MAKTAB YOSHDAGI O‘QUVCHILARGA MAQOM VA SHASHMAQOMNING O‘RGATILISHI
Zokirova Dilfuza,
Shofirkon tuman 11-son
umumta’lim maktabining o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maqom va shashmaqomning ma’nosi, maktablarda yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarning musiqa faniga qiziqishini oshirishda
shashmaqomdan va maqomdan foydalanish yo‘llari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Maqom, shashmaqom, didaktik o‘yinlar. Dugoh, degoh, rost, buzruk, ravo.
Maqom (arabcha –joy, makon, o‘rin) degan ma’noni anglatadi. Musulmon Sharqi musiqasida
asosiy tushunchalaridan biridir. Dastlab muayyan balandlikdagi tovushni hosil qilish uchun torli
cholg‘uning dastasida barmoq bilan bosiladigan joy, parda ma’nosida ishlatilgan. Keyinchalik Sharq
musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida maqomning mazmun doirasi tobora kengayib, bir-biriga
nisbatan bog‘liq boshqa ma’nolarni ham anglata boshlaydi: lad tuzilmasi, lad tizimi; muayyan pardalar
tizimida vujudga kelgan kuy-ohangda ; shakl janr; bir qismi yoki turkumi cholg‘u va ashula yo‘llari ;
musiqiy uslub va boshqa maqomlarga oid nazariy va musiqiy estetik masalalar Abu Yusuf Yoqub ibn
Ishoq al-Kindiy va Frobiy , Ibn Sino va Ibn Zayla , Safiuddin al-Urmaviy , Mahmud Sheroziy va
Abduqodir Marog‘iy , Jomiy va Zaynulobiddin Husayniy , Najmiddin Kavkabiy Buxoriy Darvishail
Changiy va boshqa olimlarning musiqiy risolalari tadqiq etilgan (9-17 asrlar).
Hozirgi kunda maqomlar o‘z salmog‘I va mazmuni bilan ko‘pgina musulmon Sharq xalqlari
musiqa merosining asosiy qismini tashkil etadi. Ular shaklan va usluban rang- barang ohangdor kuy va
ashula yo‘llaridan iborat. Xususan o‘zbek mumtoz musiqasida Buxoro Shashmaqomi, Xorazm
maqomlari , Farg‘ona Toshkent maqom yo‘llari , dutor maqom yo‘llari vujudga keladi. Milliy musiqa
merosining salmoqli qismi tashkil etilgan. Maqom nomidagi cholg‘u va ayrim musiqa asarlari o‘tmish
bastakorlik ijodiyotining mahsuli hisoblanadi.
20-asr boshlaridan shu knga qadar o‘zbek bastakorlari va komgozitorlari maqomlardan unumli
foydalanadilar. Maqomning negzi va uslubida bastalangan Hoji Abdulaziz , Sodirxon hofiz , Yunus
Rajabiy, F.Sodiqov , K.Jabborov, S.Kalonov, O.Hotamov F.Mamadaliyev va boshqalarning kuy va
ashulalari ijroviy va ilmiy salohiyatini namoyon qilib kelmoqda.
Shashmaqom (forscha- olti maqom deganidir). O‘zbek va tojik xalqlari musiqiy merosida markaziy
o‘rin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang, usul, shakl, uslub va vositalar bilan o‘zaro usviy
bog‘langan mumtoz kuy va ashulalar majmuidir.u muayyan shart-sharoitlarda musiqiy folklor hamda
kasbiy musiqa yo‘nalishlarida orttirilgan ko‘p asrlik ilmiy – ijodiy tajriba tajriba hamda izlanishlar
natijasida yuzaga keldi. Shashmaqom milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa an’analarining tarixan
uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi san’atning qomusiy mahsuli hisoblanadi.
O‘rta asr yaqin va o‘rta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari tushunchasini
hamda ularga mos holda yaratilgan kuy va ashulani ifodaladi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq
shakllarda rivojlandi. 13-asrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni 12 asosiy maqomdan iborat nazariy tizim
shakliga keltirdi. 17-asrdan so‘ng 12 maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negzida uchrab, uning
negzida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari yuzaga kela boshladi.
18-asrning o‘talarida O‘rata Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda,
xonanda va bastakorlari uzil- kesil shaklllana boshladi.
Shashmaqom tarkibida bizgacha yetib kelgan: Shashmaqom Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va
Iroq maqomlaridan tashkil topgan bo‘lib, lami 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula
namunalaridan iborat bo‘lib kelgan. Hozirgi kunda maktablarimizda shashmaqomning o‘rni juda
beqiyosdir. U haqida bolalarga juda ham ko‘p bilimlar beriladi.
Maktablarda shashmaqomning qachon yaratilganligi o‘rganilib “Ustoz shaogird” an’anasi asosida
o‘rganiladi. Barcha o‘quvchining qiziqishiga qarab Maqomning yo‘nalishlariga yo‘naltiriladi.
O‘qituvchining bor e’tibori musiqaga qiziqadigan bolaga qaratiladi.
372
Maqomlarning “Mushkilot” cholg‘u bo‘limlari “Tasnif” nomli kuylar bilan bioshlanadi. Bu atama
“Olti maqom” ning har biriga qo‘shib aytiladi. “Tasnifi Buzruk” , “Tasnifi Rost” , “Tasnifi Ravo” ,
“Tasnifi Dugoh” , “Tasnifi Segoh” va “ Tasnifi Iroq”. Tasniflarda , odatda, 2/4 o‘lchov ritmida bo‘lgan
doira usuli qo‘llaniladi. Ustozlar an’anasida bu usul “bak-bak , bum-bum, bak-ist” deb ifoda etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |