Annotatsiya:
Usbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshi, saviyasi va bilimni qabul
qila olish qobiliyatlarini hisobga olgan holda dars mashg‘ulotlarini tashkil qilish, o‘qitish printsiplari va
metodlariga qat’iy amal qilish ta’kidlab o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
ona tili, so‘z, mashq, ta’lim, tarbiya, tizim, muammo, faol, umumlashtirish,
mustahkamlash, noan’anaviy, interfaol, innovatsion, usul, konferensiya, dars, badiiy adabiyot,
multimedia.
Ertak ‒ xalq ogʻzaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri hisoblanadi. Ertaklar insonning axloqiy
fazilatlarini tarbiyalashda foydali asosdir. Unda inson va tabiatning yaqinligi, odamlarning qanday
munosabatlari va hissiyotlari borligi, yaxshilik va yomonlikni qanday ajratish mumkinligi ko‘rsatilgan.
Bolani fikrlashga, qaror qabul qilishga o‘rgatadi, tasavvurni rivojlantiradi. Ertaklar azaldan xalqni,
ayniqsa, yosh avlodni insonparvarlik, vatanga muhabbat, rostgo‘ylik va halollik, mehnatsevarlik,
xushmuomalalik va kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan. Ertak bolada hayot haqida tasavvur uyg‘otadi,
yaxshi va yomonni ajratishga ko‘maklashadi, murakkab vaziyatlardan chiqish yollarini o‘rgatadi. Ertak
orqali farzandingiz boshqalar bilan o‘zaro munosabat meyorlarini, bilishi mumkin bolgan muammo va
to‘siqlarni anglay boradi. Farzandingizga qiyinchiliklarni yengib o‘tish, muammoni hal qilish,
voqealikning yaxshilik, adolat va muhabbat bilan tugashiga umid qilishdan saboq beradi. Siz uchun oddiy
tuyulgan ertak kichkintoyingiz ruhiyatiga juda katta tasir qilishini xayolingizga keltiraolmaysiz. Ertaklar
insonning axloqiy fazilatlarini tarbiyalashda foydali asosdir. Unda inson va tabiatning yaqinligi, odam-
larning qanday munosabatlari va hissiyotlari borligi, yaxshilik va yomonlikni qanday ajratish mumkinligi
ko‘rsatilgan. Bolani fikrlashga, qaror qabul qilishga o‘rgatadi, tasavvurni rivojlantiradi.
Xalq ertaklari o‘z xususiyatlariga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi: hayotiy ertaklar, hayvonlar
haqidagi ertaklar, sehrli-afsonaviy ertaklar, ijtimoiy-maishiy ertaklar.
Ertaklar yordamida bolalarda fantaziya, ijodiy fikrlash rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar
oddiy narsalarni hayotga olib keladi. Hikoyalarni o‘qish yoki qayta qayta aytib berish orqali tanishtiriladi.
O‘qish paytida maktabgacha yoshdagi bola kitobni hurmat qilishni o‘rganadi, bu bolalarni
tarbiyalash shakllaridan biridir. Matnni qayta hikoya qilib, hikoyachi so‘zlarni o‘zgartiradi, iboralarni
o‘zgartiradi, sharhlar kiritadi. Asosiysi, bolalar diqqat bilan tinglashlari uchun hikoyani hissiy jihatdan
aytib berishdir. Kitobni o‘qib bo‘lgach, olingan bilimlarni mustahkamlash uchun adabiy o‘yinlar
o‘ynash, topishmoqlar aytish foydalidir. Ota-bobolarimiz,momolarimiz farzand tarbiyasiga azaldan kata
e’tibor qaratib kelgan. O‘g‘il-qizlarimiz hushxulq bo‘lib o‘ssin,nabiralarimiz el koriga yaraydigan inson
bo‘lib ulg‘aysin deb ularni kitob o‘qishga undashni bir-biridan qiziq hikoya, rivoyat va ertaklar ni so‘zlab
berishni zinhor kanda qilishmagan. Negaki ertaklarda ezgu g‘oyalar ulug‘lanadi,yakuni esa yaxshilik
bilan tugab yovuzlik ustidan g‘alaba qozonadi. Hozir biz kata yoshdagilar biroz befarqmiz nima uchundir
ertak aytishga erinamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |