Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


TALABALAR BILIMI TRANSFORMATSIYASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

TALABALAR BILIMI TRANSFORMATSIYASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI 
TATBIQ ETISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA RIVOJLANISH OMILLARI 
Ruzmetova Sayyoraxon Timurxanovna, 
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat 
texnika universiteti tayanch doktoranti 
 
Annotatsiya: 
Maqolada talabalar bilimi transformatsiyasida raqamli texnologiyalarni tatbiq 
etishning zamonaviy tendensiyalari va uni rivojlantiruvchi omillar haqida fikrlar bayon etilgan. 
Barchamizga ma’lumki, ta’lim tizimi transformatsiyasi jarayonida yangi professional ta’lim 
tizimining o‘rni benihoya katta. So‘nggi yillarda iqtisodiyotdagi yuksalish odimlari, invyestitsion 


277 
loyihalar ko‘lami, texnologik jihatdan yangi ish o‘rinlarining yaratilishi kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim 
sohasini tubdan isloh qilish zaruratini tug‘dirdi. Tizimning yangi strategiyasi mohiyati shuki, professional 
ta’lim muassasalarida tahsil oladigan har bir yosh, har bir shaxs hayotda o‘z o‘rnini topishi, avvalo, o‘zi 
daromad qilishi, shu orqali iqtisodiy yuksalishga xizmat qilishi, o‘z mehnati bilan hayoti farovonligini 
ta’minlab, pirovard natijada jamiyat rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishi lozim. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonuni ham ta’lim tizimining 
transformatsiyasini ta’minlash va uning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur 
qonundan kelib chiqib, O‘zbekiston sharoitida ham oliy ta’limni rivojlantirish uchun o‘rta bo‘g‘in 
kadrlarini puxta tayyorlash dolzarb masala bo‘lib qolishini ko‘rsatmoqda. Oliy ta’limda mutaxassis 
tayyorlash borasida Avstriya, Bolgariya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Finlandiya, 
Saudiya Arabistoni, Fransiya, AQSH va Kanada kabi davlatlarning ilg‘or tajribalari O‘zbekiston oliy 
ta’lim tizimining transformatsiyasini ilmiy yondashuvlar asosida joriy etishga xizmat qiladi. Shiddatli 
texnologik va ijtimoiy taraqqiyot jarayoni jamiyat o‘zgarishining zamonaviy talablariga tez moslashish 
hamda har qanday nostandart vaziyatlarda professional va ijtimoiy maqsadlarga yechim topa olish, 
mustaqil bilim va ko‘nikmalarni egallash qobiliyatini talab etmoqda. Yuqori darajada tabaqalashtirilgan 
zamonaviy jamiyat fikr-mulohaza yuritishning o‘ziga xos texnikasini shakllantirishni taqozo qilmoqda, 
ya’ni ilm-fan yangicha fikrlash uslubini, yangi dalillarga asoslanish tartibini rag‘batlantiradi, nazariy va 
amaliy muammolarni muayyan bir shaklga keltirish hamda ularni ijobiy hal etishda zamonaviy 
kadrlarning yondashuvini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu tariqa, zamonaviy insoniyat hayotining hozirgi yo‘li 
transformatsiyasi fikr-mulohaza yuritishning kompleks ko‘nikmalarini, avvalo, tanqidiy va ijodiy fikrlash 
muhimligini asoslaydi. Yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jabhalardagi bugungi 
islohotlarning borishi taʼlim tizimini ham tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda. Chunki, har bir jabhaning 
taraqqiyoti oʻsha soha mutaxassislarining bilimi, idroki, tafakkuri va malakasi, dunyodagi shu 
yoʻnalishning rivojlanish tendensiyalarini qanchalik oʻzlashtirganligi bilan belgilanadi. Virtual va 
kengaytirilgan voqelik, vizual ravishda yoʻnaltirilgan masofaviy taʼlim texnologiyalari talabalarni 
bugungi kun talablariga muvofiq sifatli bilim olishlari uchun xizmat qilmoqda. Yaʼni, masofaviy taʼlim 
tizimi virtual va kengaytirilgan voqelik hamda vizual ravishda yoʻnaltirilgan raqamli texnologiyalarning 
qoʻllanilishi orqali talabalarni darsga boʻlgan qiziqishlarini kengroq jalb etish imkonini bermoqda. 
Hozirgi sharoitda Oʻzbekiston taʼlim tizimi qaysi yoʻldan ketishi toʻgʻrisida bir qator savollar turibdi. 
Xususan, u hozirgi anʼanaviy tizimning rivojlantirilgan bosqichiga oʻtadimi yoki raqamli taʼlim tizimiga 
oʻtadimi? Har birimizning qalbimizda bunday savollar mavjud. Ammo taʼlim tizimida hech qachon 
oʻzgarmaydigan asos, yaʼni taraflar bor. Bu “taʼlim oluvchi” va “taʼlim beruvchi”, yaʼni “talaba” va 
“oʻqituvchi”dir. Agar taʼlimda ana shu ikki tomonning dunyoqarashi o‘zgarsa, yaʼni oʻquvchini mustaqil 
taʼlim olishga, bilim olish yoʻllarni mustaqil izlashga, oʻqituvchini esa yangi bilimlar bilan raqamli 
texnologiyalar asosida qurollantirib talabaga bilim olish yoʻllarini oʻrgatishini yoʻlga qoʻya olsak, taʼlim 
tizimi qaysi shaklga oʻtishidan qatʼiy nazar taʼlim sifati oshishi tabiiy. Taʼlim tizimi rivojlangan 
dunyoning qator davlatlarida muayyan kurs boʻyicha darslar Google Classroom platformasidan 
foydalangan holda amalga oshirilmoqda. 
Odatda, keng omma “Google” tizimini asosan qidiruv va elektron tarjimon sifatida taniydi. Biroq 
ushbu tizimning ilm-fan, taʼlim uchun foydali imkoniyatlari nihoyatda keng. “Google” tizimi taʼlimdagi 
masofa va makon tushunchasini yoʻqqa chiqaradi. Sababi uning dasturlari dunyoning qay chekkasida 
boʻlmasin talaba va pedagogni bir vaqtda ishlash imkoniyatini yaratadi. Bu uchun “gmail”dan elektron 
pochta ochishning oʻzi kifoya qiladi. “Google classroom”, “Google doc”, “Google disk” dasturlari bunda 
yordamga keladi. 
“Google classroom”- dasturi sinfxona vazifasini bajaradi. Bunda pedagog talabalarni roʻyxatini 
tayyorlash, vazifa berish, topshiriq bajarilishi muddatini belgilash, baholash, fanga oid qoʻshimcha 
maʼlumot berish, turli xil mavzuga doir bahslar uyushtirish va talabalar fikrini bilishga erishishi mumkin. 
“Google doc” dasturi talabalarni maqola, kurs ishi, bitiruv-malakaviy ishi, tadqiqot ishi, ilmiy 
loyiha tayyorlashda koʻmak beradi. Bunda talaba “Google doc” dasturida elektron hujjat yaratadi va ilmiy 
rahbari bilan “g.mail” orqali aloqaga chiqadi. Ushbu dasturning imkoniyati shundaki, bir paytning oʻzida 
ham talaba, ham pedagog tahrir qilish, qoʻshimchalar kiritish imkoniyatiga ega boʻladi. Hammualliflikda 
ilmiy maqolalar yozishda ham juda qoʻl keladi. 
Ayniqsa, hozirgi kezda chet ellik hamkorlar bilan yoxud ilmiy rahbar bilan bevosita koʻrishish 
imkoniyati cheklangan sharoitda bu dastur katta qulaylik yaratadi. 
“Google disk” dasturi maʼlumot saqlash uchun xizmat qiladi. Dastur katta hajmdagi maʼlumotni 
saqlash imkoniyatiga ega. Yuqorida keltirilgan barcha dasturlardan foydalanilgandan soʻng, talabalarni 
amalga oshirgan vazifalarining natijasini “E-Portfolio” sahifasida koʻrsatish mumkin boʻladi. 
“E-Portfolio” ham “Google” imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yaratiladi. “Google” da vebsayt 


278 
yaratish dasturi ishlab chiqilgan boʻlib, u juda qulay. Hozirgi informatsion texnologiyalar rivojlanib, 
jadallashib borayotgan bir paytda, har bir shaxs oʻzining har sohadagi fikrlari, qarashlari va yutuqlarini 
oʻrtoqlashish maqsadida shu turdagi “E-Portfolio” yaratsa, uning ilmiy, ijtimoiy, falsafiy faoliyatidan 
barcha birdek bahramand boʻlishi mumkin. Shu oʻrinda yozuvchi, qator taʼlimiy saytlar muallifi Mark 
Prenskining “Digital Natives, Digital Immigrants” (“Raqamli dunyo sohiblari, raqamli dunyo 
muhojirlari”) nomli maqolasida bugungi kun talabalariga quyidagi taʼrifni beradi: “Hozirda talabalarimiz 
batamom oʻzgargan. Zamonaviy talabalar endilikda biz ishlab chiqqan taʼlim tizimimizga koʻra 
oʻqitiladigan kishilar emas”. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish