Research and publications


ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK



Download 10,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/217
Sana23.07.2022
Hajmi10,45 Mb.
#841807
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   217
Bog'liq
“TA’LIM FIDOYILARI” JURNALI. 4-SON

ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. 
MAQSUD SHAYXZODANING “MIRZO ULUG‟BEK “ DRAMASI TAHLILI. 
Mustafoyeva Marhabo Nurillayevna 
Navoiy viloyati Xatirchi tumani 
2-sonli umumta‟lim maktabi 
“Ona tili va adabiyot” fani o‟qituvchisi 
Annotyatsiya:
Mazkur maqolada adabiyot darslarida zamonaviy pedagogik 
texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati xususida so‘z boradi.Bundan tashqari 
M.Shayxzodaning ―Mirzo Ulug‘bek‖ dramasi tahlilida pedagogic texnologiyalardan 
foydalanish orqali o‘quvchiga asarning asl mohiyatini tushuntirishga qaratilgan. 
Kalit so‟zlar:
zamonaviy pedagogic texnologiyalari, drama, tahlil 
Adabiyot boshqa fanlardan farq qilib, san‘at sifatida inson ruhiyati, his tuyg‗ulari, 
taffakurini, ma‘naviy dunyosini boyitishda eng kuchli vosita bo‗lib xizmat qiladi. 
Aynan adabiy ta‘lim o‗quvchilarni his-tuyg‗ulari orqali bilishga, tafakkur qilishga,
go‗zallikni ko‗ra olishga, dunyoga bo‗lgan munosabatini shakllantirishga imkon 
yaratadi.
Adabiyotda asar qahramonlarini ijobiy va salbiyga ajratish to‗g‗ri emas. Chunki
hayotiy tajribasi o‗sgan muhiti va boshqa ko‗plab omillarga ko‗ra o‗qituvchiga
ijobiy tuyulgan qahramon o‗quvchiga salbiy ko‗rinishi mumkin. Hayotning
o‗zida ham odamlarni yaxshi-yomonga bu xilda ajratib bo‗lmaydi. Bolalar 
qahramonlarning har birida alohida insonni ko‗rishlari, ular tabiatini o‗rganib
odamga xos yaxshi-yomon sifatlarni o‗zlaricha kashf etishlari lozim. O‗quvchilar 


209 
eng ideal qahramonni ham xatosini, qusurlarini ko‗ra olishlari, umuman, har bir
obrazning yaxshi-yomon tomonlarini o‗zlari kashf etishlari, tanlagan yo‗li qanday
sabab, oqibatlarga olib kelganligini o‗zlari tahlil qilishlari lozim. Nemis faylasufi,
pedagog olim V.O.Disterverk «Noqobil o‗qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi,
qo‗yadi, yaxshisi esa uni topishga o‗rgatadi», deb aytadi, Shu jihatdan ham
adabiyot darslarida o‗qituvchi o‗quvchilarga o‗z xulosalarini singdirishi mumkin 
emas. Balki haqiqatni izlashga, topishga, o‗z qarashlari, fikr-mulohazalari,
e‘tirozlari bo‗lishiga undashi lozim. Buning uchun bolalarni amaliy faoliyatga 
yo‗naltirish, obrazga kirish, teatrlashgan kichik sahnalar qo‗yish, bahs-munozaralar
uyushtirish, savollar qo‗ya olish o‗z fikrni erkin ifodalash va shu bilan birga
bahs-munozara yuritish madaniyatini egallashlariga imkon berishi kerak.Bunda 
albatta zamonaviy pedagogic texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati juda 
muhim.
Zamonaviy texnologiyalarning juda ko‗p turlari mavjud. Bu usullardan o‗quvchi 
yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish mumkin. 8-sinflarda 
«Aqliy hujum», «Kichik guruhlarda ishlash», «Kubiklar», «Sinkveyn», «B.B.B. (Bilar
edim. Bilishni xohlayman. Bilib oldim)», «Menga oxirgi so‗zni bering» kabi 
usullaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Yuqori sinflarda ta‘kidlangan usullar
bilan birgalikda «Tanqidiy tafakkur», «Debatlar (yozma va og‗zaki)», «Nuqtai
nazaring bo‗lsin», «Har kimga har kim o‗rgatadi», «Bumerang», «Insert»,
«Klaster» ,«Loyiha», «Venn diagrammasi», «Blits-so‗rov» usullaridan o‗rinli
foydalanish yuqori samara beradi, o‗quvchilarning shaxs sifatida shakllanishini,
har qanday hodisaga o‗z nuqtai nazaridan yondashishini erkin fikrlovchi inson
bo‗lishini ta‘minlashga ko‗maklashadi.


210 
Adabiyot o‗qituvchilari badiiy asar tahlilining rang-barang usullaridan foydalana
olishlari kerak. O‗qituvchi muayyan asar tahlili yuzasidan sinfdagi barcha
o‗quvchilarning bir xil xulosa chiqarishiga intilmasligi lozim. Ayni bir badiiy
hodisadan o‗quvchilarning turlicha estetik-axloqiy ma‘no topishlariga imkon berish 
kerak. O‗qituvchi biror badiiy asarni tahlil qilishda muayyan sinfdagi o‗quvchilarning
rivojlanish darajalari, ruhiy holatlari, shuningdek, asarning ta‘sirchanlik 
xususiyatlarini hisobga olgan holda, ish ko‗rishi zarur. Tahlilda asosiy e‘tibor asarning
estetik qimmatini ko‗rsatishga, asar badiiyligini ta‘minlagan omillarni idrok
etishiga qaratilishi lozim. Puxta va chuqur estetik tahlilgina o‗rganilayotgan 
asarning o‗quvchilar hissiyotiga ta‘sirini ta‘minlaydi.
Maqsud Shayxzoda o‗zbek adabiyotining rivojlanishiga munosib hissa qo‗shgan
ulkan so‗z san‘atkori. Uning baland qoyalardan oqayotgan sharsharadek
jo‗shqin she‘riyati, mavjlanib oqayotgan katta daryodek hayotbaxsh dostonlari,
shifobaxsh buloqlar singari ta‘mi tilingizda qoladigan dramalari o‗zbek adabiyoti 
xazinasidan munosib o‗rin olgan.
Maqsud Ma‘sumbek o‗g‗li Shayxzoda 1908-yil 7-noyabrda Ozarboyjonning Ganja
viloyatiga qarashli Oqtosh shahrida shifokor oilasida tug‗ildi.Maqsud 
Shayxzodaning dramaturgiyadagi ilk qadami 20-yillarda boshlangan.
Urush yillarida tarixiy mavzudagi "Jaloliddin Manguberdi" dramasini yaratdi. 
Bundan keyin Shayxzoda tariximizning yana bir yorug‗ yulduzi Mirzo Ulug‗bek
faoliyatini chuqur o‗rganishga kirishdi. Ulug‗bek merosini va uning to‗g‗risidagi 
tarixiy asarlarni o‗rgangani sayin yangi asarning loyihasi shakllana nboshladi. Besh
parda yigirma ikki ko‗rinishdan iborat bu tarixiy fojea o‗zbek adabiyotidagi eng 
yetuk tragediya hisoblanadi.


211 
O‗zbek xalqi tarixining yorug‗ yulduzi, buyuk munajjim, ma‘rifaparvar olim
Muhammad Tarag‗ay ibn Shohruh – Ulug‗bekka bag‗ishlangan bu drama 1964-
yilda yaratilgan. Ulug‗bek o‗n besh yoshidan boshlab qirq yil saltanatni 
boshqardi, o‗z qo‗l ostidagi mamlakatda nisbatan osoyishtalik va adolatni barqaror 
etdi. O‗zbek xalqi tarixida Ulug‗bek faqat "xaloyiqning ahvolini" yaxshilashni 
burchi deb bilgan fuqaroparvar podshohgina emas, ayni paytda "shohlikni 
ma‘rifatga dastyor" qilishni orzu etgan mutafakkir hamdir. Mana shu istagini 
amalga oshirishda Ulug‗bek o‗z zamonasi bilan to‗qnash keldi. Mutaasib 
dindorlar Ulug‗bekning koinotni tadqiq etishini "kofirlik" deb bildilar va unga 
qarshi chiqdilar. U o‗z qo‗li bilan rasadxona qurdirdi. 1002 ta yulduzning 
joylashish o‗rnini belgilab chiqdi, zij tuzdi, o‗nlab iqtidorli va fidoyi shogirdlar 
tayyorladi. Ma‘lum bo‗lishicha, Ulug‗bek tayyorlagan jadval G.Galileyning 
jadvalidan sekundlarga farq qilar ekan, xolos. Ulug‗bek o‗zi olim bo‗lganligidan 
ilmning qudratiga yuqori baho beradi.
Ulug‘bekning uch o‗g‗li bo‘lib, Abdurahmon ismli o‗g‗li o‗n ikki yoshida o‗lgan.
Qolganlarining kattasi Abdullatif, kichigi Abdullaziz edi. Ulug‗bek jismoniy majruh 
bo‗lgan Abdulazizga ko‗proq mehr ko‗rsatar, uning ko‗nglini ko‗tarishga harakat qilar 
edi. Sayyid Obid kabi Ulug‗bekning dushmanlari mana shu masalada ham 
foydalanadilar. Abdullatifni Ulug‗bekka qarshi qo‗yadilar. Adullatifning xudbinligi,
otasi o‗lmay turib taxtga o‗tirishga bo‗lgan ishtiyoqi, o‗zicha soliqlar undirishi
otasi bilan to‗qnashishga sabab bo‗ladi. Ulug‗bek uni taxt vorisligidan mahrum
qiladi. Shundan boshlab Ulug‗bek va Abdullatif o‗rtasidagi munosabatlar 
dushmanlik ruhini oladi. Feruzaga tuhmat uyushtirish, otasiga qarshi qo‗zg‗olon
ko‗tarish, ota taxtini egallash, nihoyat, otasini o‗limga hukm qilish Abdullatifning 
naqadar tuban shaxs ekanini ko‗rsatadi.


212 
Ulug‗bek xarakterini tushuntirishda o‗qituvchi quyidagi masalaga ham to‗xtalib
o‗tishi zarur. Tragediyadagi Sakkokiy, Berdiyor, Shayxulislom Burhoniddin,
Firuza, Ali Qushchi singari obrazlar Ulug‗bek xarakterini to‗ldirishga,, uning 
xarakteridagi ma‘lum qirralarni ochishga xizmat qilgan. Maqsud Shayxzoda
xarakterlarni ochish uchun qarama-qarshilikning xarakterlararo kurash shaklini 
tanlagan. Ulug‗bek, Ali Qushchi, Sakkokiy singari ijobiy xarakterlar bilan Xo‗ja 
Ahror, Sayid Obid, Abdullatif, Qozi Miskin singari salbiy xarakterlar o‗rtasidagi
kurash tragediyada dramatik harakatni yuzaga keltiradi.
Adib tasvirida tarixiy haqiqat va uning badiiy ifodasi juda ishonarli chiqqan. Ulug‗bek 
davrida Amir Temur shakllantirgan juda kuchli davlat parchalanib ketdi. 
Temuriyzodalar bobolari qoldirgan vasiyatlarga amal qilmadilar. Toju-taxt 
talashishlar oqibatida mamlakat inqirozga yuz tutdi. Fojea Mirzo Ulug‗bekning
o‗limi bilan tugaydi, biroq o‗quvchi bu manzaralardan tushkunlikka tushmaydi. 
Aksincha, buyuk olim ishlarining davom etishiga ishonadi. Abdullatif kabi
padarkush g‗alamislarning umri qisqa ekanligiga imon keltiradi. Dramada
adibning sahna asari yaratish bobidagi mahorati tufayli Ulug‗bek yashagan davr
kishilar hayoti aniq, jonli,
jozibador, eng muhimi ishonarli chiqqan. Bu asardagi har bir so‗zga, manzaraga, sahna 
jihozlariga ishonasiz, uni qalban his etasiz, go‗yo o‗zingizni shu voqealar ichida
yurgandek sezasiz. Shu ma‘noda «Mirzo Ulug‗bek» dramasini Vatanimiz tarixini
eng hasratli davridan hikoya qiluvchi mukammal sahna asari sifatida har qancha 
o‗qib o‗rgansak arziydi.
M.Shayxzodaning «Mirzo Ulug‗bek»,» pyesasini sinchiklab tahlildan o‗tkazsak,
dramaturgning inson xarakteri va taqdirini sahna tili bilan badiiy ifodalab
berishda katta mahorat va tajribaga ega ekanligining guvohi bo‗lamiz.


