“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
22
Koʻpgina yetakchi mutaxasislarning fikricha, jarayon ishonchli oʻrganilishi uchun quyidagi talablarga
rioya qilish lozim:
1.
Oʻrgatish va oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan operastiyalar toʻplami maqsadini aniqlash.
2.
Murakkablik xajmiga koʻra qulaylashtirilgan oʻquv materiallarini operastiyalar boʻyicha boʻlish.
3.
Oʻquvchidan oʻqituvchiga aksincha aloqa bilan me’yorlashtirilgan materiallarni oʻzlashtirilishi
boʻyicha muntazam sifat nazoratini oʻtkazish.
4.
Ishning tempi va berilgan materiallarning murakkabligi boʻyicha moslashish bilan oʻzlashtirilgan
materiallar sifatidan kelib chiqib, oʻrgatishning egiluvchan differenstiyalanishi.
5.
Oʻrgatishning maxsus texnik vositalarini va oʻquv dasturlarining qoʻllanilishi.
T.S.Lisistskaya (1994), sog’lomlashtiruvchi aerobika mashg’ulotlarida qoʻllaniladigan
harakat
materiallarini, quyidagi oʻzlashtirish ketma-ketligida aniqlash maqsadga muvofiq deb hisoblaydi:
1. Odatda ular aralash qoʻllaniladi, ya’ni koʻrsatib berish soʻz sharxi bilan olib boriladi.
Shug’ullanuvchilarga orqa turib yoki (zerkalniy) koʻzgu usulida mashqlarni koʻrsatish keng qoʻllaniladi.
2. Alohida harakat fazalariga urg’u berib koʻrsatish ham qoʻllaniladi. Koʻrsatish doimo hisob va uslubiy
sharxlar bilan birga olib borilishi shart. Bunda albatta shug’ullanuvchilar ustidan vizual nazorat oʻrnatilishi
zarur.
Xulosa
qilib aytganda Adabiyotlardan olingan ma’lumotlar va anketa soʻrovnoma materiallarini
umumlashtirib shuni ta’kidlash kerakki, sog’lomlashtiruvchi aerobikaning yangi yoʻnalishlarining
paydo
boʻlishi, sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning boshqa turlari orasida yetakchilikni saqlab qolishga imkon
beradi.
Sog’lomlashtiruvchi aerobika mashqlarini oʻrgatish uchun an’anaviy uslublar: soʻz, koʻrgazma uslubi,
yaxlitlik va qismlarga ajratib oʻrgatish uslubiyatlari bir biri bilan uyg’unlashtirib qoʻllaniladi.
Aerobikaning sog’lomlashtiruvchi turlari boʻyicha mavjud dasturlarda, koʻpchilik shug’ullanuvchilar
oʻzlariga ma’lum yoʻnalishlarni, ya’ni raqs, kuch, sheypingni afzal biladilar. Ammo ular juda kam va katta
yoshdagilar uchun moʻljallangan. Oʻquvchi-yoshlarning katta qismi quyidagi sabablarga koʻra
shug’ullanmaydilar:
- mashqlarni boshlang’ich bosqichlarini oʻzlashtirish uchun yengil boʻlgan sog’lomlashtirish aerobika
vositalari aniqlanmagan;
- murakkabligi boʻyicha (bog’lamlar, kombinastiyalar) oʻquv materiallarining noqulay taqsimoti;
- 18-20 yoshli qizlar uchun oʻrnatish dasturlari (bazaviy aerobika) ishlab chiqilmagan;
- slayd, step va boshqa kabi turlarda yordamchi vositalar, anjomlar, jihozlarni topish qiyin boʻlganligi
sababli erishib boʻlmaydi;
Bularning barchasi, maxsus tadqiqotlarni oʻtkazish va 18-20 yoshli qizlar uchun oʻrgatish dasturlarini
ishlab chiqish zaruriyatini aniqladi.
Ilmiy tadqiqotlar va amaliy tajribalar shuni koʻrsatadiki, 18-20 yosh - oʻqitishning zamonaviy vosita va
uslubiyatlarini qoʻllash bilan sog’lomlashtiruvchi faollik harakatlarni bajarish
uchun eng qulay davr
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: