368
adabiyotni sevishga, og‘zaki hamda yozma nutqda yot so‘zlar o‘rniga o‘z so‘zlardan foydalanish
lozimligi keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
ona tili va adabiyot o‘qitish
metodikasi, “Chig‘atoy gurungi” nomli ilmiy-ma’rifiy
tashkilot, “Yozuv yo‘llari”, “Go‘zal yozg‘ichlar”, “Armug‘on” to‘plamlari.
Tariximizda o‘rganilishini kutib yashayotgan zarvaraqalarga nazar solsangiz minglab taniqli shoir,
yozuvchilarning yaratgan asarlariga ko‘zingiz tushadi. Shulardan biri o‘tgan asrimizning 20-30-yillarida
o‘z ishlari bilan tanilgan ko‘p qirrali ijod sohibi Elbek(Mashriq Yunusov, 1898-1938-yillar)dir. U bor-
yo‘gʻi qirq yil umr ko‘rgan bo‘lsa-da til va adabiyotimiz bo‘stoniga turfa gullar ekib o‘z hissasini
qo‘shgan. Ayniqsa bolalar uchun, hamda boshlang‘ich maktab ona tili va adabiyot o‘qitish
metodikasi
fani
taraqqiyotiga
“Armug‘on”(1921), “Yolqinlar”(1925), “Yozuv yo‘llari”(1-bo‘lak, 1921),
“Boshlang‘ich maktabda ona tili”(1923), “Go‘zal yozg‘ichlar”(1925), “Imlo masalasi”(1920),
“O‘zbekcha o‘qish kitobi”(F.Sayfiy, G‘arifxonov bilan hamkorlikda), “Bilim” o‘qish kitobi(bu ham
hamkorlikda), “O‘rnak”(boshlang‘ich maktablarning 1,2,3-yili uchun) kabi asarlari bilan o‘chmas iz
qoldirdi. Bu kabi qo‘llanma va darsliklarning paydo bo‘lishida ustozi Abdurauf Fitratning 1918-yil
dekabrida tuzgan “Chig‘atoy gurungi” nomli ilmiy-ma’rifiy tashkiloti asos bo‘ldi. Elbekning o‘zi shunday
yozadi:
“Elimizda shu kungacha “yozuv yo‘llari” yo‘qligidan yozuvlarimiz bir turli yozilmasdan, har
kimning yozg‘ichi istagan yoqqa burilib, istagan yo‘l bilan ketkan va shul yo‘l orqasida bir necha turli
yo‘lsiz yozuvlarni bir to‘g‘ri yo‘lga solib, bir negizdir yo‘sin ostig‘a olmoq kerakmidi.
Buni eng oldin qayg‘urgan va tushungan “Chig‘atoy gurungi” muchalari bo‘ldilar…”
1
“Yozuv yo‘llari” darsligi ona tili grammatikasiga oid birinchi darslik bo‘lib, 1921-yilda
nashrdan
chiqqan.
“Yozuv yo‘llari” 11 saboqdan tashkil topgan bo‘lib, quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 1-saboq.
Tovishliqlar. 2 -saboq. Tovishliq cho‘zg‘ilari. 3-saboq. So‘z. 4 -saboq. So‘z bo‘lagi. 5 -saboq. Qalin va
ingichka cho‘zg‘ilar. 6 -saboq. Tutash va uziq tovishliqlar. 7 -saboq. Qo‘shimchalar. 8 -saboq.
Qo‘shimchalarning yozilishlari. 9 -saboq. Tovishliqlarning o‘zgarishlari. 10 -saboq. Qoida. 11 -saboq.
O‘qug‘uvchilarg‘a sinash uchun yuklatilgan ishlar. Saboqlarda 10 ta qoida, 10ta topshiriq,
misollar,
so‘rog‘lar hamda 5 ta eskartishlar (“Eslatmalar”, ya’ni nazariy xulosalar. A.U.) keltirilgan.
2
Elbek bolalarni juda sevardi. Yuqorida nomi tilga olingan darsliklardagi asarlari yosh avlodni
adolat, ezgu niyat uchun kurashga chaqirish bilan birga 20-30-yillarda maorif xodimlari uchun asosiy
qo‘llanma vazifasini o‘tagan.
Elbek asarlarida chet so‘zlar o‘rniga turkiy so‘zlarni qo‘llashga harakat qilgan. «Go‘zal
yozg‘ichlar» to‘plamining muqovasiga «Boshlang‘ich maktablarning 4nchi bo‘limlari uchun tuzilgan
o‘qish kitobidir», deb yozilgan bo‘lib, Elbek bu darslikda o‘quvchining yoshi,
bilim darajasi va
dunyoqarashini hisobga olgan. To‘plamda Cho‘lponning «Oydin kechalarda» hikoyasi ikkinchi bor chop
etilgan bo‘lib, bu hikoyadagi ba’zi so‘zlarga birinchi bor chop etilgani «Inqilob» (1922-yil, 7-8 sonlar)
jurnaliga qaraganda o‘zgarishtirishlar kiritilgan.
Masalan: «hamma», «qalbini», «g‘alati», «jimjitlik», «bechora», «butun a’zolarini» so‘zlari o‘rniga
«sira», «barcha», «yuragini», «qiziq», «jimlik», «boyoqish», «muchalarini» so‘zlari qo‘llagan. Ya’ni
maktab o‘quvchilarining poydevori bo‘lgan boshlang‘ich ta’limdanoq o‘zga so‘zlar o‘rniga o‘z ona
tilidagi so‘zlarni o‘rganishlari uchun zamin yaratgan. Elbekning o‘zi shunday yozgan: «Shubhasiz, biz
boshqa tillardan so‘z olamiz va bunga qarshi bo‘lish tilning tarixidan xabarsizlik bo‘lar edi. Ammo so‘z
olishning chegarasi bo‘lishi kerak va shu bilan birga o‘z tilining xususiyati, uning o‘sishi, rivojlanishi
yo‘llarini ham ko‘zda qattiq tutish kerak».
Shuningdek bu to‘plamda Elbek ustozi Fitratning “O‘gut” she’rini ham chop ettirgan bo‘lib, Fitrat
«O‘gut»da o‘zi va millati dardlariga najot topganday bo‘ladi. Bu najot - xalqning og‘ir-vazmin,
mulohazakor, biroq ko‘zlari yoniq farzandlari - yigitlaridir! Bu yigitlarning nurli ko‘zlarida shoir
millatning
ertangi kunini, baxt-u iqbolini ko‘radi. Zero, har qanday xalqning kelajagi uning bag‘ridan
yetishib chiqajak avlodga, bu avlodning millat orzularini qanchalik chuqur anglashiga bog‘liqdir.
3
1
H.Uzoqov. Elbek. Tanlangan asarlar.”Sharq” nashriyot-matbaa kontserni bosh tahririyati. Toshkent-
1999. 274-bet.
2
Amonov U.S., Safarova Sh.R. Boshlang‘ich sinf ona tili darsligining Elbek talqinidagi
ko‘rinishi. Boshlangʼich ta'lim sifat va samaradorligini oshirish:strategiya, innovatsiya va ilgʼor tajribalar
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari. 20-sentyabr 2021-yil. Buxoro. 183-bet.
3
Manba https://tafakkur.net/ogut/abdurauf-fitrat.uz
369
O‘gut
Og‘ir yigit, sening go‘zal, nurli ko‘zingda
Bu millatning saodatin, baxtin o‘qudim.
O‘ylashingda, turishingda hamda o‘zungda
Bu yurt uchun qutulishning borlig‘in ko‘rdim.
Turma - yugur, tinma - tirish, bukilma - yuksal,
Hurkma - kirish, qo‘rqma - yopish, yo‘rilma - qo‘zg‘al!
El yo‘lini to‘sib turgan eski bulutlarni
Yondirib qo‘y, yirtib tashla, barchasin yo‘q et.
Qilolmasang shu ishlarni,
Sening uchun xo‘rlikdir bu...!
Yiqil, yo‘qol, ket!
Elbekning dastlabki to‘plami «Armug‘on»dagi masallar bolalar uchun yaratilgani, bolalarni
yaxshilik bilan yomonlikni ilg‘ab olishga, axloq-odob va ziyraklikni tarbiyalashga qaratilgani
bilan
diqqatga sazovordir. To‘plamga 17 ta she’r kiritilib, ular o‘z ruhiga ko‘ra masallar sanalib, quyidagicha
nomlanadi:
“Bir-ikki so‘z”, “Qaysi biri bo‘ri”, “Kuchsizlar dunyosi”, “Sichqonlar kengashi”, “Quyruqsiz
maymun”, “Maymunning qoziligi”, “Jinning olov yoqishi”, “Chol bilan kampir”, “Kim aldamchi”,
“Kampirning tovuqlari”, ‘Ikki tulki”, “Itlarning o‘rtoqligi”, “Olaqarg‘a bilan qurbaqa”, “Qo‘ychi bilan
bo‘ri”, “Kemachi bilan hakim”, “Ongli eshak”, “Sichqonning qiz uzatishi”.
Shulardan “Armug‘on” to‘plamidagi “Kuchsizlar dunyosi”, “Sichqonlar kengashi”, “Maymunning
qoziligi”, “Jinning olov yoqishi”, “Chol bilan kampir”, “Qo‘ychi bilan bo‘ri” masallari Haydarali Uzoqov
tomonidan to‘planib nashr etilgan “Momaguldurak” hamda “Elbek. Tanlangan asarlar’ kitoblarida
uchramaydi. Bu masallar ilk bor ustozimiz Ulug‘murod Sultonovich Amonov (f.f.f.d.(PhD), dotsent.
BuxDU) tomonidan arab yozuvidan amaldagi Lotin alifbosiga asoslangan yozuvimizga tabdil qilinib,
“Elbek. Armug‘on yolqinlar” nomi ostida 2017-yil nashr qilindi.
Sichqonlar kengashi
1
Sichqonlar yig‘ilishib kengash qildi:
Mushukdan qutulmoqqa plan qurdi.
Yig‘ildi bu yig‘ilig‘a bir koʻplari,
Qolmadi bu yig‘indan yosh ham qari.
Oradan bir yoshg‘ina sichqon turub,
So‘z boshladi tomog‘ini qirib-qirib.
Dedi: “Biz bu yovuzning shu zulmidan,
Koʻpimiz qochib ketdik uyimizdan.
Qo‘ymadi hech birimizni ko‘rgan yerida:
Yeyaverdi raxm qilmay, sira birda.
Endi biz munga qarshi ish koʻrmak,
Kelaturg‘on vaqtdan sira sezalmasak
Sira qoʻymas yuzinda tuxumimizni,
Bitiradir, biran-biran borimizni.
Shuning uchun taklip qilaman sizga muni,
Shuni qilsaq tug‘ar bizga shodliq kuni:
Mushukning bo‘ynig‘a biz , bir qo‘ng‘iroq
Osarmiz, shunda bo‘lur koʻglimiz choq.
Qo‘ng‘iroqning tovushin eshitib biz qocharmiz
Ham shul bilan qutulmoqg‘a yo‘l ocharmiz.
Mana bu, bizning uchun eng to‘g‘ri yo‘l
Kim bunga qarshi esa koʻrsatsin yo‘l!”
Barcha sichqon muning soʻzin to‘g‘ri topdi:
Suyunchidan barchalari chapak chaldi.
1
“Armug’on”. 6-7-betlar; Ulug’murod AMONOV. Elbek. Armug’on yolqinlar. Toshkent. “Turon
zamin ziyo” 2017. 13-bet
370
Elbek badiiy merosining salmoqli qismini bolalarga bag‘ishlangan asarlar tashkil etadi. Maktab,
bilim yurti, texnikumda dars berib yurgan paytlarida o‘zining barcha o‘quvchilarini, shogirdlarini ko‘zda
tutib asrlarga tatigulik asarlar yaratdi.
Elbekning ta’limiy qarashlarida maktab tarbiyasi va oilaviy tarbiya mushtarakligi aloqa quroli
bo‘lgan ona tili orqali amalga oshirilishini hamda boshlang‘ich sinflardagi barcha
fanlarga ona tili asos
bo‘lishi lozimligini quyidagicha ifodalaydi:
«... boshlang‘ich maktabning tub vazifasi jug‘rofiya, tabiyyot, tarix, hisob, rasm kabilarni o‘rganish
davrida ona tili materiallari orqali bilim berishni tashkil etish bilan ish ko‘rish»(Til o‘qitishda savodxon
bo‘laylik).
Elbekning merosi o‘tgan asrimizning 80-yillarida va mustaqilligimizdan so‘nggina qizg‘in
o‘rganila boshlandi. Adabiyotshunos Nurmuhammad Qobulov, Ortiqboy Abdullayev, Haydarali Uzoqov
uning asarlarini to‘plab nashr qildilar. Shuningdek falasafa fanlari doktori, katta o‘qituvchi Amonov
Ulug‘murod Sultonovich ham “Armug‘on yolqinlar”, “O‘zbek folklorshunosligi xrestomatiyasi” kabi
asarlari bilan ilmiy izlanuvchilarga bir qadar ko‘mak berdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: