Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
ko‘rsatilgan vazifani mustaqil bajaradilar, so‘ngra guruhlarda tahlil qiladilar.“Rezyume”
texnologiyasi.Bu metod murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar muammoli mavzularni
o‘rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda bir yo‘la mavzuning
turli tarmoqlari bo‘yicha axbarot beriladi. Maqsadi esa, o‘quvchilarni erkin, tanqidiy fikrlashga,
jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, mavzudan kelib chiqadigan muammoni yechishga o‘rgatish.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiyalardan foydalanib o‘tilgan darsda o‘quvchilar
o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyon qilishga erishadilar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. “Barkamol avlod yili “ davlat dasturi. T. O‘zbekiston. 2010.
2. Pedagogika o‘qitish metodikasi T- 2008
186
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN VA
INNOVOTSION TEHNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI.
Musaboyeva Noila To‘lqin qizi.
Namangan shahar 26-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.
Noilabonumusabayeva@gmail.comTel:+998913477722
Annotatsiya:
ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida qo‘llaniladigan zamonaviy
interfaol metodlar va ularning foydalanish haqida bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
innovatsion texnologiya, o‘qish darslari, venn diogrammasi, kompyuter darslari.
Ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk,
barkamol inson sifatida tarbiyalash uchun imkon beruvchi mukammal
ta’lim tizimini yaratish, uning samaradorligini oshirish kabi masalalar
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning bosh maqsadi va ta’lim
sohasidagi islohotlar asosini tashkil etadi. Yuksak ma’naviy axloqiy
qarashlarni o‘zida mujassam etgan barkamol shaxsni yetishtirish,
milliy qadriyatlarni saqlab qolish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni
sog‘lomligini mustahkamlash va ijobiy hal qilish uchun hukumatimiz
rahbarlari barcha imkoniyatlarni yaratmoqdalar. Boshlang‘ich ta’lim
tizimida innovatsion texnologiyalar va yo‘nalishlardan foydalanish bugungi kunda dolzarb
hisoblanib, bu borada olimlarimizning bir qator tadqiqotlari mavjud. Innovatsiya bu- yangi
tehnologiyalarga, yangi ishlab chiqarish omillariga tadbiq etilgan yangi bilimlardan foydalanish
(yoki ma’lum bilimlardan yangicha foydalanish) yo‘li bilan yangi ehtiyojni qondirishga qaratilgan
harakat yoki bunday harakat natijasi( yoki avvalgi ehtiyojni ancha samarali qondirishning yangi
yo‘lini taklif etishdir).
Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida
ta’lim jarayoni axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Natijada o‘quv faoliyat jarayoni ham
yangilikka muhtoj bo‘lib qoldi. Bu holatdan chiqish uchun darslarni innovatsion texnologiyalar
asosida tashkil etish o‘qituvchining asosiy vazifasi. Innovatsion pedagogik muammolarni yechish
ta’lim sohasida innovatsion jarayonlarning borish xussusiyatlari o‘rganishdan iborat. Boshlang‘ich
sinf ta’limida o‘quv jarayonini tashkil etish holati jiddiy bo‘lib, o‘quv faoliyati bosqichma-
bosqich amalga oshiriladi. Chunki bu davrda o‘quvchining ta’lim tushunchalarini qabul qilish
salohiyati yuqori saviyada bo‘lib, ularni muntazam ravishda nazorat qilib borish lozim bo‘ladi.
Darslarda ko‘proq ularni qiziqtirish uchun innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Ayniqsa,hamkorlikka asoslangan o‘quvchilarning faolligini oshirishga mo‘ljallangan
o‘quvchilarni boshqarish, fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o‘zgalar manfaati bilan
hisoblashish, ularga o‘rgatish, ta’sir qila olish, o‘zining va boshqalarning “men”nini sezish, his
qilish, o‘zini boshqarish fikrini aniq, lo‘nda va puxta bayon eta olishga o‘rgatishdan iboratdir.
O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushinib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan ilk bor o‘qish
darslarida yuzlanadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning DTS talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari
ko‘zda tutilgan o‘quv – biluv ko‘nikma – malakalari hamda bilimlarni egallashga yo‘l ochiladi.
O‘qish darslarida insonning, avvalo, o‘zligini, qolaversa, olamni anglashga bo‘lgan intilishlariga
turtki beriladi. Shu maqsadda “O‘qish kitobi” darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab turgan
olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, milliy
va ma’naviy qadriyatlarimiz kabi turli mavzular bo‘yicha atroflicha tushunchalar berishga
mo‘ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. O‘qish darslarining
samaradorligi ko‘p jihatdan ta’lim metodlarining to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. Binobarin,
fanning o‘zi kabi o‘qish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo‘ladi. O‘quvchilar faolligini
oshirishda metodlarni to‘g‘ri tanlab, bilish faoliyatini oqilona boshqarish yordamida erishiladi.
Dars jarayonida “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Charxpalak”, “Insert”, “Venn
diagrammasi” kabi interfaol metodlardan o‘rinli foydalanish, dars samaradorligini oshiradi.
187
Do'stlaringiz bilan baham: |