FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Shamash S. Ya. va boshqalar. ―O‘rta maktabda fizika o‘qitish metodikasi va II
qismlar. T. 1992.
2. O‘lmasova M. X. Fizika Akademik litsey va kollejlar uchun darslik I va II
qismlar.
3. G‘aniyev A. T. va boshqalar. Fizika. Akademik litsey va kollejlar uchun
darslik. I va II qismlar. T. 2003 y.
656
"ABDULLA ORIPOV ASARLARINING TIL VA USLUB XUSUSIYATLARI"
Nozima Hasanova
filologiya fakulteti talabasi
Samarqand davlat universiteti
xasanovanozima0@gmail.com
Annotatsiya
:Ushbu maqolada buyuk shoir Abdulla Oripov she'rlarining uslubi va ulardagi o'xshatishlarning
ko'lami yoritib berilgan.
Kalit so'zlar:
uslub,o'xshatishlar,metaforik
vositalar,til xususiyatlari
O'zbek adabiyotida shunday ijodkorlar borki, ularning ijodi butun xalq qalbidan joy oladi,
xalqonaligi va cheksiz samimiyati bilan ajralib turadi.Ana shunday zabardast ijodkorlardan biri,
o'zbek she'riyatida o'z davrini yaratgan ijod egasi bu,shubhasiz, Abdulla Oripovdir.Ijodkor
asarlaridagi beadad samimiyat, tuyg'ular chinligi beixtiyor har qanday she'rxonni o'ziga asir
etadi.Abdulla Oripovning san'atkorligii shundaki,u she'rlarida voqea-hodisalarning boshqalar
ko'rmagan yoki ko'rgan bo'lsa-da payqamagan jihatlarini o'ziga xos tarzda aks ettirib beradi.Shu
sabab ham shoir uslubi go'zal va takrorlanmasdir.Ijodkor she'rlari har jihatdan yetuk va badiiy
tasvir vositalariga juda boydir.Xususan,shoir she'rlarida qo'llangan jonlantirish,tashbeh,sifatlash
va metaforalar she'rlarning o'ziga xosligini ta'minlab turadi.Ayniqsa, Abdulla Oripov ijodida
o'xshatishlar alohida ahamiyat kasb etadi.
O'xshatish narsa va hodisa hamda ularni ifodalovchi tushunchalarning nutq jarayonida ayrim
va sabablarga ko'ra yaqinligidan kelib chiqib amalga oshiriladigan subyektiv qiyoslashdir.O'xshatish
deyilganda,- ta'kidlaydi A.U.Efimov,- tasvirlanayotgan shaxslar, xarakterlarlar, voqealar,kartinalarni ko'pchilik
holatda kitobxonga yaxshi tanish bo'lgan obrazga qiyoslash tushuniladi [Karimov,1994:9].
Abdulla Oripov asarlarida o'xshatishning xilma-xil,badiiylikka boy ko'rinishlarini uchratamiz.Xususan,shoirning
"Bahor"she'ridagi:
Bu kun she'ri chiqqan shoirday dunyo,
Jilmayib qo'yadi barchaga masrur.
Temurbek gumbazin qo'ynini go'yo,
Yoritgani kabi bir lahzalik nur,[Oripov,1987:128-132]
parchada shoir dunyoni ilk bor she'ri chiqqan shoirga o'xshatadi.Bilamizki,har bir shoir o'zining she'ri
chiqqanini ko'rganda,juda quvonadi, ko'ngli shodlik,quvonchlarga to'lib-toshadi.Ya'ni shoir tasvirlaydiki,bahor
fasli kelganda dunyo she'ri chiqqan shoirdek barchaga jilmayib qaraydi.Shoir she'rlarida til, milliy til va milliy
ruh munosabati, inson qalbi va nutqi yaxlit uyg'unlikda badiiy shakllarda bayon qilinadi. Shoir she‘rlarining
657
zamondoshlari qalbidan o'rin olishi va kelajakda yashab qolish sabablaridan biri ham albatta shu omil bilan
izohlanadi.
Shoir fikrlarni rivojlantirib borib:
Dilbar kelinchakning ko'ksida g'ulu,
Zardolu shoxiga tashlar ko'z qirin.
Barg aro shu'lalar kaftlarmikan u...
Bahor tetapoya go'dakday shirin,-misralarini yozadi.
Shoirlar bahorni daraxtlar,giyohlar,turli tabiat tasviri vositalari bilan ta'riflab bersa,A.Oripov bahorni endigina
qadam bosishni o'rganayotgan mitti go'dakka o'xshatadi.Ya'ni bahor o'sha go'dakday shirin ekan.Bu fasl yosh
go'dakka o'xshatilyapti. Bundan bahor faslining yangilanish,yosharish fasli ekanligini aytmoqchi bo'ladi shoir.
Bundan tashqari shoirning "Chaqmoq"she'ridagi misralarni keltiraylik:
Bezgak tutgan misol qaltiradi ko'k,
Og'zin ochib yumdi ajdaho siyoq.
Nogoh sukunatda otilganday to'p,
Nog'orasin qoqdi momaqaldiroq[Oripov,2010:12].
Ushbu go'zal misralarda tabiat hodisasi bo'lgan chaqmoq chaqib,momaqaldiroq guldurashi tasvirlanayapti.Bu
holatni shoir bezgak tutishiga qiyoslamoqda..Bizga ma'lumki,bezgak isitma chiqarib, odamni qaltiroq holatga
soladigan yuqumli kasallikdir.Shoirning mahoratiga qoyil qolish kerakki,osmonda momaqaldiroq qaltiradi
deb shunchaki aytmasdan "bezgak tutgan misol qaltiradi ko'k" deya chiroyli tashbeh hosil qilmoqda.Bu kabi
ohoriy o'xshatishlar shoir she'rlarining badiiy qiymatini oshirib,estetik ta'sirchanligini yanada kuchaytiradi.
Shoirning "Sinov" nomli she'ridan esa:
Vafolar qilsam ham dildan,yurakdan,
Jafo bo'lib ketdi ,afsuski, ular.
O'q yegan turnadek osmon-falakdan,
Yerga qulab tushdi ne-ne tuyg'ular[Oripov,2010:10]-
kabi takrorlanmas misralar o'rin olgan.Qalbdagi qanchadan qancha tuyg'ularning parcha-parcha bo'lib sinib
ketishi o'q yegan turnaning osmondan birdan qulab tushishiga o'xshatilgan. "Ijodkor umuminsoniy dardni
shaxsiy darddek qabul qilishi yoki shaxsiy dardini umuminsoniy dard darajasiga ko'tarishi lozim, – deb yozadi
Abdulla Oripov. Shoir ushbu talabni o'z ijodiga to'la-to'kis tatbiq ham qiladi.
658
Abdulla Oripovning "Tanlangan asarlar"idan olingan "Xayrlashuv"she'rini olaylik:
Go'zal bu dunyoga kelib ketmoqlik,
Nahotki,shuncha jo'n,shunchalar oson?!
Yulduzlar shivirlar dillari dog'lik:
Yo o'zga sir bormi?Aytgil qadrdon!
Yo'q,deyman va lekin sim-sim yig'layman.
Qirq ko'zgu keladi qarshimga bot-bot,
Dilbar kunlarimni bir-bir ilg'ayman,
Misli oinaga boqqanday Farhod.
Endi qaytib kelmas u damlar sira,
Shul sabab dilda g'am,ko'zlarimda yosh.
Qoldi qaylardadir yoshlik-bokira,
Quduq tublariga cho'kkanday quyosh[Oripov,2001:10].
Ijodkor "Saylanma"sidan joy olgan bu she'r uning ijodida ajralib turadi.She'rda lirik qahramon barcha-barcha
narsalar bilan:qirlar,yiroqqa qochgan so'qmoqlar,ona tuproq bilan xayrlashadi.Ya'ni umr juda tez o'tib
ketdi.Abdulla Oripovning ushbu she'ri shoirning qirq yoshida yozilgan ekan.Shu sabab ham:
Qirq ko'zgu keladi qarshimga bot-bot,
Dilbar kunlarimni bir-bir ilg'ayman,
Misli oinaga boqqanday Farhod,-deb keltiradi."Farhod va Shirin" dostonida Farhod o'z taqdirini tilsimli
oynadan ko'rib olgan edi. Shoir ham dilbar kunlarini ilg'aganday bo'ladi.U ortga qarab o'tgan umrni eslaydi.U
damlar endi ketdi va hech qachon qaytmaydi.Go'yoki quduq tubiga quyosh cho'kib ketganday! Quduq
shunchalar chuqur ham chuqurga quyosh g'arq bo'ldi.Demak,endi hech qachon u o'z nurlarini sochmaydi.Bu
orqali shoir o'tgan kunlarning hech qachon qaytib kelmasligini isbotlamoqchi.
Shoirning chuqur falsafiy ruh, salmoqdor xalqona badiiy idrok uyg'un bo'lgan she‘riyatida poetik so'z
qo'llashida yuksak nutqiy mahoratiga ega ekani ko'rinadi.Abdulla Oripov ijodini o'rganar ekanmiz,bu kabi
betakror misralarning ko'plab guvohi bo'lamiz. Va ulardagi yangi-yangi o'xshatishlardan ayricha zavq olamiz.
Xulosa qilib aytganda,Abdulla Oripovning yorqin uslubi yosh shoirlar uchun ham dasturilamal bo'lib xizmat
qiladi,rang-barang she'rlarining badiiy qiymati yuksalsa, yuksaladiki,aslo pasaymaydi.
659
Do'stlaringiz bilan baham: |