Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi biotexnologiya


Fermentlarni immobillash metodlari



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/117
Sana23.07.2022
Hajmi3,93 Mb.
#844025
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   117
Bog'liq
portal.guldu.uz-BIOTEXNOLOGIYA

Fermentlarni immobillash metodlari.
Fermentlarni immobillash ikki xil metod bilan amalga oshiriladi: fizikaviy va 
kimyoviy. 
Fermentlarni fizikaviy immobillash – bu fermentni shunday bir muhitga 
joylashtirish bo‘lib, bunda ferment umumiy xajmning bir qismigina kira oladi. 
Fizikaviy immobillashda ferment bilan tashuvchi kovalent bog‘ bilan 
bog‘lanmaydi. Fermentlarni bog‘lashni 4 tipi ma’lum: 
-
erimaydigan tashuvchilarda adsorbsiyalanish; 
- gel porasiga kiritish;
-
yarimo‘tkazgich membrana yordamida fermentni reaksion sistemaning 
qolgan xajmidan fazoviy ajratish; 
-
ikki fazali muhitga o‘tkazish, bu erda ferment eriydi va fazalardan 
biridagina joylashishi mumkin. 
Bu usullar quyidagi rasmlarda keltirilgan. 


23 
Rasm. Fermentlarni immobillash usullari: a - erimaydigan tashuvchilarda adsorbsiyalanish; b 
- gel porasiga kiritish; v - yarimo‘tkazgich membrana yordamida fermentni reaksion 
sistemaning qolgan xajmidan fazoviy ajratish; g - ikki fazali muhitga o‘tkazish, bu erda 
ferment eriydi va fazalardan biridagina joylashishi mumkin. 
Adsorbsion immobilizatsiya fermentlarni immobillashning qadimgi usuli 
bo‘lib, unga 1916 yili asos solingan. Bu usul juda oson va u fermentning suvli 
eritmasi 
bilan 
tashuvchi 
orasidagi 
kontakt 
hisobiga 
amalga 
oshadi. 
Adsorbsiyalanmagan oqsil yuvib tashlangandan so‘ng ferment ishlatishga tayyor 
bo‘ladi. Tashuvchining yuzasida fermentning adsorbsiyalangan molekulasi
tashuvchi va oqsilning yuzaki guruhlarining Van-der-vaals o‘zaro ta’sirlashuvi, 
vodorod bog‘lari, elektrostatik va gidrofob o‘zaro ta’sirlashuvlar hisobiga 
ushlanishi mumkin. Har bir bog‘lanish tashuvchining kimyoviy tabiati va ferment 
molekulasining yuzasidagi funksional guruhlarga bog‘liqdir. 
Tashuvchi bilan ferment o‘rtasidagi ta’sir kuchli bo‘lib, biokatalizatorning 
sorbsiyasi uning strukturasini buzishi mumkin. Masalan, ba’zi o‘simlik 
hujayralarini sitodeks granulalarida adsorbsiyalanishida hujayra devori tashuvchi 
zarrachasi yuzasining relefeni takrorlab deformatsiyalanishi mumkin. Adsorbsion 
immobilizatsiyaning afzalligi uning qulayligi va sorbentlarning arzonligidadir. 
Ularga istalgan konfiguratsiyani berish va kerakli darajada g‘ovak qilish 
imkoniyati mavjud. Eng muhimi - bu metodning oddiyligidir. Adsorbsion 


24 
bog‘lanishda fermentni tozalash ham mumkin. Ushbu metodning kamchiligi 
tashuvchi, hamda aniq bir fermentni immobillash uchun optimal sharoitni to‘g‘ri 
tanlay imkonini beradigan umumiy yo‘riqnomaning yo‘qligidir. 
Ko‘rsatilgan kamchiliklarni immobillangan fermentlarni gelga kiritish bilan 
bartaraf qilish mumkin. Ushbu metodning maqsadi – ferment molekulasini polimer 
zanjirlaridan to‘qilgan 3 fazali to‘rga (gelga) o‘tkazishdir. Geldagi qo‘shni zanjirlar 
orasidagi o‘rtacha masofa kiritilgan ferment molekulasining razmeridan kichikdir. 
SHuning uchun u polimer matritsani tark etolmaydi va atrofdagi eritmaga 
chiqolmaydi, ya’ni immobillangan holatga bo‘la olmaydi.
Fermentlarni gelda immobillashning 2 ta asosiy usuli ma’lum. Birinchisida 
ferment monomerning suvli eritmasiga solinadi, keyin polimerizatsiyalanadi. 
Natijada polimerli gel hosil bo‘ladi. Reaksion aralashmada ko‘pincha polimerga 
uch o‘lchamli to‘r strukturasini beruvchi bifunksional (molekulasida 2 ta qo‘sh 
bog‘i bor bo‘lgan) agentlar qo‘shiladi. Ikkinchi holatda ferment tayyor polimer 
eritmasiga solinadi va unga gelsifat holatga o‘tkaziladi. Fermentlarni polimer gelga 
kiritish bilan immobillash preparatga istalgan geometriya konfiguratsiya berish 
bilan birga tashuvchida biokatalizatorlarni tekis taqsimlash mumkin. Metod 
universal hisoblanadi, deyarli barcha fermentlar, poliferment sistemalar, hujayra 
fragmentlari va hujayralarni immobillash uchun qulay. Gelga kiritilgan ferment 
bakteriyalar bilan zararlanishdan himoyalangan. 
Membranalar yordamida fermentlarni immobillashning mohiyati shundaki
bunda 
fermentning 
suvli 
eritmasi 
substratning 
suvli 
eritmasidan 
yarimo‘tkazuvchan membrana yordamida ajratiladi. YArimo‘tkazuvchan 
membrana substratning kichik molekulalarini oson o‘tkazadi, katta molekulalarni 
esa o‘tkazmaydi. 
Membrana tipidagi sistemadan foydalanish tarkibida ko‘p miqdorda ferment 
bo‘lgan immobillangan preparatlarni olish imkonini beradi. Bu metod ham 
universal va qulay.
Ikki fazali muhit yordamida fermentni immobillashda ferment sistemaning bir 
fazasidagina eriydi. Substrat va mahsulot qaysi fazada erishiga qarab ikkala 
fazaaro taqsimlanadi. Fazalarning tabiati mahsulot qaysi fazada to‘planishi va u 
erda ferment bo‘lmasligiga ko‘ra tanlanadi. reaksii yakunlangandan so‘ng bu 
fazani ajratib undan mahsulot ajaratib olinadi. Fermentli fazani esa navbatdagi 
jarayonda qayta ishlatish mumkin.
Kimyoviy metod bilan immobillashda ferment molekulasi, xususan oqsil, 
bilan tashuvchi o‘rtasida yangi kovalent bog‘ hosil bo‘ladi. Ushbu yo‘l bilan 
immobillangan fermentlarning preparatlari 2 ta muhim yutuqqa ega. Birinchidan, 
tashuvchi bilan ferment o‘rtasidagi kovalent bog‘ hosil bo‘lgan kon’yugatning 
mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi, tashqi muhit omillari, masalan rN, harorat 
o‘zgarganda ferment tashuvchidan desorbsiyalanmaydi, olinayotgan mahsulotlarni 
ifloslantirmaydi. Bu esa tibbiyot va oziq ovqatga mo‘ljallangan jarayonlarni 
amalga 
oshirishda 
juda 
muhim. 
Ikkinchidan, 
fermentlarni 
kimyoviy 
modifikatsiyalab ularning katalitik faolligi, barqarorligi kabi xossasini o‘zgartirish 
mumkin. Bunda fermentning faol markazini iloji boricha saqlab qolish kerak.

Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish