O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


II. Tavsiya etiladigan adabiyotlar



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

 
II. Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
Adabiyotlar ro`yhati ma`ruzachi tomonidan har bir mavzu bo`yicha quyidagi 
tartibda tavsiya etiladi:
1.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari. 
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari. 
3.
Asosiy adabiyotlar 
4.
Qo‘shimcha adabiyotlar 
5.
Internet saytlari. 
 
III. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakllari 
 
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:
ilmiy loyiha yozish hamda ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmada keltirilgan 
topshiriqlarni bajarish.
Talabalarning iqtisodiy fanlardan mustaqil ta’limning muhim tarkibiy qismi 
sifatida “
Ilmiy loyiha”
yozish borgan sari keng tadbiq etilmoqda. Ilmiy loyihani 
talabalarning ilmiy ish yozishi, tadqiqot o‘tkazishini dastlabki shakli sifatida 
ko‘rish mumkin. 
Ilmiy loyiha (lotincha refero- axborot beryapman) — biror ilmiy asar, 
o‘qilgan kitob, maqola kabilar mazmunining qisqacha yozma yoki og’zaki bayoni, 
o‘rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqidagi axborot, tegishli adabiyot va boshqa 
manbalar obzorini o‘z ichiga olgan ma’lum mavzudagi doklad. 
Ilmiy loyiha odatda, ilmiy axborot vazifasini o‘taydi. Unda muayyan mavzu 
bilan birgalikda, tegishli ilmiy nazariyalar, xulosalar yoritilishi va tanqid qilinishi 
mumkin. Ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlarida ilmiy dokladlar 
sifatidagi «Ilmiy loyiha»lar keng tarqalgan. Odatda talabalarning seminar 
mashg’ulotlariga tayyorlab keladigan maxsus axborotlari ham «Ilmiy loyiha» 
deyiladi.
Ilmiy loyiha yozish orqali talaba ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni, statistik 
ma’lumotlar va boshqa materiallarni to‘plash, ularni qayta ishlash, ya’ni hisob- 
kitob qilish, tahlil qilish, o‘rganilayotgan hodisalarga tanqidiy ko‘z bilan qarashni, 
baholashni, nazariyani amaliyot bilan bog’lashni o‘rganadi. 
Ilmiy loyiha mustaqil yozilib, uni yozish qoidalariga amal qilinsa, darslik 
bo‘yicha savolga tayyorlanib kelib, seminar darslarda so‘zga chiqishga qaraganda 
ko`proq foyda beradi. Talaba «Ilmiy loyiha»da bildirgan o‘z fikrini auditoriya 
oldida himoya qila olishi kerak. 
Mustaqil ta’lim “Ilmiy loyiha” tarzida qo‘lyozma holatida tayyorlanadi. Unda 
titul varag’i, reja, asosiy matn va adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. 
Mustaqil ta’limning bajarilishida talaba bu ishga ijodiy yondashmog’i kerak. 


297 
Talabalar fanni mustaqil o‘zlashtirishlari uchun quyidagi talablar qo‘yilgan: 
-
bir mavzuni yoritishda talaba faqatgina ilmiy adabiyotlardan emas, balki
ilmiy maqolalar, ham axborot vositalari, ham internet tarmoqlaridan birgalikda 
foydalanishi lozim; 
-
o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha rivojlangan davlatlar tajribalari qay 
darajada ekanligiga e’tibor berilishi lozim;
-
Ilmiy loyiha reja asosida va talab darajasida tayyorlangan bo‘lib, har bir 
reja bo‘yicha talaba o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishi shart; 
-
mavzuni yoritishda keltirilgan statistik ma’lumotlar aniq va to‘g’riligiga 
ishonch hosil qilish uchun manbasi ko‘rsatilishi shart; 
-
mustaqil ta’lim yozma ish tarzda bayon etiladigan bo‘lsa, qo‘lyozma 
holatida (konspekt) 10-15 betni tashkil qilishi kerak.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmada keltirilgan 
topshiriqlar bajariladi. 
Yuqoridagilardan tashqari, fan mazmunini boyitish va ma’lumotlarini 
yangilab borishda axborot resurslaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish; fanning 
mazmunini yanada takomillashtirish maqsadida tavsiya etilgan chet el 
adabiyotlari ma’lumotlarini tarjima qilish va fanni chuqurroq o‘rganish; 
talabalar fanni mukammal o‘zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid 
muammolarni hal qilish yo‘llarini izlab topish va muammolarni maqolalar 
orqali yoritishlar ham kiradi. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish