O‟rmonov N. T., Ismailov A. R


 Korporativ boshqaruvning andozalari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/128
Sana23.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#842538
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128
Bog'liq
2 5296593140176656007

5.6. Korporativ boshqaruvning andozalari. 
Korporativ boshqaruvning global andozalari: 
- moliyaviy hisobotning halqaro andozalari (XX asr 90 - yillarining ikkinchi 
yarmi); 
- Jahon Bankining korporativ boshqaruvning holatini yaxshilash global 
dasturi turli mamlakatlarda korporativ boshqaruvning va kompaniyalar faoliyati 
haqidagi axborotlarni oshkora qilish milliy tizimlarini sezilarli darajada 
yaxshilashga qaratilgandir (1998); 
- Birlashgan millatlar tashkilotining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot 
tashkiloti (IHTT) Kengashi tomonidan 1999 yil may oyida qabul qilingan 
Korporativ boshqaruv tamoyillari. 
Korporativ boshqaruv kodeksi – ixtiyoriy belgilanuvchi andozalar va ichki 
me‘yorlar yig‗indisi bo‗lib, korporativ munosabatlarning tartibini o‗rnatadi va 
tartibga soladi. Kodeks korporatsiyadagi korporativ boshqaruvning barcha muhim 
elementlariga taaluqli bo‗lgan asosiy me‘yorlardan va tavsiyalardan tarkib topishi 
kerak. Emitentlarning Kodeks qoidalariga rioya qilishidan asosiy manfaatdorligi 
qimmatli qog‗ozlar bozori orqali ularning investitsiyalarni jalb qilishga intilishidir.
Korporativ boshqaruvning andozalari: 
- Kedberi kodeksi, 1991 yilda Buyuk Britaniyada Adrian Kedberi 
rahbarligidagi Qo‗mita tomonidan tayyorlangan. Qo‗mita Moliyaviy axborotlar 
kengashi, London fond birjasi va hisobxona xodimlari kasaba uyushmasi 
tomonidan tuzilgan; 
- 2000 yil yanvarida Germaniya korporativ boshqaruv bo‗yicha guruh 
tomonidan eng ilg‗or amaliyotdagi nemis korporativ boshqaruv kodeksi yaratilgan; 
- Fransiya xususiy korxonalar uyushmasi milliy kengashi va Fransiya 
korxonalari harakati tomonidan tashkil etilgan guruh, M.Veno raislik qilgan 
Korporativ boshqaruv bo‗yicha qo‗mitaning tavsiyalari (1995 va 1999 y.); 


101 
- Gretsiya korporativ boshqaruv tamoyillari 1999 yilda Moliyaviy bozorlar 
bo‗yicha qo‗mita tomonidan tayyorlangan; 
- ―Jeneral Motors‖ Direktorlar Kengashi tomonidan 1994 yilda tayyorlangan 
―AQSHda korporativ boshqaruvning asosiy yo‗nalishlari va muammolari‖ 
tezislari; 
- Dunyoda eng yirik nafaqa fondi va etakchi institutsional investorlardan biri 
bo‗lgan ―Istefoga chiqqan fuqarolik xizmatchilar Kaliforniya nafaqa fondi‖ 
tomonidan 1998 yilda ishlab chiqilgan ―AQSHda korporativ boshqaruvning asosiy 
tamoyillari va yo‗nalishlari‖; 
- Braziliya korporativ boshqaruv instituti tomonidan 1999 yilda tayyorlagan 
―Lozim darajadagi amaliyot kodeksi‖; 
- Hindiston sanoat konfederatsiyasi tomonidan 1998 yilda taqdim qilingan 
―Tavsiya qilinuvchi korporativ boshqaruv kodeksi‖; 
- Malayziya Oliy moliya qo‗mitasi tomonidan 1999 yilda taqdim etilgan 
―Korporativ boshqaruv kodeksi‖; 
- Gonkong fond birjasi tomonidan 1989 yilda (keyinchalik to‗ldirilgan) 
taqdim etilgan ―Eng afzal amaliyot kodeksi va umumjamoa kompaniyalarning 
direktorlari uchun tavsiyalari‖; 
- Meksika tadbirkorlik muvofiqlashtirish kengashining Korporativ 
boshqaruv bo‗yicha qo‗mitasi 1999 yilda taqdim qilgan ―Eng afzal amaliyot 
kodeksi‖; 
- Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Tadbirkorlik palatasi va Yoxannesburg 
fond birjasi qo‗llab -quvvatlashida JAR Direktorlar instituti tomonidan 1994 yilda 
taqdim etilgan ―Korporativ amaliyot va munosabatlar kodeksi‖. 
Korporativ boshqaruv kodeksi quyidagilarga talab qo‗yishi kerak: 
- emitent ustav hujjatlariga; 
- emitent dividend siyosatiga; 
- emitent aksiyadorlarining Umumiy yig‗ilishini chaqirish va o‗tkazish 
tartibiga; 
- ishonchnomalar bilan ovoz berish tartibiga; 


102 
- kuzatuv kengashini shakllantirish qoidalariga; 
- kuzatuv kengashi faoliyatining qoidalariga; 
- kuzatuv kengashi a‘zolariga taqdirlashni belgilash tartibiga; 
- mustaqil auditor faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibiga; 
- insayderlik axborotlari ishlatilgan bitimlar va shuningdek manfaatdorlik 
mavjud bo‗lgan bitimlarning amalga oshirilishi ustidan ichki nazorat qilish 
tartibiga;
- emitentning qayta tashkil qilinishi va tugatilishi bilan bog‗liq qarorlarning 
qabul qilinishi va muvofiq axborotlarni berish tartiblariga; 
- qimmatli qog‗ozlarni emissiya qilish va korporativ harakatlarni amalga 
oshirish (aktivlarni katta hajmda sotib olish va sotish, kompaniyalarning 
birlashishi, qo‗shib olinishi) bo‗yicha qarorlarning qabul qilinish tartibiga; 
- emitentning davlat hokimiyat organlari va mahalliy o‗z - o‗zini boshqarish 
organlari bilan o‗zaro munosabatda bo‗lish tamoyillariga. 
Korporativ boshqaruvning ilg‗or uslublarini joriy qilish, shu jumladan: 
- uzoq muddatli istiqbolda rivojlanish strategiyasi va vazifalari, ichki nazorat 
tizimlari va ijro organining aksiyadorlar hamda investorlar bilan o‗zaro 
hamkorlikning samarali mexanizmlarini belgilash; 
- aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ko‗lami, tarmoq xususiyatlari va 
yo‗nalishlarini inobatga olgan holda, namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy qilish; 
- aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular tomonidan 
xalqaro standartlar asosida audit va moliyaviy hisobot axborotini chop etish ko‗zda 
tutilgan. 
YUqoridagi korporativ boshqaruv institutlari tomonidan korporativ 
munosabatlar kurib o‗tilganidan so‗ng korporativ boshqaruvni amalga oshirish 
uchun takliflar tizimi ishlab chiqildi. Buni biz qo‗yidagi jadvlda kurishimiz 
mumkin:

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish