KASBIY TALIM SIFATINI TA‟MINLASHDA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARNING IMKONIYATLARI
Azimova Shoira G‘afurovna. Qarshi davlat universiteti
Telefon:+998973101520
E-mail:azimova.sh @gmail.ru
Mazkur maqolada zamonaviy ta‘lim sharoitida o‘qitish samaradorligini ta‘minlovchi
omil sifatida modulli texnologiyalarnin mohiyati yoritilgan hamda kasbiy ta‘limda
amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: ta‘lim innovatsiyalari, innovatsion faoliyat, ta‘lim texnologiyalari,
modulli o‘qitish, modul birlik, keys.
Taraqqiyotning bugungi bosqichi ta‘lim jarayonlarini rivojlangan mamlakatlar ta‘lim
tizimidagi yutuqlarga uyg‘unlashgan holda tashkil etishni, mamlakat kelajagi va
istiqboli uchun poydevor bо‘ladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni taqozo
etmoqda.
Ijtimoiy hayotga shiddatli bilan kirib kelayotgan axborotlar oqimini tezkor
sur‘atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan
umumlashtirish, xulosalash hamda talabaga yetkazib berishni yо‘lga qо‘yish ta‘lim
tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan
muammolarni yechishda, shaxsni har tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va
malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda innovatsion ta‘lim muhim о‘rin
tutadi.
Innovatsion taʼlim texnologiyalari taʼlim jarayonining alohida qismlarini qiziqarli,
oʼziga xos tashkil etilishini taʼminlab, talabalarda oʼquv fani asoslarini oʼzlashtirishga
593
ragʼbatni yuzaga keltiradi, ularning oʼquv-bilish faoliyatini faollashtiradi. Natijada
taʼlimning sifati yaxshilanib, samaradorligi ortadi.
Zamonaviy ta‘limga xos muhim jihatlardan biri – pedagog faoliyatining innovatsion
xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Pedagogning innovatsion faoliyati uning
yangilikni qо‘llashga tayyorgarligi, novatorlik darajasi, kommunikativ qobiliyatning
rivojlanganligi va ijodkorligi bilan belgilanadi.
Ta‘lim jarayoniga innovatsion ta‘lim texnologiyalarini qо‘llash orqali uning
samaradorligiga erishish zamonaviy pedagogning innovatsion qobiliyati va
mahoratidan dalolat beradi.
Ta‘lim innovatsiyalari ta‘lim sohasi yoki о‘quv jarayonida mavjud muammoni
yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qо‘llanilib, avvalgidan ancha samarali
natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalarni о‘z ichiga oladi.
Innovatsion ta‘lim bevosita interfaol metodlar yordamida tashkil etiladi. Hozirgi
vaqtda ta‘lim tizimida innovatsion xarakterga ega bо‘lgan kо‘plab interfaol
metodlardan foydalanilmoqda. Modulli о‘qitish texnologiyasi innovatsion ta‘lim
texnologiyasining tarkibiy qismi sifatida ta‘lim jarayoniga tobora kengroq
qо‘llanilmoqda. Modulli texnologiya talabaning ta‘lim faoliyatining subyekti sifatida
mustaqil, rejali bilim о‘zlashtirishi va о‘z-о‘zini rivojlantirishida katta imkoniyatlar
yaratadigan, har bir talabaning bilish imkoniyatlarini hamda ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishga yо‘naltiradigan texnologiyalardan biridir.
Uning muhim afzalligi shundaki, о‘quv jarayonida talabalarning modullardan
tuzilgan о‘quv materiallari, modulda belgilangan tartibda qо‘yilgan vazifalarni
mustaqil bajarish, о‘z – о‘zini tekshirish va baholash, erishgan natijadan
qoniqamaganlarida, о‘qituvchining kо‘rsatmalari bilan xatolarini anglagan holda
modulni qayta о‘rganishlari uchun imkon beradi. Modulli о‘qitish texnologiyasi
quyidagi asosiy g‘oyaga asoslangan: talaba mustaqil о‘qishi kerak, о‘qituvchi esa
uning о‘qishini boshqarib borishi, tashkillashtirishi, maslahat berishi va nazorat qilishi,
talabani fikrlashga, faol bо‘lishga yо‘naltirishi lozim [1].
Modulli о‘qitishda ta‘lim jarayoni modullar asosida loyihalashtiriladi va uni tashkil
etish mexanizmi muammoli yondashuv asosida amalga oshiriladi.
594
Modul о‘z tarkibiga kirgan blokning bir qismi bо‘lib, u talabalarga kasb bо‘yicha aniq
bir malaka darajasi berishga mо‘ljallanadi. Har bir modul – talabalarga belgilangan
ishni bajarish uchun zarur bо‘lgan nazariy bilimlar va amaliy kо‘nikmalar hajmidan
iboratdir. Modul bir yoki bir necha modul birliklar (о‘quv elementlari) dan tashkil
topishi mumkin.
Modul birlik – tugallanuvchi mehnat operatsiyasi yoki ishning biror bir mantiqiy
yakullangan qismidir. Shu bilan birga u modulning tez va oson о‘zgaruvchi qismi
hamdir. Aynan mana shu xususiyat о‘quv – dasturiy hujjatlarni ilmiy – texnik
taraqqiyot va zamonaviy texnologiyasiga mos ravishda takomillashtirib borishga
imkon beradi [2].
Modulli texnologiya asosida kо‘zlangan maqsadga erishishda mavzu mazmunini
о‘zlashtirishga qaratilgan modul dasturlari alohida ahamiyat kasb etadi. Modul
dasturlari о‘zida mavzuning ilmiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadidan kelib
chiqadigan didaktik maqsadni, mashg‘ulot jarayonida bajariladigan topshiriqlarni va
ularni bajarishga oid kо‘rsatmalarni mujassamlashtiradi. Modulli dasturlar
о‘qituvchilar tomonidan tuzilib, unda modulning maqsadlari, mavzuni о‘rganish
bosqichlari, talabalar tomonidan bajariladigan о‘quv faoliyati elementlari, talabalar
bilimini nazorat qilish yо‘llari ketma – ket yoziladi. О‘quv mashg‘ulotini modul
dasturi asosida tashkil etish mavzu mazmunini muayyan ketma – ketlikda, belgilangan
maqsad va unga erishish uchun о‘qituvchi tomondan ishlab chiqilgan topshiriqlarni
mustaqil bajarish va mashg‘ulot yakunida о‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish
orqali amalga oshiriladi.
Modulli texnologiyani kasbiy ta‘limda amaliy mashg‘ulotlarda qо‘llash yaxshi samara
beradi. Mazkur ishimizda 5111000 – Kasb ta‘limi (5320900 – Yengil sanoat
buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi) yо‘nalishidagi tikuvchilik
buyumlarini tayyorlash jarayoni bosqichlari, bichish va tikish texnologiyasi haqidagi
bilimlarni о‘rgatishga mо‘ljallangan ―Tikuv buyumlari texnologiyasi‖ fanidan amaliy
mashg‘ulotlarni modulli ta‘lim asosida tashkil etishning metodik jihatlarini yoritishni
maqsad qilib qо‘ydik.
Ma‘lumki, tikuvchilik buyumlarini tayyorlash jarayonlari bir qancha bosqichdan iborat
bо‘lib, har bir amaliy mashg‘ulot buyumning biror uzeliga ishlov berish jarayonini
qamrab oladi. Amaliy mashg‘ulotlarni modulli dastur asosida tashkil etish, talabaning
595
modulda belgilangan tartibda vazifani mustaqil bajarishiga, tikish yо‘llarini texnologik
jihatdan yaxshi о‘zlashtirishiga, о‘zlashtirgan bilimlarini test yoki keys topshiriqlarini
yechish orqali aniqlash natijasida о‘z – о‘zini baholashga imkon beradi. Modulli
texnologiyaning ayni shu xususiyati zamonaviy ta‘lim oldiga qо‘yilgan asosiy maqsad
– talabani faollashtirish, ijodiy fikrlash va mustaqil ishlashi uchun zarur shart –
sharoitlarni yaratadi.
Mazkur texnologiyaning ixtisoslik fanlarini о‘qitishdagi imkoniyatlari va amaliy
samarasini e‘tiborga olgan holda, ―Qо‘l qaviqlari turlari‖ mavzusining modul
dasturini tavsiya etamiz.
―Qо‘l qaviqlari turlari‖ modulining dasturi
О‘quv faoliyatielementi (О‘FE)
Talabalar о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan о‘quv
materialiga oid topshiriqlar
Topshiriqlarni bajarish bo‘yicha kо‘rsatmalar
Baho
1- О‘FE
Maqsad: Oddiy qо‘l qaviqlari turlari va ularning tikilishini о‘rganish.
Oddiy qо‘l qaviqlari va ularni tikish usullari bilan tanishing va topshiriqlarni bajaring:
1. Tо‘g‘ri va qiya sirma qaviqni gazlama parchasiga tiking.
2. Solqi qaviqni gazlama parchasiga tiking. Qaviq namunalaridan tayyorlangan
albomdan foydalangan holda topshiriqni mustaqil bajaring.
2- О‘FE
Maqsad: Murakkab qо‘l qaviqlari turlari va ularning tikilishini о‘rganish.
Murakkab qо‘l qaviqlari va ularni tikish usullari bilan tanishing va topshiriqlarni
bajaring:
1. Iroqsimon qaviqni gazlama parchasiga tiking.
2. Halqa va tepchima qaviqni gazlama parchasiga tiking.
3. Tо‘r va puxtalama qaviqni gazlama parchasiga tiking.
Qaviq namunalaridan
tayyorlangan albomdan va tikish sxemalaridan foydalangan holda topshiriqni mustaqil
bajaring.
3- О‘FE
Maqsad: Modul dasturini yakunlash.
596
1. Modul dasturi maqsadini yana bir bor о‘qib chiqing.
2. Tayyorlagan ishlaringizni tayyor namunalar bilan taqqoslang.
3. О‘zingizni о‘quv faoliyatingizni besh balli tizimda baholang. Faoliyatingizdan
qoniqish hosil qilgan bо‘lsangiz test yoki keys topshiriqlarini bajarishga kirishing.
4. Qaysi ishingizdan qoniqmasangiz uni qaytadan bajaring.
О‘z о‘quv
faoliyatingizni tahlil qiling.
Modul dasturi maqsadiga qanchalik darajada erishilganligini aniqlash – о‘quv
jarayonining asosiy yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Har bir modul test va sinov
topshiriqlari bilan tugallanishi lozim. Bu talab, ayniqsa, bakalavriat va taʼlim oluvchi
magistratura yoʼnalishlari uchun muhim ahamiyatga ega. Zero, test va sinov
topshiriqlari bakalavr va magistlar tomonidan oʼrganilgan muayyan modul uchun
oʼrganilgan oʼquv materiali yuzasidan nazorat boʼlsa, keyingi modul uchun kirish
(boshlangʼich) nazorati sanaladi [3].
―Qо‘l qaviqlari turlari‖ mavzusi bo‘yicha talabalar faoliyatini tahlil qilish va
baholash imkoniyatini beruvchi topshiriqli -keysni quyidagicha tuzish mumkin:
Keys bayoni. Tikuv buyumlarini tayyorlashda bir necha turdagi qо‘l qaviqlaridan
foydalaniladi. Bu qaviqlar kiyim bо‘laklarini vaqtincha yoki doimiy biriktirish uchun
ishlatiladi.
Keys topshirig‘i. Qо‘l qaviqlari ichidan vaqtincha biriktirish uchun hamda doimiy
birlashtirish uchun qо‘llaniladigan turlarini ajrating.
О‘qituvchining yechimi. Kiyim bо‘laklarini vaqtincha biriktirishda sirma qaviqlar, tо‘r
va yashirin biriktirma qaviq, salqi va yolg‘on qaviqlardan foydalaniladi. Iroqsimon,
tepchima qaviqlar hamda halqa va puxtalama qaviqlar doimiy qaviqlar hisoblanadi.
Keysni yechish yuzasidan o‘qituvchi tomonidan talabalarga uslubiy koʼrsatmalar
beriladi va keys yechimini baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
Modul dasturidagi mavzularni о‘rganib, о‘z bilimini baholash uchun yuqoridagi kabi
keys topshiriqlarini bajargan talabada mustaqil ishlash, fikrlash, qaror qabul qilish,
597
izlanish, vaziyatni tahlil qilish va taqqoslash hamda о‘z – о‘zini baholash natijasida о‘z
faoliyatiga tanqidiy munosabatda bо‘lish kо‘nikmalari shakllanadi.
Ta‘lim jarayoniga modulli innovatsion yondashuv taʼlim oluvchilarning taʼlimiy
imkoniyatlarini toʼla roʼyobga chiqarishga, egallangan nazariy bilimlardan amaliyotga
samarali, faol foydalanishga hamda taʼlim oluvchilar faoliyatini real kuzatiladigan
harakatlar asosida obʼektiv baholashga imkon yaratadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kasbiy ta‘limda modulli texnologiyadan
foydalanish ta‘lim sifatini oshishini ta‘minlab, yuqori kasbiy bilim, amaliy malaka va
kо‘nikmalarga ega bо‘lgan, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga zamin
yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Avliyaqulov N.X., Musayeva N.N. Moduli o‘qitish texnologiyalari. – T., «Fan va
texnologiya», 2007
2. Yunusova D. Bo‘lajak kasbiy ta‘lim o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga
tayyorlash nazariyasi va amaliyoti. Diss.. ..dok. ped. nauk.- Toshkent, 2012.-292 b
3. Innovatsion taʼlim texnologiyalari / Muslimov N.А., Usmonboeva M.H., Sayfurov
D.M., Toʼraev А.B. – Toshkent: 2015. – 208 bet.
598
Do'stlaringiz bilan baham: |