213 
«Mirzo Ulug‗bek» pyesasi ko‗p qatlamli, ko‗p qirrali, chuqur mohiyatli romantik
kolliziyalarga boy asardir. Bu asarda yaratilgan Mirzo Ulug‗bek obrazi temir 
irodali, yuksak e‘tiqodli shaxs timsoli.
Mirzo Ulug‗bek – Amir Temurning suyukli nabirasi, ya‘ni to‗rtinchi o‗g‗li 
Shohruhmirzoning farzandi, u bobosi Temurning barcha yurishlarida ishtirok 
etgan. Buyuk olim va hukumdor haqida tarixiy ma‘lumotlarni ko‗plab keltirish 
mumkin. Mirzo Ulug‗bek hayotida ko‗p voqealar yuz bergan. U oliy hukumdor, 
buyuk olim sifatida ko‗p narsalarni o‗z boshidan kechirgan. Bularni besh pardali 
tarixiy fojeaga sig‗dirib bo‗lmasligini bilgan M.Shayxzoda ushbu asarga asosan 
ikki yo‗nalishdagi voqealarni, ya‘ni saroy ixtiloflari va buyuk olim olib borgan 
ilmiy izlanishlarni yoritishga jazm qilgan. Adib Mirzo Ulug‗bekni bir tomondan, 
qattiqqo‗l butun Xurosonni o‗z qo‗lida saqlab qolish uchun har qanday chorani 
ko‗rishga tayyor hukmdor sifatida, ikkinchi tomondan, ilm-fanning jonkuyari, 
jahonshumul kashfiyotlar qilgan olim, fan ahlini jonidan ortiq ko‗radigan, biroq 
saroydagi fisq-fasod, ig‗vo ishlari oldida ojiz birinson sifatida tasvirlaydi.
Asarda ma‘rifatni ulug‗lash, xalqparvarlik, ezgulik tantanasiga ishonch singari 
g‗oyalar ilgari surilgan. M.Shayxzoda ana shu g‗oyalarni amalga oshirish uchun
o‗zbek xalqi tarixida muhim rol o‗ynagan olim, mutafakkir, adolatli
hukmdor Mirzo Ulug‗bek hayotining so‗nggi yillarida ro‗y bergan shiddatli va 
dramatizmga boy tarixiy voqealarni asarga mavzu qilib olgan.
Fojeadagi obrazlar markazida Ulug‗bek xarakteri turadi. O‗qituvchi Ulug‗bek 
xarakteridagi xususiyatlarni sanab, ularni tushuntirib beradi. Ulug‗bek 
xarakteridagi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: ilm bilan shug‗ullanish, 


214 
xurofot va bid‘atga qarshi kurashish, adabiyot va san‘atga mehr bilan qarash, 
yoshlar sevgisiga rahnomolik, taxt shuxratini saqlashga intilish va boshqalar.
Ulug‗bekning tarix oldidagi katta xizmati uning hukmdorlik faoliyatidan ko‗ra
ilm-fanni rivojlantirishidir. Shu ma‘noda Ulug‗bekning fan-madaniyat ravnaqi
yo‗lidagi xizmatlarining zulm-zo‗ravonlik faoliyatidan ustun ekanligiga shubha
qolmaydi. M.Shayxzoda Ulug‗bek shaxsidagi shu xususiyatlarni teran anglagan
holda o‗quvchi diqqatini ko‗proq uning ma‘rifatparvarlik faoliyatiga qaratadi. Buni 
dramadagi Mirzo Ulugbek so‗zlariadn ham anglasa bo‗ladi:
Ma‘rifatning dargohiga qo‗ydim ixlosim.
Og‗ir bo‗ldi qismat menga ortgan vazifa.
Men, sultonlar o‗rtasida bo‗ldim donishmand,
Donishmandlar tepasida sulton sanaldim.
Ma‘rifatni hukumatga qilib rahnamo,
Bu o‗lkaning yerida ham yulduzlar yoqdim.
Agar Ulug‗bekning «Ma‘rifatni hukumatga qilib rahnamo, Bu o‗lkaning yerida 
ham yulduzlar yoqdim», - degan so‗zlariga e‘tibor beradigan bo‗lsak, uning 
davlatchilik faoliyati ma‘rifatchilik asosiga qurilganiga amin bo‗lamiz. Dramada
Ulug‗bek qiyofasi uning ko‗proq asardagi boshqa obrazlar orqali ochilgan, 
masalan, Ali Qushchi, Sakkokiy, Shayxulislom Burhoniddin, Chin, Hind,
Farang, Misr, Rus elchilari bilan bo‗lgan muloqotlarida ilm-fan homiysi, buyuk 
olim, ma‘rifat fidoiysi kabi hislatlari namoyon bo‗lsa, Abdullatif mirzo, uning 
mahrami Abbos, Qozi Miskin kabi saltanat dushmanlari ig‗volariga bo‗lgan 


215 
munosabatida mutaassiblikka qarshi ashaddiy kurashgan inson sifatidagi xarakteri 
ochilgan.
Mirzo Ulug‗bek hukmdor, katta saltanat egasi bo‗lganiga qaramay, avvalo, 
insoniy fazilatlardan begona bo‗lmagan, o‗z farzandiga mehribon ota. Shundan 
bo‗lsa kerak, saltanat, ilm-fan ishlari bilan mashg‗ul bo‗lib, o‗z o‗g‗lini unga 
dushman sifatida qayrab, uni avvalo, taxtdan, so‗nghayotdan mahrum qilish uchun 
amalga oshirilgan fitnalardan bexabar bo‗lib g‗aflatda qoladi. O‗g‗li Abdullatif 
otasiga qarshi isyon ko‗taradi va uning buyrug‗i bilan Ulug‗bek qatl ettiriladi.
M.Shayxzoda XX asr adabiyoti, xususan, dramaturgiyasi taraqqiyotiga munosib
hissa qo‗shgan ijodkor. Uning asarlari bugungi kunda ham yoshlarimiz tarbiyasini
mukammallashtirishga, ularni xalq va Vatan oldida, ma‘naviy qadriyatlarimiz
oldida burchdor ekanligini his qilishga ko‗maklashuvchi omil sifatida xizmat
qiladi. Shuning uchun ham mazkur adibning asarlari respublika teatrlari 
repertuarlaridan doimiy o‗rin egallagan.
O‗zbek adabiyotining atoqli vakili Maqsud Shayxzodaning «Mirzo Ulug‗bek» 
fojiaviy asari endilikda o‗rta maktab adabiyot dasturidan mustahkam o‗rin olgan 
asarlardan biri bo‗lib qoldi.
O‗qituvchi matn ustida ishlash jarayonida asardagi o‗quvchilar tushunishi qiyin
bo‗lgan so‗zlarni lug‗at yordamida o‗quvchilar bilan birga sharhlashga harakat 
qiladi. Yuqorida aytilgan fikrlar asosida tashkil qilingan dars samaradorligi yuqori 
bo‗lishi tayin.
Asarda davrning eng dolzarb muammolaridan biri halollik, vijdon va iymon 
masalalari ishonarli tarzda ko‗tarilgan va tomoshabinlarni chuqur mulohaza orqali 
ushbu qadriyatlar asosida tarbiyalovchi g‗oyalar ilgari surilgan. Barchaga ma‘lumki,


216 
ijodiy izlanish darslari iqtidorli va ijodkor, chinakam fanimiz ixlosmandlari
bo‗lgan bolalarni kashf qiladi. Ayni vaqtda ularga ota-ona, hayot, mehnat, hunar,
odamiylikni ulug‗lash, tabiat va hayvonot dunyosini e‘zozlash, do‗stlik va 
birodarlikni qadrlashni o‗rgatadi.
Xulosa qilib aytganda, adabiyot darslarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‗rgatish 
davr talabi. Yosh avlod turli ma‘naviy-texnikaviy omillar ta‘sirida aqliy-shuuriy
jihatdan faollashib borayotganligini e‘tirof qilishimiz lozim. Ular tomonidan qabul
qilinayotgan axborotlar oqimi va sig‗imining ko‗pligi inson ma‘naviy-axloqiy
tushunchalarining oziqlanadigan manbasi adabiyot bilan ham to‗ldirilishi uchun
doimiy izlanish talab etiladi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
8-sinf Darslik 
2.
www.ziyonet.uz
 
3.
www.pedagog.uz


217 

Download 10,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish