274
ulashilishi, o‘quvchilar o‘rtasida turli tanlovlar tashkillashtirilishi, fan to‘garaklari tashkillashtirilishi
kabilar. Prezident sovg‘asi ichida turli o‘quv qurollarini, maktabda yaratilgan imkoniyatlar, ularga
bo‘lgan e’tiborni ko‘rgan bolalar nafaqat maktabi, o‘qituvchisi balki yurti va yurtboshisiga bo‘lgan mehri
yanada oshadi. O‘zbekiston respublikasida boshlang‘ich ta’lim 1‒ 4-sinflardan iborat bo‘lib, bu davr
ularni ma’naviy kamol toptirishning boshlanish davri hisoblanadi. O‘quvchilar maktabga 7-8 yoshidan
qabul qilinadi. Ularga birinchi o‘rinda “Alifbo” kitobidan harflar asta-sekinlik bian o‘rgatiladi. So‘ng
bugungi kunda yangilanib o‘qish va ona tili kitobarining jamlangan shaklidagi ummumiy kitob “Ona tili
va o‘qish savodxonligi” kitobi, matematika, tarbiya, texnologiya va yana bir qancha fan o‘rgatiladi. Bular
orasidan yangi kiritilgan Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligiga to‘xtaladigan bo‘lsak. Bu kitobni
tayyorlashdan maqsad shuki, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish, mustaqil fikrlashga
o‘rgatishdan iborat. Ko‘rinib turibdiki o‘quvchilarga faqat qoidalarni yodlatish bilan ularning fikrlashini
kengaytirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ko‘proq berilgan mavzu doirasida o‘z fikrini bildirib, gapirishga
undash lozim.
Hozirgi kunda ta’lim sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlarning asosiy mohiyati shundaki, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apredagi O‘zbekiston Respubikasi xalq ta’limi tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 5712-son farmonida 2030-yilga kelib PISA
xaqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish, hamda
xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida
o‘quvchilarning o‘qish matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga
yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Xalqaro
baholash tizimining PISA, PIRLS, TIMS va yana bir qancha turlari mavjut. The Programme for
International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy
yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash. Shu kunga qadar 78 ta mamlakatda o‘tkazilib
kelinmoqda. Har bir mamlakatda 4500 dan 10000 nafargacha o‘quvchi test sinovlariga jalb etilgan. Bu
baholash tizimini o‘rganishdan maqsad shundaki yoshlar kelajakda duch keladigan muammolarni tahlil
qila bilishi va ularga yechim topish ko‘nikmasini shakillantirishdan iborat.
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang‘ich 4-sinf
o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash. Bu baholash turi bo‘yicha yurtimizdagi
ko‘p maktablarda amaliy ishlar olib borimoqda. 4-sinflar va ulargacha yetishib kelayotgan sinf
o‘quvchilari bilan PIRLS teslari o‘tkazilib, ularning matinni o‘qib tushinishlari uchun qo‘shimcha
mashg‘ulot sifatida ertak kitoblaridan ham foydalanilmoqda.PIRLS tadqiqotida shu paytgacha 50 dan
ortiq davlatlar ishtirok etib kelmoqda. Biz boshlangʻich sinf oʻqituvchisi sifatida, oʻquvchilarning oʻy-
fikrlarini kengaytirish maqsadida darsda foydalangan har bir jumlamiz, gaplarimizni tahlil qilishga,
qanday ma’no mazmun ifodalayotganini oʻrganishga oʻrgatishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: