Jami (maksimal)
5 baho
5 baho
308
IV.
GLOSSARIY
309
№
O‘zbek tilida Ingliz tilida Rus tilida
Mazmuni
1.
Moliyaviy
reja
Financial
plan
Finansoviy
plan
Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyatining
tashkil qilinishi va uning natijasi hisoblangan
foydani aks ettiruvchi asosiy hujjat bo‘lib xizmat
qiladi.
2.
Kapital
Capital
Kapital
Kapital– inson tomonidan vujudga keltirilgan
barcha ishlab chiqarish vositalari (binolar,
inshootlar, mashina va mexanizmlar, asbob va
uskunalar, xomashyo, materiallar va h.k.)
3.
Investitsiya
Investment
Investitsiya
Asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va
ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini
kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi
ko‘rinishidir. U pul mablag’lari, bank kreditlari,
aksiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko‘rinishida
amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko‘rinishidagi
investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul
mablag’lariga sotib olish mumkin bo‘lgan
investitsion resurslar
real investitsiya deyiladi.
4.
Rentabellik
Profitable
Rentadelniy
Olingan foyda summasining sarf qilingan
mablag’larga yoki realizatsiya qilingan
mahsulotning hajmiga nisbati bilan aniqlanadi.
5.
Inflyatsiya
riski
Inflation
risk
Inflyachionni
y risk
Pulning real sotib olish qobiliyatining pasayishi
bilan korxonalar yo‘qotishlarga uchraydi.
6.
Birja riski
Exchange
risk
Birjavoy risk
Bu birja bitimlari orqali yo‘qotishlarga olib
keladigan risklar tushuiniladi.
7.
Moliyaviymu
nosabatlar
Financial
attitude
Finansovie
otnosheniya
Davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxona va
tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o‘rtasida pul
mablag’lari fondlarining harakati bilan bog’liq
holda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar
majmui.
8.
Korporativ
moliya
Sorporate
finance
Korporativn
ie finansi
Korporatsiya ixtiyoridagi pul resurslari fondini
tashkil qilish va ulardan takror ishlab chiqarish,
rag’batlantirish va jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlarini
qondirish maqsadlarida foydalanishdagi pul
munosabatlarining yig`indisidir
9.
Ishlabchiqari
sh
Manufactur
e
Proizvodstvo
Bu kishilarning iste’moli uchun zarur bo‘lgan
iqtisodiy ne’matlarni yaratishga qaratilgan
maqsadga muvofiq faoliyatdir. Iqtisodiy ne’matlar
yaratish, turli xizmatlar ko‘rsatish jarayoni kishilar
faoliyatining asosiy tomoni, chunki bu jarayonda
kishilar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlar boshqa
hamma sohalarda – ayirboshlash, taqsimot va
iste’mol sohalarida ro‘y beradigan
munosabatlarning xususiyatlarini va yo‘nalishini
belgilab beradi. Ma’lumki, har qanday ishlab
chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir
yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor
narsalarning ko‘rinishini o‘zining iste’moli uchun
muvofiq holga keltirishga qilingan faoliyatdan
iboratdir. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng
avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari
bilan hamda bir-birlari bilan o‘zaro ma’lum
munosabatda bo‘ladilar. Ishlab chiqarish jarayonida
310
bo‘ladigan bu munosabatlarning xarakterini,
shakllarini va xususiyatlarini o‘rganish va ularni
bilgan holda ishlab chiqarishni ongli tashkil etish
oliy maqsadga, ya’ni cheklangan iqtisodiy
resurslardan unumli foydalanilgan holda
kishilarning o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish
maqsadiga erishishning birdan-bir yo‘lidir. Moddiy
ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar
ko‘rsatishning ichki qonuniyatlari va uning
rivojlanish xususiyatlari ko‘pgina iqtisodchi olimlar
tomonidan ko‘rsatib berilgan. Ular mehnat kishilar
yashashining umumiy asosidir deb ta’riflaydilar.
Demak, mehnat iste’mol qiymatlarini yaratuvchi
sifatida, foydali mehnat sifatida kishilarning
yashashi uchun hech qanday ijtimoiy shakllarga
bog’liq bo‘lmagan holda abadiy tabiiy zaruriyatdir.
Mehnat bo‘lmaganda kishi bilan tabiat o‘rtasida
modda almashinuvi ham mumkin bo‘lmas edi.
10.
Ish haqi
Salary
Zarplata
Ish haqining mazmunini to‘g’ri tushunib olish
uchun eng avvalo yaratilgan milliy mahsulotning
taqsimlanish tartibi to‘g’risida tasavvurga ega
bo‘lish lozim. Mamlakatda ishlab chiqarilgan
mahsulotning (tovar va xizmatlarning) taqsimlanish
tamoyillari bo‘yicha turlicha nazariyalar mavjud.
Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarning
ko‘pchiligida «uch omil» deb nomlanuvchi nazariya
keng tarqalgan. Bu nazariyaning asoschilaridan biri
fransuz olimi J.B.Sey «ishlab chiqarishning uch
omili» degan g’oyani ilgari surib, unda tovarlarni
ishlab chiqarishda mehnat, yer va kapital bab-
baravar qatnashadi, ular hamma daromadlar
manbaidir va binobarin daromadlar ham shu omillar
o‘rtasida taqsimlanadi, deb ko‘rsatadi. Uning bu
g’oyasi amerikalik iqtisodchi olim J.B.Klarkning
qo‘shilgan omil (so‘nggi qo‘shilgan kapital yoki
ishchi kuchi) unumdorligi degan g’oyasiga asos
bo‘lib xizmat qiladi. Klark o‘zining «Boyliklarning
taqsimlanishi» nomli asarida yaratilgan boylik
uchala omil o‘rtasida ularning har biri yaratgan
mahsulot miqdoriga (ya’ni unumdorligiga) qarab
taqsimlanadi, deb ko‘rsatdi.
11.
Opsion
Option
Optsii
Shartnoma (qimmatbaho qog’oz) bo‘lib, xaridorga
ma’lum bir qimmatbaho qog’oz yoki tovarni
belgilangan muddatdan so‘ng yoki ma’lum bir davr
ichida
qat’iy
belgilangan narxlarda sotib olish yoki
sotish huquqini beradi.
12.
Fyuchers
Futures
Fyuchersi
Qimmatbaho qog’ozlarni, valyuta yoki tovarlarni
belgilangan narx va kelajakdagi belgilangan
muddatda sotish yoki sotib olish borasidagi
bajarilishi majbur bo‘lgan qisqa muddatli standart
shartnomalardir.
13.
Forvard kursi Forward
exchange
rate
Forvardniy
valyutniy
kurs
Asosiy qarz summasining ma’lum bir o‘zgarmas
qismiga nisbatan belgilangan vaqtda to‘lanadigan
foiz stavkasining hajmi to‘g’risida kelishuv bo‘lib,
u o‘sha kundagi foiz stavkasidan past yoki yuqori
bo‘lishi mumkin.
14.
Svop
Swap
Svop
Savdo qoidalariga amal qilgan holda bitta qarzni
311
to‘lash bo‘yicha ma’lum bir muddat o‘tgandan
so‘ng shartlarni o‘zgartirish bo‘yicha bitim.
15.
Soliq
Tax
Nalog
Jamiyatda vujudga keltirilgan sof daromadning bir
qismini byyudjetga jalb qilish shakli.
16.
Kredit
Credit
Kredit
Iqtisodiy adabiyotlarda “kredit” so‘zi lotincha
Do'stlaringiz bilan baham: |