Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


– SHO‘BA: O‘ZBEKISTONDA MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM TIZIMI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

5– SHO‘BA: O‘ZBEKISTONDA MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM TIZIMI 
PEDAGOG XODIMLARNI TAYYORLASH, QAYTA TAYYORLASH, MALAKASINI 
OSHIRISH VA RIVOJLANTIRISHGA DOIR YANGI YONDASHUVLARNI JORIY ETISH 
MEXANIZMLARI 
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DIDAKTIK ADABIY ASARLARNI O‘QITISHDA NOAN’ANAVIY 
USULLARDAN FOYDALANISH 
Shodiyeva Mehribon, 
BuxDUPI 1-bosqich magistranti 
Axmedova Dildora Baxodirovna, 
BuxDUPI dotsenti 
Annotatsiya: 
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sinfdan tashqari o‘qish darslarida 
noan’anaviy usullardan foydalanish orqali didaktik adabiy asarlarni o‘rgatish bo‘yicha fikr-mulohazalar 
bildirilgan. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
sinfdan tashqari o‘qish, viktorina, adabiy uchrashuv, metod, didaktik 
o‘yin, Milliy o‘quv dasturi, noan’anaviy dars. 
Sinfdan tashqari o‘qish darslari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini 
shakllantirish, bolalarni oddiy kitobxon darajasidan o‘zi kitob tanlab, o‘qilgan kitobni to‘g‘ri baholay 
oladigan ongli kitobxon darajasiga yetkazish maqsadida tashkil etiladi. Maktablarda 1959-yildan boshlab 
bunday darslar tashkil etilgan. Sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkillashtirishda asarlar janri, 
mavzularning rang-barangligi, o‘quvchilarning yoshi, psixologik xususiyatlari, shaxsiy qiziqishi, 
mavsumiy tamoyil kabilar inobatga olinishi lozim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi 
Sobir Tursunov: “Noan’anaviy darslarning turi ham juda ko‘p: ertak, sayohat, musobaqa, sport, o‘yin kabi 
turlardan ham foydalanilmoqda. Lekin bu darslarni ba’zi o‘qituvchilar sahna darsiga aylantirib, bir 
martalik dars ssenariysini har safar keyingi kuzatuvchiga namoyish qilib, o‘quvchilarni dangasalikka 
o‘rgatmoqda. O‘quvchilarda o‘yinga qiziqish uyg‘onib, jiddiy bilim olishga intilish yo‘qolib bormoqda”, 

degan edi. Ya’ni, o‘qish darslarini noan’anaviy tarzda tashkil eta olish ham o‘qituvchining pedagogik 
mahoratiga bog‘liq. Darsda faqat bir xillik o‘quvchilarning zerikishiga olib keladi. Dars jarayonida 
qo‘llanadigan metodlar ham, didaktik o‘yinlar ham, tanlanadigan didaktik mavzular ketma-ketligi ham 
qiziqarli va xilma-xil bo‘lishi lozim. Mavzu uchun didaktik adabiy materiallarni tanlayotganda 
o‘quvchilarga tanish, kundalik hayot bilan bog‘liq bo‘lgan, estetik dunyoqarashini boyitishga xizmat 
qiladigan, Milliy o‘quv dasturi talablariga javob beradigan asarlarni tanlash maqsadga muvofiq. 
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida didaktik adabiy asarlarni o‘qitishda qo‘llash mumkin bo‘lgan 
metodlar: “Aqliy hujum”, “FSMU”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Sinkveyn”, “BBB”, “Debatlar”, 
“Tanqidiy tafakkur”, “Klaster”, “Venn diagrammasi”, “6x6x6”, “Lahzada aql charxi”, “Qarorlar 
mojarosi”, “Assesment”, “SWOT tahlil”, “Ijodiy ish”, “Insert”, “T-jadval”, “Keys-stadi” kabilar. 
Qo‘llash mumkin bo‘lgan didaktik o‘yinlar: “To‘g‘ri tanla”, “Buyruqni bajar”, “Davom ettir”, 
“Yumaloqlangan qor”, “Xotira mashqi”, “Topag‘on”, “Begona”, “Mo‘jizalar maydonchasi”, “Zinama- 
zina”, “Oltin toj”, “Eng kuchli qator”, “Eng yaxshi aktyor” kabilar. 
“Belgilar bilan o‘qish” orqali ham o‘qilgan didaktik adabiy asarni tahlil qilish mumkin. Asarni 
o‘qishdan oldin ushbu belgilar yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi va matnni o‘qish jarayonida har bir belgi 
qatori to‘ldirib boriladi: 
“V” – men bilaman 
“+” – men uchun yangilik 
“– “ – men boshqacha o‘ylayman 
“?” – tushuntirish kerak 
“!!” – bu meni juda qiziqtirdi 


285 
Qachonki, o‘qituvchi o‘z ustida ishlasa, oldiga aniq bir maqsad qo‘ya olsa, o‘quvchilarni va o‘z 
kasbini sevib, har bir darsga kreativ yondasha olsagina tanlangan metod yoki didaktik o‘yin o‘z 
samarasini beradi hamda dars o‘z maqsadiga erishadi. Milliy o‘quv dasturi ham o‘z oldiga 
o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish, mustaqil fikrlash va uni bayon 
qila olish kabi vazifalarni qo‘yadi. O‘quvchining matndan tashqari jadval va diagrammalardagi 
topshiriqlarni mantiqiy fikrlab, unga tanqidiy yoki ijodiy yondasha olmasligi o‘qish savodxonligida qusur 
borligidan dalolat berishi aytib o‘tiladi. Shu ma’noda yuqoridagi berilgan topshiriqlarni bajarish natijasida 
o‘quvchilarning didaktik asarlarga bo‘lgan qiziqishi ortadi va ularning mohiyatini tezroq anglab yetadi. 
Xalqaro baholash dasturiga kiruvchi PIRLS topshiriqlarini tayyorlash va uni o‘quvchilarga bajartirish 
jarayonida ham bolalar asarga yaxshiroq yondashadi va uning mohiyatiga chuqurroq kirib boradi. Bundan 
tashqari, o‘qilgan didaktik materiallar asosida kitob haftaliklari, bilimdonlar anjumani ko‘rik-tanlovlari, 
viktorinalar, bolalar shoir va yozuvchilari bilan adabiy uchrashuvlar, eng yaxshi adabiy qahramon rasmini 
chizish asosida rasmlar tanlovlarini tashkil etish kabilarni aytishimiz mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga didaktik adabiy asarlar mazmunini 
o‘rgatishda ta’limning noan’anaviy usullaridan foydalanishni to‘g‘ri tashkil etish, o‘qish darslarining 
boshqa fanlar bilan aloqasini ta’minlash o‘quvchilarning fanga nisbatan qiziqishlarini oshirish bilan bir 
qatorda, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 
Sinfdan tashqari o‘qish darslarining didaktik xarakterda bo‘lishi o‘quvchilarni didaktik adabiy asarlar 
bilan tanishtirish barobarida, ajdodlarimiz merosiga hurmat, insonparvarlik, ona-Vatanga sadoqat ruhida 
tarbiyalashga xizmat qiladi. Yurtboshimiz tibbiyot vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda ta’kidlaganlaridek: 
“Takror aytaman, taraqqiyot va yuksalishga faqat ilm, faqat ta’lim va tarbiya, faqat kitob orqali erishish 
mumkin”. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish