37
barcha genlari o’zaro rekombinatsiyalanishidir. Natijada yaratilgan navga genetik
tadqiqotchi istagan gendan tashqari, navning xususiyatini buzuvchi ko’pdan-ko’p
genlar o’tadi.
Gen injeneriyasi usulini qo’llanganda 6u muammoni hal qilish mumkin.
Buning uchun takomillashtirilayotgan o’simlik navi xujayrasiga qimmat6aho,
sifatli gen kiritiladi va bu hujayradan etuk o’simlik olinadi. Muayyan bir genni
hujayraga kiritish uchun tuproq bakteriyasi Agrobakterium xujayrasidagi
plazmiddan foydalaniladi. Tabiatda agrobakteriyaning bu turi o’simlikni
zararlantiradi. Zararlangan o’simlik tanasidagi xujayralar pala-partish bo’linishi
natijasida shish hosil bo’ladi. Bu shishni Ti (Ti-ay)
plazmid genomining tDNK
(shish hosil qiluvchi DNK) bo’lagi chaqiradi. Buning sababi tDNK o’simlik
xujayrasi genomiga birikishi va uning xususiyatini buzishidir. tDNKning bu
xususiyatidan gen injenerligida keng foydalaniladi. Bu texnologiyani ilk bor 1972
yilda AQSh olimlari Boyer va Koen tomonidan amalga oshirilgan. Bu olimlar
E.soli bakteriyasining xromosoma DNKsini va shu bakteriya plazmidasini alohida
idishlarda EsoR 1 restriktaza fermenti bilan ishlov beriladi. Plazmida tarkibida
faqat 1 dona EsoR 1 restriktaza fermenti tanib kesadigan
maxsus nukleotidlar
izchilligi bo’lganligi sababli ferment plazmidaning halqasimon DNK qo’sh
zanjirini faqat bir joydan kesib, plazmidani "yopishqoq" uchli ochiq holatga
o’tkazadi. Xromosoma DNK molekulasida EsoR 1 restriktaza fermenti taniy
oladigan maxsus nukleotidlar izchilligi qancha bo’lsa,
bu molekula shuncha
bo’lakka bo’linadi. DNK bo’laklarini elektroforez moslamasida kuchli elektr
maydonida katta-kichikligiga qarab ajraratiladi va hosil bo’lgan bo’laklar maxsus
bo’yoq bilan bo’yaladi. Natijada bir xil kattalikdagi DNK bo’laklari to’plamini
oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin. Elektroforez gelidan xohlagan kattalikdagi DNK
bo’lagini suvda eritib ajratib olish mumkin. Ajratib olingan "yopishqoq" uchli
xromosoma DNKsi bo’lagi ochiq holatdagi "yopishqoq"
uchli plazmid DNKsi
bilan aralashtirilib ligaza fermenti yordamida tikiladi. Natijada plazmid tarkibiga
xromosoma DNK bo’lagi kiritiladi. Shu usulda rekombinant plazmid hosil qilinadi.
Bu genetik konstruktsiya plazmidsiz, ya’ni antibiotik ta’siriga chidamsiz
bakteriyaga kiritiladi. Rekombinant plazmidli bakteriyalar antibiotikka chidamlilik
geni bo’lganlign sababli, plazmidsiz
bakteriyadan farq qilib, antibiotik ta’sirida
o’lmaydi. Shu sababli tajriba o’tkazilayotgan probirkaga antibiotik qo’shib
rekombinant bakteriya kloni ajratib olinadi va ko’paytiriladi. Bu klonni tashkil
etuvchi har bir bakteriyada yot (geterologik) DNK bo’lagi bor bo’lib, bakteriya
biomassasi kanchalik ko’paytirilsa,
yot
DNK bulagi shunchalik ko’payishi
mumkin. Undan tashqari, rekombinant plazmid avtonom replikatsiyalanuvchi
plazmid bo’lsa, yot DNK bo’lagini yana o’nlab baravar ko’paytirish mumkin. Yot
DNK bo’lagini bu usulda ko’paytirish
genlarni klonlash
deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: