272
jarayonini yangi bosqichga ko‘tardi, bu o‘z o‘rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko‘rib
chiqish, yangi bilim va ko‘nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini tug‘dirdi. lobora shaklianib
boraotgan kompyuter-axborot madaniyati axboromi etkazish va qabul qilishda yangi munosabatlarni
keltirib chiqaradi. fikrlashning yangi turini hosil qiladi. Bunda inson informatsion koinot bilan o‘zaro
muloqotga kiradi. Telekommunikatsiya (telefon, televidenie. radio) tarmoqlarining kompyuter tarmoqlari
bilan birikishi yagona jahon axboroi makonini - raultimediani tashkil etadi. Ushbu makonning eng muhim
qismi internet tarmog‘i va ayniqsa, uning gipermedia (World Wide Web (vsemirnaya pautina) - butun
dunvo o‘rgimchak to‘ri). gipermediapochta, videokonferentsiya xizmatlaridir.
Multimedia ma’nosi ("ko‘p muhitlik") zamonaviy axborotlar texnologiyasi bo‘lib, kompleks
tushunchani anglatadi. Multimedia axborotning turli ko‘rinishlari matn, jadval, grafik, nutq, animatsiya
(multiplekalsiya), videotasvir, musiqa yordamida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish
vazifalarini bajaradi. Multimedia "inson-kompyuter" interfaol (dialog) ma’lumolning yangi
takomiliashgan pog‘onasi bo‘lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi.
Multimedia vositalaridan hordiq chiqarish, ta’lim olish, reklama kabi sohalarda ham foydalaniladi.
Multimedia vositalari asosida taiaba, o‘quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlash hozirgi
kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Multimedia ‒ bu informatikaning dasturiy va texnikaviy
vositalari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga etkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko‘ri-
nishidir.
Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo‘llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan juda
katta ahamiyatga ega. Bunda beriladigan materiallar chuqurroq o‘zlashtiriladi, vaqtni tejash imkoniyatiga
erishiladi, olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi.
Multimediani qo‘llash uchun quyidagi texnik vositaiar kerak bo‘ladi: kompyuter,
lazer
disklarini o‘qiydigan CD-ROM qurilmasi, SB - ovoz xaritasi, AS - faol kolonka. CD - kompakt disk, eng
zamonaviy kompyuterlarda yuqoridagi qurilmalarning ba’zilari kompyuter ichiga joylashtirilgan.
Ta’lim tizimida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning quyidagi usullari mavjud:
•
multimedia darsligi;
•
bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar
to‘plami keltirilgan metodik tavsiyalar;
•
o‘rganilayotgan mavzulari bo‘yicha nazariy bilimlar o‘quvchilar tomonidan qay darajada
o‘zlashtirilayotganligini tekshirishga mo‘ljallangan test dasturlari;
•
bir tildan ikkinchisiga yoki bir alifbodan ikkinchisiga o‘tish;
•
elektron virtual kutubxona:
•
har bir talaba uchun amaliy topshiriqlarni tayyorlash va bosib chiqarish dasturi;
•
masofadan o‘qitish. ya’ni o‘qituvchi bilan o‘quvchilar ma’lum bir masofada
joylashgan holda ta’lim berish tizimi;
•
internet tarmog‘iga ulangan multimedia kompyuterlari;
•
printer (topshiriqlarni tayyorlash va bosib chiqarish uchun);
•
kompyuterga ulangan proektor yoki taqdim etish texnologiyasi.
Kompyuterlashtirilgan darslarning eng oddiy turi mashg‘ulotni taqdim etish texnologiyasidir. Bu
usulda dars o‘tish uchun o‘qituvchi ovoz xaritasi va kolonkasi mavjud bo‘lgan kompyuter. multimedia
proektori va MS Power Point 97 dasturi yordamida o‘tilajak dars uchun kompyuterda slaydlar yaratiladi.
Slaydlar ma’lum mavzuni yorituvchi matn, rasm. jadval. animatsiya effektlari, o‘zlashtirish darajasini
tekshirish uchun testlar, ovoz, videorolik va hokazolardan tashkil topadi. Ular manliqiy ketma-ketlikda
biriktiriladi. Slaydlarni almashtirish payti – interval belgilanadi. Talaba tasvirni ko‘radi va eshitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: