5.5. Korporativ boshqaruv dasturini amalga oshirish bo„yicha takliflar
tizimi.
94
O‗zbekistonning korporativ boshqaruv tizimi Germaniya korporativ
boshqaruv
tizimiga
uxshash
bulib,
Germaniya
tajribasi
urganilmokda.
Mamlakatimizda korporativ boshqaruv sohasini rivojlantirish uchun Korporativ
boshqaruv kodeksi tasdiklandi. Korporativ boshqaruv kodeksi aksiyadorlik
jamiyatlarining haqqoniy va ochiq biznes yuritish tarafdori ekanligidan kelib
chiqqan holda O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro korporativ
boshqaruv prinsiplari asosida ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Bunda
asosiy maqsad sifatida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini samarali tashkil etish,
ishlab chiqarish quvvatini yangilash maqsadida aksiyadorlik jamiyatlari ijroiya
organi, kuzatuv kengashi, aksiyadorlar, mehnat jamoasi vakillari va boshqa
manfaatdor tomonlar o‗rtasida manfaatlar uyg‗unligiga erishishga qaratiladi.
Kodeks qoidalariga rioya qilish majburiyati to‗g‗risidagi qaror aksiyadorlar
umumiy yig‗ilishida oddiy ko‗pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Korporativ
boshqaruv kodeksidagi ma‘lum talablarga qa‘tiy rioya qilish to‗g‗risida xabar
belgilangan shakl bo‗yicha majburiyat oluvchi shaxslarga taqdim etilishi shart. Bu
kodeks yana bir me‘yoriy hujjat O‗zbekiston Respublikasining ―Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‗g‗risida‖gi qonuni
asosida tuzilgan. Qonunning yangi tahriri 2015 yil 3 iyunda tasdiqlangan. Ushbu
qonunning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta
tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek, aksiyadorlarning huquqlarini himoya
qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Bu konun va kodeks
O‗zbekistonda korporativ boshqaruv tizimini joriy etishda amalga oshirilayotgan
ishlarning samaradorligini oshirish va xalqaro talablarga javob beruvchi tizimga
erishish maqsadida amalga oshiriladigan ishlarning tayanchi xisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish, korporativ
boshqaruv
tizimini
joriy
etishda
O‗zbekiston Respublikasi qonunlari,
Prezidentning qaror va farmonlari hamda boshqa me‘yoriy hujjatlar asosida ish
yuritiladi. SHu bilan birga, mavjud me‘yoriy hujjatlar bazasini yangi zamonaviy
xalqaro talablar va standartlar asosida tizimli ravishda takomillashtirib borish,
ulardagi turli bo‗shliqlarni tegishli me‘yor va talablar bilan to‗ldirish, yangi
95
hujjatlarni ishlab chiqish lozim. Bu yo‗nalishdagi ishlarni amalga oshirishda
aksiyadorlik jamiyatlari, qonun chiqaruvchi va ijro organlarining o‗zaro uzluksiz,
tizimli hamkorligini tashkil etish zarur.
Ayni paytda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
qo‗mitalarida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan
bir qator dolzarb qonun loyihalari yuzasidan muhokamalar bo‗lib o‗tmoqda.
Xususan, byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‗mitasida ekspertlar, mutaxassislar
hamda manfaatdor idoralarning vakillari ishtirokida ―Aksiyadorlik jamiyatlarida
zamonaviy korporativ boshqaruv uslublari joriy etilishi munosabati bilan
O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‗zgartish va
qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi qonun loyihasi ikkinchi o‗qishga
tayyorlanmoqda. Bugungi kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida
aksiyadorlik jamiyatlari zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish
evaziga yuqori iqtisodiy natijalarga erishib kelinmoqda. Korporativ boshkaruv
tizimini joriy etishdagi masalalardan yana biri mazkur yo‗nalishdagi kadrlar
salohiyati, ya‘ni ularning imiji, diplomatiyasi xalqaro talablarga to‗liq javob
bermasligidir. Bu etishmovchilik respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlarining
ayrimlarida korporativ madaniyat tushunchasining to‗liq joriy etilmaganligining
natijasida kelib chiqmoqda. Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ madaniyati
xodimlarning axloq-odoblari ta‘sirida shakllanadi va rivojlanib boradi.
Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarining 3 ta asosiy guruhi mavjud:
1. Bozor muhitida xususiylashtirish va xususiylashtirishdan keyingi
jarayonlar natijasida shakllangan aksiyadorlik jamiyatlari.
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida vujudga kelgan va rivojlangan
aksiyadorlik jamiyatlari.
3. Tabiiy monopoliyaga mansub aksiyadorlik jamiyatlari. Bu guruhlarning
har birida ushbu biznesning asosiy vazifalari ta‘siri ostida ishbilarmonlik axloqi
xususiyatlari shakllangan. Odob-axloq tushunchasi oilada shakllanadi, ya‘ni ota-
ona, mahalla bergan tarbiya, bular hammasi madaniyatning asosi hisoblanadi. Bu
esa, o‗z navbatida, ish jarayoniga ham ta‘sir qiladi. SHuning uchun ham hukumat
96
tomonidan yoshlar va ularning ma‘naviy va madaniy jihatdan etuk bo‗lishiga
muhim e‘tibor qaratilmoqda.
Korporativ madaniyatning umumiy va hammaga ma‘qul bo‗lgan ta‘rifi
yo‗qligiga qaramay, bu tushuncha umumqabul qilingan axloqiy qadriyatlar,
qonunchilik talablariga amal qilish, odamlarga hurmat bilan munosabatda bo‗lish,
atrof-muhitni asrash bilan bog‗liq tamoyillar asosida shakllanadi. Korporativ
boshqaruv sohasini yanada rivojlantirishda mazkur yo‗nalishda yuqori malaka va
bilimga ega kadrlarni tayyorlash asosiy bosqichlardan biri hisoblanib, professional
va chuqur bilimga ega kadrlarni tayyorlashdagi yana bir masala sifatida tegishli
o‗quv material va qo‗llanmalarning etishmasligini keltirish mumkin. O‗quv
muassasalaridagi bakalavr va magistratura bosqichlarida korporativ boshqaruv
bo‗yicha o‗quv jarayonlarini yanada kengaytirish, ularni ishlab chiqarish
jarayonlari bilan uyg‗unlashtirish, o‗quv qo‗llanmalarining soni va qamrovini
doimiy oshirib borish ushbu yo‗nalishdagi asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Korporativ boshqaruvning asosiy vazifalaridan biri aksiyadorlik jamiyatlarining
faoliyatini takomillashtirish, shaffofligini ta‘minlash va shuning natijasida uning
daromadlarini oshirishdir. Aksiyadorlik jamiyatlarida daromadlarini ko‗paytirish
va uning investorlar oldida jozibadorligini yanada oshirishning yo‗nalishlaridan
biri aksiyalar emissiyasidir.
Aksiyalar emissiyasi deganda emissiyaviy qimmatli qog‗ozlarni chiqarish va
joylashtirish tushunilib, qonunchilikda belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
Respublikamizda mazkur faoliyatni O‗zbekiston Respublikasi xususiylashtirish,
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasi qoshidagi
Qimmatli qog‗ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi amalga
oshirib kelmoqda. Jumladan, korporativ boshqaruv joriy etiladigan aksiyadorlik
jamiyatlarida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlar bo‗yicha ochiq holda
e‘lon qilinishi, investorlarga taqdim etilishi va bu yo‗nalishdagi mutaxassislar
tayyorlanishini yo‗lga qo‗yish ham bu yo‗nalishdagi muhim vazifalardan
hisoblanadi. Statistik ma‘lumotlarga asosan aksiyadorlik jamiyatlari soni va ular
97
tomonidan chiqarilgan aksiyalar hajmining o‗zgarish dinamikasini ko‗rishimiz
mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv tizimlarining
joriy etilishi yaqin kelajakda Respublikamiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish,
xorijiy investitsiyalarni jalb etish va eksport salohiyatini yanada oshirish, ichki va
tashqi bozorning rivojlanishi va mustahkamlanishiga katta turtki vazifasini
bajaradi.
Bu yo‗nalishdagi ishlarni amalga oshirishda yuqorida keltirib o‗tilgan
asosiy masalalarni, jumladan:
- korporativ boshqaruv sohasida kadrlarni halqaro talablar bo‗yicha
tayyorlash;
- qonunchilik va me‘yoriy hujjatlarni takomillashtirib borish;
- aksiyadorlik jamiyatida axborotlarni shaffofligini ta‘minlash;
- kimmatli kogozlarni emissiya kilish tartibini soddalashtirish;
- aksiyadrlik kapitali tarkibida mayda investorlarni (minoritar aksiyadorlar)
sonini oshirib borish;
va boshqa muhim masalalarni tizimli ravishda amalga oshirish orqali
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish va uning
natijasida respublikamiz oldida turgan oliy maqsadlarga erishish, xalq
farovonligini ta‘minlash va iqtisodiyoti rivojlangan, ilg‗or mamlakatlar qatoridan
joy olishda katta o‗ringa ega.
Aksiyadorlik jamiyatlarigagina xos bo‗lgan korporativ boshqaruvning
birorta modeli boshqalari oldida ajralib turuvchi ustuvorliklarga ega emas,
qolaversa, hech birini universallikka ega, deb ham bo‗lmaydi. Aksincha, oxirgi o‗n
yillikdagi vaziyat jahondagi barcha etakchi davlatlar uchun korporativ
boshqaruvning turli xil tizimlari qorishib borishi xos ekanligini ko‗rsatmoqda.
SHuning bilan birga aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning
samarali tashkil etilishi, nafaqat, ular faoliyatining rivojlanishiga, balki, pul
oqimlari hajmi va harakatini yanada ko‗paytirish, investitsiya loyihasiga
kiritiladigan kapital qiymatini pasaytirish orqali qo‗shimcha qiymat o‗sishini
98
ta‘minlash bilan birga, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi, xalqaro integratsiyasi va
raqobatbardoshligini oshirishga ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.
Bu esa aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning ilg‗or xorij
tajribalarini tadbiq etishga bo‗lgan ehtiyojni yanda oshiradi. Bunda mamlatimizda
korporativ boshqaruv bo‗yicha muayyan tajribalarning to‗planganligi, amaliyot
uchun zaruriy sharoitlarning yaratilganligi bu boradagi ilg‗or xorij tajribalarini
tadbiq etish uchun zaruriy elementlar mavjud ekanligidan dalolat beradi.
Aksiyadorlik
jamiyatlarida
korporativ
boshqaruv
amaliyotini
takomillashtirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:
1.
Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruvida xorijdan yuqori
malakali, tajribali mutaxassislarni ishga jalb etish, ularning korporativ boshqaruv
tizimini takomillashtirishga doir takliflari, tajribalaridan amaliyotda foydalanish
asosida mamlakatimizda xalqaro standartlarga muvofiq korporativ boshqaruv
tizimini joriy etishda mutaxassislar professional saviyasini oshirish, korporativ
boshqaruv madaniyati, etikasi, psixologiyasi va ko‗nikmalarini shakllantirish
lozim.
2.
Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruvida moliyaviy
siyosatni puxta ishlab chiqish va uni amalga oshirishning moliyaviy asoslarini
ta‘minlashda kapital qiymati, kapital tarkibi, pulning vaqt birligidagi qiymati
hamda daromadlilik va risk darajasining o‗zaro bog‗liqligi konsepsiyalariga to‗liq
va muntazam amal qilinishini ta‘minlash zarur.
3.
Mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlarining xorijiy nufuzli fond
birjalariga (IPO) chiqishini ta‘minlash orqali ularning xorijiy kapital bozoriga
chiqishini ta‘minlash asosida xalqaro bozordagi erkin raqobat kurashiga
chidamliligini oshirishga erishish, bunda zamonaviy korporativ boshqaruv
tamoyillari va standartlarini joriy etishning tashkiliy-huquqiy, texnik-iqtisodiy,
axborot va kadrlar ta‘minoti bo‗yicha asoslari hamda mexanizmini ishlab chiqish
maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimizda xususiy mulkchilik sohasidagi islohotlar natijasida
iqtisodiy jihatdan savodxon, xo‗jalik yuritish san‘atiga ega mulkdorlar sinfi
99
shakllandi. Korporativ boshqaruvning samaradorligini yanada oshirish uchun yirik
korxonalarning xususiylashtirishdagi keyingi jarayonlarga yuqorida ta‘kidlab
o‗tilgan mulkdorlar sinfini jalb etish lozim. Bu esa O‗zbekistonning dunyodagi eng
ilg‗or, iqtisodiy jihatdan yuksak darajada rivojlangan mamlakatlar qatoridan
munosib o‗rin egallashida o‗z hissasini qo‗shadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida takomillashgan korporativ strategiyani ishlab
chiqish korporativ maqsadga erishishning sinalgan va istiqbolli usuli hisoblanadi.
Korporativ strategiya korxonani rivojlantirishning o‗zak yo‗nalishlarini ifoda
etuvchi, boshqarishning yuqori bo‗g‗ini foydalanadigan chora-tadbirlar majmuidir.
Amaliyotda, korporativ strategiya aksiyadorlik jamiyatining turli bo‗linmalarini
bosh korporativ maqsad atrofida birlashtirish uchun ishlab chiqiladi. Aksiyadorlik
jamiyatlarida korporativ strategiya boshqaruv bo‗g‗inlari rahbarlarida strategik
bashoratlash (tasavvur)ni shakllantiruvchi birdan-bir vositadir. Korporativ
strategiyaning samarasi aksiyadorlik jamiyatida mehnat unumdorligini o‗sish
darajasi bilan belgilanadi.
Fikrimizcha, o‗zbek modelining shakllanishi va takomillashishida
quyidagilar inobatga olinishi lozim deb hisoblaymiz:
– milliy mentalitetdan kelib chiqqan holda, iqtisodiy globallashuv sharoitiga
hamda milliy xususiyatlarga mos bo‗lgan korporativ boshqaruvning zamonaviy
konsepsiyasini ishlab chiqish;
– korporativ munosabatlarni yo‗lga qo‗yishda korporativ madaniyat va
korporativ nazoratning ahamiyatini kuchaytirish;
– boshqaruvchilar, menejerlarning yuqori malakali, tajribali bo‗lishlariga
imkon yaratish;
– axborotlarning ochiq-ravshanligi, aniq va to‗liqligi, kompaniya
faoliyatidan aksiyadorlarning to‗liq xabardorligini ta‘minlash.
Xulosa qilib aytish mumkinki, milliy kompaniya faoliyat yo‗nalishlarini
dasturlash, uni strategik boshqarish va rejalashtirishni maqsadga muvofiq tashkil
etish hamda bu borada ilg‗or xorij tajribalaridan keng qamrovli foydalanish
100
korporativ boshqaruv tizimida strategik menejment usullarini joriy etish
samaradorligini oshirishda eng dolzarb masalalardan biri bo‗lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |