Фойдаланилган адабиётлар:
1. Ўзбек халқи байрамлари: Тузувчи Ф.Рўзиева. – Тошкент: Алишер Навоий номидаги
Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2006.
2. Усмон Қорабоев. Ўзбек халқ байрамлари. “Шарқ” нашриёт-матбаа акциядорлик ком-
панияси Бош таҳририяти. Тошкент – 2002
3. Икрамова Н. Оммавий байрамлар тарихи. – Тошкент 2007.
190
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
O‘SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSINI ASRASH, MUHOFAZA QILISH.
Temirova Jamilaxon Akramovna
Farg‘ona viloyati Buvayda tumani
13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
biologiya fani o‘qituvchisi.
Annotatsiya:
ushbu maqolada tabiatimizning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan o‘simlik va
hayvonlarni asrash, o‘quvchilarga bu tushunchalarni o‘rgatish haqida bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
muhofaza, o‘simlik, hayvon, biosfera, Qizil kitob, resurs.
O‘simlik va hayvonlar biosferaning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, tabiiy resurslar orasida muhim
o‘rin egallaydi. Tabiatda muvozanat ko‘p jihatdan o‘simlik va hayvonlarning xilma-xilligiga
bog‘liq. Biosferadagi moddalarning davriy aylanishi tirik organizmlarning bevosita ishtirokida
o‘tadi. O‘simlik va hayvon mahsulotlarisiz hayotni tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘simlik resurslari
tugaydigan va tiklanadigan tabiiy resurslarga kiradi. O‘simliklar yer yuzasidagi hayotning
asosidir. Sayyoramizda 500000dan ortiq o‘simlik turlari aniqlangan. O‘simliklar kislarod va
organik moddalar manbaidir. Fotosintez jarayonida ular CO
2
ni yutib O
2
chiqaradi. Har yili
o‘simliklar tomonidan 200mlrd tonnadan ortiq organic moddalar sintez qilinadi. Bu moddalar
barcha boshqa organizmlar uchun ozuqadir.
Hayvonot dunyosi - tabiat boyliklarining bir qismi bo‘lib, jamiyatda, inson hayotida katta
ekologik ahamiyatga ega. Hayvonot dunyosining iqtisodiy ahamiyati nuqtai nazaridan muhim
tabiiy resurs, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatbop, texnikaviy va dorivor xom ashyo hamda boshqa
moddiy boyliklar olish manbai ekanligi ma’lum. Shunday ekan uni huquqiy ekologik muhofaza
qilish juda zarurdir. Bu ishda mamlakatimiz qonunlari, O‘zbekiston fuqarolarini hayvonot dunyosiga
sohibkorona va insoniy munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashga, bu bebaho dunyoni muhofaza
qilish hamda samarali va oqilona foydalanishga yordam bermog‘i lozim. Chunki, hayvonlarning
O‘zbekiston faunasiga xos bo‘lgan talaygina turlari yo‘qolib ketish arafasida turibdi, ayrimlari
(qulon, turon yo‘lbarsi, ola-bula sirtlon va boshqalari) esa butunlay yo‘qolib ketdi. Shu boisdan
ham noyob va yo‘qolib borayotgan hayvonlarni huquqiy ekologik asosda muhofaza qilish katta
ahamiyatga ega.
Hayvonot dunyosi yer yuzining hamma joyida mavjud. Quruqlikda yashovchi hayvonlar
butun hayvonlar turining 93 foizini, suv hayvonlari esa 7 foizini tashkil etadi. Umuman olganda,
yer yuzida yashovchi hayvonlar turi xatto o‘simliklar turiga qaraganda 4 baravar ko‘p bo‘lib,
taxminan 2 milliondan ortiqroqdir.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish:
- hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni takror
yetishtirish qoidalari va normalarini belgilash;
- hayvonot dunyosidan foydalanishda cheklashlar va taqiqlar belgilash; - hayvonot
dunyosidan o‘zboshimchalik bilan foydalanishning va undan foydalanish borasida belgilangan
tartibni boshqacha buzishlarning oldini olish;
- hayvonlarning yashash muhiti, ularning urchishi shart-sharoitlari va ko‘chib yurish yo‘llari
muhofaza qilinishini tashkil etish;
- xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish, transport vositalaridan foydalanish paytida
hayvonlar nobud bo‘lishining oldini olish;
- alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish;
- kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvon turlarini tutqunlikda urchitish;
- hayvonlar kasallikka chalinganda, ularning tabiiy ofatlar va boshqa sabablar oqibatida nobud
bo‘lishi xavfi tug‘ilganda ularga yordam berish;
-hayvonot dunyosini muhofaza qilish tadbirlarini asoslashga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlarni
tashkil etish;
- hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha boshqa tadbirlarni o‘tkazish yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
Respublikamizda noyob va yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvonlarni asrash, muhofaza
qilish maqsadida QIZIL KITOB ta’sis etilgan.
Oʻzbekiston faunasi va florasining baʼzi turlari Xalqaro Qizil kitobda ham oʻz aksini topgan.
191
Do'stlaringiz bilan baham: |