchilligi yoki uning kuchayishi quyidagi holatlarga bog‘liq bo‘ladi: 
– tarmoqdagi ishtirokchilar sonining ko‘pligi va ularning teng hajmlarda 
mahsulot ishlab chiqarishi. 
– bozorning sust o‘sish darajasi, ishtirokchilarning o‘z ulushini oshirishga 
harakat qilishi. 
– tarmoqdagi mahsulotlarning sust differensiasiyasi va standartizasiyasi. 
Buning natijasida iste‘molchilar doimiy ravishda bir firmadan ikkinchisiga ko‘chib 
turadi va firmalarning daromadining davriy tebranib turishiga sabab bo‘ladi. 
– tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tez buziluvchanligi; 
– firmalarning bozordan chiqib ketishida murakkab to‘siqlarning mavjudligi. 
Bunda firmalar muttasil ravishda ishlab chiqarish quvvatlaridan yetarli darajada 
foydalanishmaydi va past rentabellik bilan faoliyat ko‘rsatishga majbur bo‘ladilar. 
M.Porterning 
raqobatchi 
kuchlar 
modeli 
kompaniyalarning 
biznes 
strategiyalarini ishlab chiqishda eng ko‘p qo‘llaniladigan vosita bo‘lib hisoblanadi. 
o‘tkazilgan tahlillar nattijasida korxonalarning raqobatli tadbirlari ishlab chiqiladi 
va ularning menejerlari biznesning mustahkam holatini saqlab qolish bo‘yicha 
tavsiyalar ishlab chiqadi. Albatta bu moddel mukammal emas. Modelda 
kompaniyalarning mavjud raqobat ustunliklari, sinergiya samarasi va yirik 
korporasiyalarning ichki hamkorlik aloqaliri e‘tiborga olinmagan. Ayrim hollarda 
mavjud bozorlar e‘tiborga olinmasdan mutlaqo yangi bozorlarni o‘zlashtirish taklif 
qilinadi. M.Porter modeli asosida kompaniya strategiyasini ishlab chiqishda 
quyidagi 10 ta qoidani e‘tiborga olish maqsadga muvofiq:


61 

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish