17
ko‘tariladi. Agarda spirt oldindan sovutilgan bo‘lmasa fermentlarning
inaktivatsiyasini kuzatish mumkin. Bu hodisa nafaqat termoinaktivatsiyaga, hattoki
ferment molekulasini denaturatsiyagacha olib keladi.
Ferment preparatlarini cho‘ktirishda rN ko‘rsatkichi juda katta ahamiyatga
ega. Bir xil ferment eritmasidan har xil rN ko‘rsatkichi ta’sirida bir-biridan
cho‘kmasi miqdori va ferment faolligi bilan farq qiluvchi preparatlar olish
mumkin. Ma’lumki, fermentlar o‘zlarining izoelektrik nuqtalarida oqsil agregatlari
hosil qilib to‘liq cho‘kmaga tushadilar. Oqsillarni izoelektrik nuqtalarida
cho‘ktiruvchi reagentlar ishlatmay cho‘ktirish jarayoni izoelektrik cho‘ktirish
deyiladi. Organik cho‘ktiruvchilarni izoelektrik nuqta rNiga yaqii rN da qo‘llash
fermentlarni oson cho‘ktirish va erituvchini kam miqdorda sarflash uchun xizmat
qiladi. rN ko‘rsatkichi izoelektrik nuqtadan chetga chiqsa cho‘kma unumi va
ferment faolligi 30-50% gacha yo‘qotiladi.
Faol fermentni preparat yoki mo‘‘tadil strukturali cho‘kma holida olish uchun
eritmada 10-12% atrofida quruq modda miqdori bo‘lishi kerak. Ko‘p
tadqiqotlardan
ma’lumki, fermentlarni cho‘ktirishda, ayniqsa proteolitik
fermentlarni, quruq moddaning eng optimal miqdori 10% bo‘lishi kerak.
YUqorida qayd qilingan omillar qatorida ferment zritmalarini erituvchi bilan
aloqada bo‘lish muddati ham katta ahamiyatga zga. Ferment sanoatida to‘xtovsiz
ishlaydigan cho‘ktiruvchilarda ushbu vaqtni juda ham qisqartirishga erishilgandir,
bu albatga ferment faolligini kamayishini oldini oladi.
Organik erituvchilar bilan cho‘ktirish samaradorligi shu jarayonga
mo‘ljalllangan uskunaga ham uzviy bog‘liqdir. Bunday uskunalar asosan ferment
zritmalarini qabul qilgich, to‘xtovsiz aralashtirgich, ferment eritmasi va erituvchini
to‘xtovsiz ravishda uzatuvchi konturlar, separator va avtomatizatsiya tizimlaridan
tuzilgan bo‘ladi. Silindr shaklidagi aralashtirgichdan ferment eritmasi va erituvchi
murakkab harakat yo‘nalishi bo‘ylab qisqa vaqt ichida aralashib o‘tadi va natijada
hosil bo‘lgan aralashma separator qismiga uzatiladi. Separatorda cho‘kmaga
tushgan oqsil molekulalari ajratib olinadi. Bunday qurilmada ferment bilan
erituvchining aloqa muddati o‘n marotabagacha qisqartiriladi. Bunda fermentning
cho‘kmaga tushish unumi 15-20% gacha ortadi. Separatorda ajratilgan cho‘kma
har xil usullar bilan mo‘‘tadil sharoitda quritib olinadi. CHo‘kma tepasida qolgan
suyuqlik tarkibida 50-75% gacha erituvchi ulushi bo‘ladi va rektifikatsiya
bo‘limida regeneratsiya qilishga yuboriladi.
Organik erituvchilar bilan cho‘ktirish unumi produtsent o‘stirilgan ozuqa
muhiti tarkibiga va ferment preparatini quyuqlashtirilganlik darajasiga ham
bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: