Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YО‘NALTIRISH



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet387/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YО‘NALTIRISH 
YО‘NALISHLARI 
F.E.Eshdavlatov 
Bosh ilmiy- metodik markaz mustaqil izlanuvchisi 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirishda kasblar 
haqidagi dastlabki tushunchalar va ularga nisbatan munosabat hamda boshlang‘ich ta’limda kasbga 
yо‘naltirish ishlarini tizimli yondashuv asosida rejalashtirish haqida fikr yuritilgan. 
Kalit sо‘zlar: 
kasbiy ta’lim, axborot-kommunikatsiya, xalqaro mehnat bozori, yirik tijorat 
tashkilotlari, kelajak kasblar, integratsiyalash

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-sonli “О‘zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsensiyasi”da kasbiy ta’lim jarayonini 
tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamda xalqaro bozorda talab katta 
bо‘lgan mutaxassisliklar bо‘yicha yirik tijorat tashkilotlarini jalb qilish, axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari sohasida kelajak kasblar uchun zarur bо‘ladigan malakali tayyorlash nazarda tutilgan.Shu 
nuqtai nazardan, boshlang‘ich sinf о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirishda bolalarda turli kasblar 
haqidagi dastlabki tushunchalar va ularga nisbatan munosabat shakllanadi. Shu qatorda bolalar о‘z 
ehtiyojlari va atrofdagi ijtimoiy vaziyatdan kelib chiqib, kasblarni baholay boshlaydilar. Shularni inobatga 
olgan holda boshlang‘ich ta’limda kasbga yо‘naltirish ishlarini 
tizimli 
yondashuv 
asosida 
rejalashtirishda о‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olishlari kerak. 
Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari kasb tanlash katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq, chunki u о‘z 
imkoniyatlarini, qiziqishlarini, qobiliyatlarini, temperamentini yaxshi bilishi, kasblar olamida sayohat 
qilishi, kelajakdagi hayotini va muvaffaqiyatga erishish yо‘llarini rejalashtirishi kerak hamda 
boshlang‘ich sinflarda о‘rganiladigan о‘quv predmetlari mazmunidagi kasblar haqidagi tushunchalar 
majmuidan iborat.Bizning fikrimizcha, boshlang‘ich sinf о‘quvchilarni kasbga yо‘naltirish quyidagi 
yunalishlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 
Jumladan; 
Birinchi yо‘nalish – boshlang‘ich sinf о‘quvchilariga kasblar haqidagi tushunchalarini 
shakllantirishning pedagogik shartlari - zarur tushunchalarning paydo bо‘lishi va rivojlanishi uchun 
sharoit yaratishni о‘z ichiga oladi va bunda: 
A)
Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarning kasblar haqidagi tushunchalarini shakllantirish 
diagnostikasi;(diagnostikaning diqqat markazida boshlang‘ich sinf о‘quvchining shaxsiyati, uning kasblar 
haqidagi tushunchalarining shakllanish darajasi, diagnostika natijalariga qarab uning mehnatga 
munosabatini о‘rganish va tuzatish-pedagogik ishlarni amalga oshirish kiradi). 
B)
О‘rganishga kо‘proq maqsadga yо‘naltirilgan yondashuv;(bunday yondashuvni boshlang‘ich 
sinf о‘quvchilarining kasblar haqidagi tushunchalarini shakllantirishga qaratilgan yaxlit pedagogik 
tizimni yaratish sifatida qarash mumkin. Tizim shakllanish jarayonining mazmuni, usullari, yо‘llari va 
vositalarini о‘z ichiga oladi). 


404 
V) Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida kasblar haqidagi tushunchalarni shakllantirish jarayonining 
uzluksizligi va uzluksizligi;(tushunchalar mazmunini tanlash va ularni bayon qilish ketma-ketligi, 
shuningdek, о‘quvchilarning darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda kasbiy yо‘naltirishdir). 
G) О‘quv mashg‘ulotlariga maqsadli yondashish;(kasblar haqidagi tushunchalarni shakllantirishga 
qaratilgan pedagogik texnologiyalarni tо‘g‘ri tanlash hamda о‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni 
rivojlantirish imkoniyatini yaratish). 
Ikkinchi yо‘nalish - boshlang‘ich sinflarda о‘quv predmetlari mazmunida keltirilgan kasblar 
haqidagi tushunchalar tо‘plami. Ushbu yо‘nalish ma’lum bir fanni о‘rganish bilan bog‘liq kasblar 
tushunchalarining tavsifini о‘z ichiga oladi, shu sababli boshlang‘ich sinf о‘quvchilariga kasblar haqida 
aniqroq tushuncha berish imkoniyati yaratiladi. 
Uchinchi yо‘nalish - boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida kasblar haqidagi tushunchalarni 
shakllantirish yо‘llari va vositalarini belgilaydi. Bu an’anaviy usul va uslublarga taalluqlidir, yani bu 
о‘qituvchi yoki mutaxassisning kasblar haqidagi hikoyalari, taniqli insonlar, turli kasb vakillari bilan 
uchrashuvlar, integratsiyalashgan darslar, ekskursiyalar, filmlar va videolar. 
Tо‘rtinchi yо‘nalish - boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida kasblar haqidagi tushunchalarini 
shakllantirish metodikasidir. Bunda: 
A) Og‘zaki shakllar. Kasbga yо‘naltirish darslari, kasbga yо‘naltirish soatlari, “Kasbga 
ekskursiya”, “Men kasb tanlayman”, “Moliya” savodxonlik darsi”, “Huquqiy savodxonlik darsi”. kasblar 
olami kabilar va bularni о‘tkazishda kasb vakillari, turli ijtimoiy xizmatlar mutaxassislarini, kasb-hunar 
maktablari xodimlari taklif qilinishi shart. 
Og‘zaki jurnal - bunda video materiallar, slaydlar, turli kasblar vakillari bilan uchrashuvlar 
tashkil qilinadi. Og‘zaki jurnallarning mavzulari: “Oq xalatli odamlar”, “Sizning kasbingiz”, “Bizni kim 
kiyintiradi”, “Kasblar olamida” kabilar bо‘lib sinf jamoasida о‘tkaziladi. 
Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari uchun mо‘ljallangan kasbga yо‘naltirish о‘yinlaridir, kasbiy 
yо‘naltirish bо‘yicha о‘yin mashqlari sodda va dinamikroqdir, garchi ularning ba’zilari kasbga 
yо‘naltirish о‘yinlari murakkabroq bо‘lsada, lekin samaraliroqdir(“Ota-onalarimizning kasblari”, “Zarur 
va muhim kasblar haqida”, “Kasbga yо‘l maktabdan boshlanadi”, “Kelajakdagi kasbim orzuim” 
“О‘zingiz va odamlarning quvonchi uchun ishlang”, “Ular bizning maktabda о‘qishgan”, “Katta 
istiqbolga ega kasblar”, “Mehnat va ijod hayotning asosiy mazmuni sifatida”, “О‘z kelajagingizni 
yarating” kabi mavzular). 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish