78
Nazorat savollari
1. Uzgich kontaktlarining tutashi va birlamchi tokning o‟sishi qanday ?
2.Kontaktlarning uzilishi va ikkilamchi yuqori kuchlanishning induktsiyalanishi
tushuntiring ?
3. Uchqunli tirqishni teshib o‟tilishi va razryad jarayonlarini tushuntiring?
4. O‟t oldirish tizimining elektr tavsifnomalari va
ularni yaxshilash usullari
qanday ?
5. Variatorlarning qo‟llanilishini tushuntiring ?.
6. O‟t oldirishni ilgarilatish burchagi va uni aniqlovchi omillar.
7. O‟t oldirishni ilgarilatish burchagini rostlash usullari qanday ?
8. Markazdan qochma, vakuum - rostlagichlar va oktan - korrektor tuzilishi xamda
ishlashini tushuntiring ?
9. O‟t oldirish g‟altaklari, uzgich - taqsimlagichlar kamchiliklarin tushuntiring?
10. Kontaktli o‟t oldirish tizimining kamchiliklari ayting ?
3.7. Elektron o‟t oldirish tizimi
Dvigatellarning takomillashtirish yo‟nalishi, ularning tejamliligini oshirish va 1
kVt quvvatga to‟g‟ri keladigan massasini kamaytirish bilan bir qatorda, aylanishlar
chastotasi va tsilinddrlarda yonilg‟i - havo aralashmasini
siqish darajasini tobora
ortirib borish bilan ham tavsiflanadi. Zamonaviy avtomobil dvigatellarda aylanishlar
chastotasi 5000 - 8000 min
1
ga yetgan, yonilg‟i aralashmani siqish darajasi hozirgi
kunda 7,0 - 8,5 ni tashkil qilayotgan bo‟lsa, kelajakda bu ko‟rsatkich 9,0-10,0 va
undan yuqori qiymatga ko‟tarish mo‟ljallangan. Aylanishlar chastotasi va siqish
darajasini
bu tarzda oshishi, yonilg‟i me‟yorida o‟t olshini ta‟minlash uchun, o‟t
oldirirsh tizimining ikkilamchi kuchlanishini sezilarli darajada orttirilishini talab
qilinadi. Bundan tashqari, dvigatellar tejamliligini
oshirishga intilish ularda,
aksariyat holda suyultirilgan yonilg‟i aralashmasini ishlatishga majbur qiladi.
Suyultirilgan yonilg‟i aralashmasini ishonchli ravishda o‟t oldirish uchun o‟t oldirish
shamining elektrodlari orasidagi tirqishni kattalashtirish, ya‟ni uchqun uzunligi va
quvvatini oshirish kerak bo‟ladi. O‟t oldirish shamining elektrodlari orasidagi tirqish
0,8-1,2 mm ni tashkil qiladi. Demak, dvigatelni tejamli ishlashini ta‟minlash uchun
ham ikkilamchi kuchlanish qiymatini oshirish zarur.
SHunday qilib, aylanishlar chastotasi va tirqish darajasi katta bo‟lgan,
tejamli
ishlaydigan hozirga zamon dvigatellariga o‟rnatiladigan o‟t oldirish tizimiga ancha
yuqori talablar qo‟yiladi.
-
ikkilamchi kuchlanish qiymatini orttirish bilan birga ishonchlilik darajasini va
xizmat muddatini ko‟tarish;
-
uchqun razryad energiyasining qiymati, dvigatelning hamma rejimlarida yonilg‟i
aralashmasini ishonchli o‟t oldirish uchun yetarli bo‟lishi kerak (15...50
mDj
va
undan ortiq);
-
turli xil ekspluatatsiya sharoitida (o‟t oldirish
shamlarining ifloslanishi, atrof -
muhit temperaturasining o‟zgarishi, tok manbai kuchlanishining kamayib - ortishi va
hokozo) barqaror uchqun hosil bo‟lishini ta‟minlash;
-
hamma elementlar katta mexanik yuklamalar ta‟sirida barqaror ishlashini
ta‟milashdan iborat.
79
Hozirgi zamon avtomobillarida keng tarqalgan kontaktsiz - tranzistorli o‟t
oldirish
tizimlari, kontaktli o‟t oldirish tizimiga nisbatan bir qancha afzal va
ishonchli ishlashi uning o‟ziga xos tomonidir. Bu o‟t oldirish tizimining asosiy
yangiligi - uzgich kontaktlari yo‟qligidir. Uning vazifasini
kontaktsiz datchiklar
bajaradi. Kontaktsiz - tranzistorli o‟t oldirish tizimi bir - biridan asosan dvigatelni
turi va tuzilishi bilan farq qiladi.
Magnitoelektr datchik uzgich - taqsimlagi valiga o‟rnatilgan doimiy magnit va
o‟zakga o‟rnatilgan stator cho‟lg‟amidan iborat. Doimiy magnit aylanganda uning
magnit maydoni ta‟sirida stator chulg‟amida o‟zgaruvchan EYuK induktsiyalanadi.
Datchik kuchlanishi U musbat bo‟lganda
va qiymati
Do'stlaringiz bilan baham: