Universitetining pedagogika instituti maktabgacha



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet391/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida vatanparvarlik tarbiyasini 
shakllantirishda madaniy tarixiy - madaniy meros 
obyektlarining о‘rni va ahamiyati haqida fikr 
yuritilgan. 


407 
Kalit sо‘zlar: 
ommaviy madaniyat,pedagogik tizim,tarixiy – madaniy, meros obyektlari, milliy- 
ma’naviy g‘urur, ma’naviy qadriyat, integratsiyalash, axborotlashtirish. 
Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida 
tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan 
islohotlar mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni о‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq 
manfaati yо‘lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb 
etadi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyundagi “Yoshlarni vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalash ishlari samaradaorligini yanada oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi 369 - sonli 
qarorida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga sodiqlik, 
yoshlar о‘rtasida vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, “ommaviy madaniyat” kо‘rinishidagi salbiy 
illatlarni yoshlarga tushuntirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zamonaviy shakl, usul va 
vositalarini hayotga keng tatbiq etish ustivor vazifa sifatida belgilangan. Shu nuqtai nazardan tarixiy- 
madaniy 
meros 
vositasida 
boshlang‘ich 
sinf 
о‘quvchilarida 
vatanparvarlik 
tarbiyasini 
shakllantirish,ularda vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirishda tarixiy-madaniy merosning tarbiyaviy 
imkoniyatlarini integratsiyalashning samarali yо‘llarini aniqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonlarini axborotlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinf о‘quvchilarning 
tarixiy-madaniy merosni qulay va oson о‘zlashtirishlari uchun mediavositalar asosida boshlang‘ich sinf 
о‘quvchilarda vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish alohida 
dolzarblik kasb etadi. 
Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlarining katta qismini qamrab olgan umumiy о‘rta ta’lim 
tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni oqilona va maqsadga muvofiq tashkil etish umumdavlat siyosati 
miqyosidagi vazifalardan biridir. Zero Muhtaram Prezedentimiz ta’kidlaganlaridek “Shu 
maqsadda “Yangi О‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya 
asosida keng kо‘lamli islohotlarni amalga oshiramiz. Birinchidan, yosh avlodga bog‘cha, maktab va 
oliygohda sifatli ta’lim-tarbiya berishni yо‘lga qо‘yamiz, ular jismoniy va ma’naviy sog‘lom, vatanparvar 
insonlar bо‘lib ulg‘ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz”. 
Hozirgi glovallashuv davrida axborot makonidagi qarama-qarshilik, ayniqsa yosh avlodning ongi 
va qalbini egallash uchun kurash kuchaygan sharoitda vatanparvarlik tarbiyasining о‘rni va ahamiyati 
tobora ortib bormoqda. Shuni inobatga olgan holda, tarixiy - madaniy meros obyektlari arxeologiya va 
me’moriy yodgorliklari asrlar davomida xalqimizga tarixdan sо‘zlab kelar ekan, binobarin ular faqatgina 
о‘tgan avlod-ajdodlarimizning ijtimoiy-madaniy va tarixiy hayotini namoyon etib qolmasdan, balki 
bizga, kelajak avlodlarda ham vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda hamda jahon madaniy 
merosining tarkibiy qismi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 
boshlang‘ich sinflarda tarixiy - madaniy meros obyektlari vositasida о‘quvchilarda vatanparvarlik 
tarbiyasini shakllantirish о‘quv predmetlari mazmunida о‘z aksini topadi. Tarixiy - madaniy meros 
obyektlari ta’lim jarayonida о‘quv-tarbiya ishlarini amalga oshirishning о‘ziga xos о‘zgacha bir shakli 
bо‘lib, boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida о‘z о‘lkasining tarixini, ajdodlari yashagan davrlarda vatanlarini 
qanday himoya qilganliklarini bevosita kо‘rgazmali tarzda kо‘z oldilarida namoyon qila oladi va 
о‘zlarida vatanparvarlik tuyg‘usini his qiladilar, psixologik nuqtai nazardan esa avlodlarga munosib voris 
bо‘lish tuyg‘usini esa, hissiy-emotsional holatda namoyon bо‘ladi. 
Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflarda о‘quv predmetlarini о‘qitishda hamda ma’naviy- 
ma’rifiy tadbirlarni tashkillashtirishda, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda о‘quvchilarini kо‘proq tarixiy - 
madaniy meros obyektlari olib borish va u yerdagi ekspozitsiyalar bilan tanishtirish ta’lim sifatini 
ta’minlaydi hamda ta’lim mazmunini о‘zlashtirish yanada samarali natijalarga erishiladi. Binobarin, 
ushbu ishlarni amalga oshirishda tarixiy - madaniy meros obyektlari bilan umumiy о‘rta ta’lim 
muassasalari aloqalarini mustahkamlashning didaktik asoslarini yaratish dolzarb muammolardan biri 
bо‘lib qolmoqda. Bu muammoni hal etishda dastlab muzey va ta’lim-tarbiya maskanlari aloqadorligi 
yо‘nalishlarini belgilash, uning asosiy tamoyillari va imkoniyatlarini aniqlash va shu asosda mazkur 
aloqadorlikning shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish zarurdir. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida 
milliy-ma’naviy g‘ururni shakllantirish, о‘tmish madaniy va ma’naviy qadriyatlarini qadrlash va 
kelajakka bо‘lgan ishonchni hosilda qilishda tarixiy - madaniy meros obyektlarining ahamiyati juda 
muhimdir. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish