Research and publications



Download 10,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/217
Sana23.07.2022
Hajmi10,45 Mb.
#841807
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   217
Bog'liq
“TA’LIM FIDOYILARI” JURNALI. 4-SON

 
Адабиётлар 
1.
Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши 
бўйича ―Харакатлар стратегияси‖. – Т.: ―Ўзбекистон‖, 2017 йил. 
2.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 13 сентябрь куни қабул 
қилинган ПҚ-3271 сонли ―Китоб маҳсулотларини нашр этиш ва тарқатиш тизимини 
ривожлантириш, китоб мутоааласи ва китобхонлик маданиятини ошириш ҳамда тарғиб қилиш 
бўйича комплекс чора-тадбирлар дастури тўғрисида‖ги қарори. –Т.: 2017 йил 13 сентябрь. 
3.
Амир Темур.Темур тузуклари. – Т.: Шарқ, 2003. 
4.
Абу Наср Форобий. Метафизика – Т.: Фан, 2004. 
5.
Матчонов Сафо. Ғафлат ва Жаҳолат. –Т.: Чўлпон. 2016. 
6.
Худойқулов Х.Ж. Маънавий комиллик мезонлари. – Т.: Наврўз, 2016. 


579 
TABIIY-ILMIY SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI 
Orazbekova SHaxribonu Jo„ra qizi , Kaldibekova Anargul Sotbarovna
―Ta‘lim muassasalarini boshqarish‖ magistratura mutaxassisligi 2-kurs talabasi 
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari nomzodi, professor 
Maqolada tabiiy-ilmiy savodxonlik tushunchasi maktab ta‘lim standart-lari doirasida integrativ 
tushuncha sifatida ko‗rib chiqilgan. Tabiiy-ilmiy savodxonlikka didaktik pozitsiyadan tavsif berilgan 
va tabiiy-ilmiy ta‘lim vazifalari tizimliligini ta‘minlashda tabiiy-ilmiy savodxonlikning tayanch 
funksiyasi isbotlangan. 
Kalit so‗zlar: elementar tabiiy-ilmiy savodxonlik, Funksional tabiiy-ilmiy savodxonlik, ekologik 
savodxonlik va tabiiy-ilmiy kompentetlik. 
Insoniyatning yutuqlari orasida savodxonlik inson va jamiyatning rivojla-nishida eng 
muhimlaridan biri hisoblanadi, chunki u ijtimoiy farovonlikning omilidir. "Savodxonlik" tushunchasi 
bilan boshlang‗ich savodxonlik va Funks-ional savodxonlik tushunchalarini bog‗lashadi; shu bilan 
birga, bugungi kunda zamonaviy maktablarda YUNESKO tomonidan taqdim etilgan uchta ta‘lim 
darajasi aks ettirilmoqda; yuqorida aytib o‗tilganlardan tashqari, ijtimoiy kom-petentlik darajasi 
tushunchasi ham qo‗llaniladi, bu esa tabiiy-ilmiy savodxon-likni tavsiflash uchun muhimdir. 
Maktab ta‘limining eng muhim vazifasi ijtimoiylashuv jarayonida o‗quv-chilarning ijtimoiy 
adaptatsiyasini ta‘minlashdan iborat. Ijtimoiylashuv samara-dorligi insonning ta‘lim olganlik 
darajasiga ta‘sir qiladi – bilish va amaliy fao-liyatida insonlarning moddiy va ma‘naviy mehnati 
mahsulidan foydalana bilish ko‗nikmasidan tarkib topuvchi inson sifati, ijtimoiy me‘yorlar va 
ma‘naviy qad-riyatlar bilan muvofiqlashtiriladi [1; 4; 5;]. Ta‘lim olganlik darajasi ma‘naviy va 
moddiy mehnat mahsulotlari, shaxsning maqsadlariga erishish uchun faoliyatida foydalanishi 
mumkin bo‗lgan ijtimoiy me‘yorlar va qadriyatlar doirasini aks ettiradi. Ta‘lim olganlikning 
boshlang‗ich sharti savodxonlikdir. 
Muammoni yaxlit yoritish uchun ta‘lim darajalarining qisqacha tavsifini keltirib o‗tamiz. 
Boshlang‗ich savodxonlik o‗z faoliyatida asosiy, eng yaqin maqsadlariga erishish uchun bilish 
faoliyatning asosiy usullarini (o‗qish, yozish, hisoblash, kompyuterdan foydalana olish) qo‗llash 
qobiliyati bilan tavsiflanadi. Zamonaviy DTSning metodologik asoslari shaxsni rivojlantirishning 
madaniy va tarixiy nazariyasi (L. Vigotskiy), ta‘lim mazmunining madaniy nazariyasi (M.N.Skatkin, 
V.V.Kraevskiy I.YA. Lerner) va tizimli faoliyat yondashuvi ekan, tabiiy-ilmiy predmetlari tilini 
belgilar tizimi sifatida o‗rganish haqida gapirish mumkin. 
Funksional savodxonlik darajasi insonning hayot faoliyatining turli soha-larida, faoliyatida va 
kasbida asosan amaliy bilimlarga (avvalo, qoidalarga) va ko‗nikmalarga asoslangan holda standart 
hayotiy muammolarni hal qilish qobiliyatini taqozo qiladi – eng oddiy misol algoritmga muvofiq 
harakat qilish qobiliyatidir. "Funksional savodxonlik" ta‘lim standarti quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
a) umumiy o‗quv ko‗nikmalari; b) odatiy hayotiy-ta‘limiy muammolarini hal qilish uchun bilimlar 
tizimidan amaliy foydalanishga olib keladigan "Funk-sional" fanlararo ko‗nikmalar; s) o‗quvchining 
shaharning ijtimoiy institutlari bilan o‗zaro munosabatlarda amaliy ko‗nikmalari (ijtimoiy 
texnologiyalar, ijti-moiy muloqot qobiliyatlari); d) umumiy va (yoki professional) ta‘limni davom 
ettirish uchun zarur bo‗lgan asosiy va to‗liq bilim va ko‗nikmalar. Funksional savodxonlikning bu 


580 
aspekti inson va jamiyat hayotining "texnologik bazasi" sifatida mazmun-faoliyat komponentini aks 
ettiradi. 
Funksional savodxonlikning boshqa bir tomoni ta‘lim darajasini oshirish; kasb tanlash; muayyan 
ijtimoiy-madaniy sharoitlarda hayotning xususiyatlarini tushunish; yangi ijtimoiy-madaniy muhitda 
kommunikativ faoliyatga nisbatan, ichki, psixologik tayyorlik va moyillikni belgilaydigan ehtiyojiy-
motivatsion sifatida tavsiflanadi [2; 3; 6]. 
Ta‘lim darajasi sifatida ijtimoiy kompetentlik mazmunining o‗ziga xos xususiyati nazariy 
faoliyat sohasida moddiy va ma‘naviy qadriyatlardan, bilim va ko‗nikmalarni qo‗llay bilish 
qobiliyatidir. Ushbu ta‘lim darajasi uch turga bo‗linadi: umummadaniy, kasbiy va metodologik 
kompetentlik [1].
Kompetentlik ilmiy-nazariy bilimdan baholash vositasi sifatida foydalanish ko‗nikmasi, ya‘ni 
uning metodologik ahamiyati bilan bog‗liq. SHunday qilib, ta‘limning oxirgi ikki darajasi bir-biridan 
kamida ikkita muhim xususiyatdan farq qiladi: bilimdan foydalanish darajasi va bilim turi. Kundalik 
hayotda va faoliyatda Funksional savodxonlik zarur; bu kundalik hayotning dinamikasida, uning 
"gorizontal" aloqalarida standart, tanish yoki bir nechta o‗zgartirilgan holatlardagi xatti-harakatlardir. 
Amaliy bilim nazariy faoliyatda metodologik qo‗llanma emas, bu funksiyani faqat nazariy bilim – 
qonun, nazariya, prinsip amalga oshiradi.
Ijtimoiy kompetentlik aqlning "vertikal" bo‗yicha faoliyatini talab qiladi: insonning mavjud 
bilimlari, qobiliyatlari, g‗oyalari va qadriyatlarini ilmiy bilimlarni rivojining eng yuqori turlari – 
qonunlar va nazariyalar, dunyoqarash g‗oyalari mazmuni bilan identifikatsiyalash, nisbatlash. 
Ijtimoiy kompetentlik bilimlarning tizimliligi va ularning ierarxik strukturasiga asoslangan. 
Funksional savodxonlikning muhim farqlovchi xususiyat sifatida qayd eti-shimiz lozimki, u 
ob‘ektlar va ularning funksiyalarini o‗zgartirishni talab qil-maydi (bu ko‗pincha moddiy predmetlar), 
lekin sub‘ektda ular bilan o‗zaro aloqada (masalan, tabiat, muassasalar – teatr, muzey, maktab bilan) 
adaptiv xarakterdagi ko‗nikmalarni ishlab chiqishni talab qiladi, bir vaqtning o‗zida ijtimoiy 
kompetentlik ob‘ektlarni aqliy ekspluatatsiya qilish, ularni har tomo-nlama ko‗rib chiqish uchun 
muammolarni fikriy ravishda o‗zgartirish ko‗nik-masini talab qiladi.
Rossiyalik olima L.Perminova Funksional savodxonlikni tavsiflash uchun "Funksional 
savodxonlikning minimal maydoni" tushunchasini taklif etadi, uning strukturasini tizimli va madaniy 
yondashuvlar nuqtai nazaridan asoslaydi, Funksional savodxonlik va ijtimoiy kompetentlikni 
shakllantirish texnologiya-lari o‗rtasidagi farqlarni ko‗rsatib o‗tadi [6]. 
Funksional savodxonlik xorijda [1; 4;] va MDH mamlakatlarida [2; 3;] faol o‗rganilgan. Tizimli 
va madaniy yondashuv pozitsiyasiga muvofiq Funksional savodxonlikning minimal maydoni ikki xil 
mavjudlik – moddiy va ma‘naviy mavjudlikdan tarkib topuvchi madaniyatning (M.S.Kagan) 
predmetli maydoni bilan bog‗liq sohalar: ―inson‖, ―tabiat‖, ―shahar‖, ―muassasa (tashkilot)‖, 
―ommaviy axborot vositalari (matnlar)‖, ―asboblar, modellar, texnika‖ [5] kabi sohalardan tarkib 
topadi. 
SHu bilan birga, Funksional savodxonlik tavsifida Funksional savodxon-likning muvofiq 
minimal maydonida namoyon bo‗luvchi til savodxonligi, matematik savodxonlik, ekologik 
savodxonlik, texnik savodxonlik, iqtisodiy savodxonlik va boshqalar ajratib ko‗rsatiladi. 


581 
Tabiiy-ilmiy savodxonlik shakllanishida ―tabiat‖, ―asboblar, modellar, texnika‖, ―kitob, matn‖ 
sohalari katta ahamiyatga ega. 
Inson, jamiyat, ilm-fan, iqtisod, ishlab chiqarish va madaniyat mavjudligi-ning eng muhim 
sharti – bu tabiat bilan muvofiq munosabatda bo‗lish hisob-lanadi. Maktab partasidan boshlab 
shakllantiriluvchi tabiatga nisbatan mehr bilan munosabatda bo‗lish asosida boshlang‗ich va 
Funksional savodxonlik, muvofiq ekologik savodxonlik kontekstidagi ijtimoiy kompetentlik, tabiiy-
ilmiy savodxonlik va tabiiy-ilmiy kompetentlik tushuniladi. 
―Tabiat‖ sohasini o‗zlashtirish quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 1) kundalik hayotda kuzatiladigan 
tabiat hodisalarini ilmiy tushuntirish; 2) har bir o‗quvchi egallashi lozim bo‗lgan tabiat sohasidagi 
ta‘limning umumiy darajasi (atrof-muhit qoidalarini bilish, tushunish va ularga rioya qilish) sifatidagi 
ekologik savodxonlik; 3) tabiiy ilmiy savodxonlik. Ekologik savodxonlikni shakllantirish bo‗yicha 
ishlar maktabgacha ta‘lim bosqichidan boshlab boshlang‗ich maktabda va undan keyin davom etishi 
kerak, ammo asosiy ekologik tushunchalar (yaxlit bir butun sifatidagi ekotizim, populyasiya, tur va 
boshqalar, ekologik xatti-hara-katlar qoidalari) katta sinflardaga o‗zlashtirilishi va shakllantirilishi 
kerak. Mamlakatimizda va xorijda tabiiy ilmiy ta‘lim, geografiya sohasidagi ishlar yaxshi ma‘lum 
(V.G. Razumovskiy, M.V. Rijakov, A. N. Zaxlebniy, A. A. Jurin va boshqalar).
Tabiat hodisalarini ilmiy tushuntirish biologiya, botanika, zoologiya, fizika, kimyo, 
astronomiya, tabiiy geografiya kabi fanlarning tarkibi va mazmunini o‗zlashtirish bilan bog‗liq va 
quyidagilarni nazarda tutadi: a) ushbu fanlarning tegishli tiliga - tushunchalariga ega bo‗lish; b) 
hodisalar va ilmiy faktlarni, qo-nunlarni, nazariyalarni bilish; c) ilmiy metodlarni egallash (empirik 
va nazariy); d) tabiiy ilm-fan bilimlar ahamiyatini inson va jamiyat hayotining zaruriy shart-sharoiti 
sifatida tushunish. SHunday qilib, ilmiy bilimlar faktual bilimlar (tu-shunchalar, hodisalar, faktlar, 
qoidalar; empirik usullar: kuzatish, tajriba) va konseptual bilimlar: (qonunlar, nazariyalar, prinsiplar 
universal, umumiy, max-sus; nazariy usullar: tahlil, sintez, umumlashma va boshqalar)ni o‗z ichiga 
oladi;
Ilmiy bilimlarga bilish funksiyalari: tavsiflovchi, tushuntiruvchi, prognoz-lovchi, integrativ, 
sintezlovchi, amaliy funksiyalar xosdir; ular tabiiy fanlar tizimida aniq namoyon bo‗ladi. Ilmiy 
bilimlarning bilish funksiyalarini o‗zlash-tirish uchun har qanday yoshdagi o‗quvchi uchun mos 
keladigan muayyan leksik tuzilmalar mavjud. Ekologik savodxonlik shakllanishi, birinchi navbatda, 
faktual bilimlarni o‗zlashtirish va ilmiy bilimlarning tavsiflovchi funksiyasini egallash-dir, chunki 
tushuntirish funksiyasi amaliy bilim yordamida amalga oshirilishi mumkin bo‗lsa-da, ammo uni 
amalga oshirishning to‗liqaqonliligi nazariy bilim-lar, ilmiy bilishning empirik va nazariy 
metodlariga tayanilgan holda ta‘minla-nadi. 
Tabiiy ilmiy bilimlarning to‗liq tarkibini faktual va konseptual bilimlar hamda ilmiy 
bilimlarning bilish funksiyalari o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlikda o‗zlashtirish uchta turda mavjud 
bo‗lgan tabiiy ilmiy kompetentlikni tavsiflaydi: umummadaniy kompetentlik malakasi (barcha 
umumta‘lim maktablari o‗quv-chilari uchun ―chiqishda‖ zarur bo‗luvchi), professional tabiiy-ilmiy 
kompetent-lik (tabiiy-ilmiy ta‘lim, umumta‘lim maktabidagi tabiiy-ilmiy yo‗nalish doira-sida), 
metodologik kompetentlik (bevosita kasb-hunar tanlash bilan bog‗liq muassasalar; internet; litseylar). 
SHuning uchun tabiiy-ilmiy savodxonlikning mazmunini fanlararo o‗zaro aloqalar va integrativ 
tarkibni hisobga olgan holda tabiiy ilmiy bilimlar sohasidagi bilimdonlik darajasi sifatida belgilash 
muhim. 


582 
YUqorida keltirib o‗tilgan ma‘lumotlar tabiiy-ilmiy savodxonlik ta‘lim olganlikning ekologik 
savodxonlik va tabiiy-ilmiy kompetentlik o‗rtasidagi oraliq darajasi emas, balki tabiiy ilmiy bilimlar 
sohasidagi ta‘limning asosiy, ko‗p qismli darajasi bo‗lib, tabiiy fanlarning umumiy asoslari va 
ularning integ-rativ aloqalari (fizika, kimyo, biologiya, ekologiya va boshqalar nuqtai nazari-dan 
tushuntirishlar talab etuvchi umumiy / fanlararo tushunchalar, hodisalar; qonuniyatlar, konsepsiyalar 
va nazariyalar)ni va tabiiy-ilmiy bilimlar (faktual va konseptual bilimlar, tabiiy fanlar metodlari va 
qadriyatlari ) muhim ahamiyat kasb etuvchi olamning ilmiy manzarasini shakllantirish shartlarini
chuqur tushunish (tavsiflash, tushuntirish, bashorat qilish)ni tizimli tarzda o‗zlashti-rishni 
ta‘minlaydi va ushbu bilimlar hamda boshqa fanlar – tabiiy va iqtisodiy geografiya, ekologiya, 
iqtisoddan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishni oqilona tashkillashtirish va joylashtirish imkonini 
beradi. 
Tabiiy-ilmiy savodxonlikning tarkibi qanday? Tabiat, inson hayotining kimyoviy tomoniga 
murojaat qilish, ko‗plab texnologik ishlab chiqarish va ja-rayonlar, yangi sun‘iy materiallarga 
bo‗lgan ehtiyoj keskin darajada oshib bori-shi, nazariy va yadroviy kimyo yutuqlari va boshqalar 
maktab partasidanoq o‗ziga xos xususiyati – ramziy va ontologik birlikning birligiga qaramasdan 
kimyoviy tilni tushunish zaruriyatini talab qilmoqda. SHu sababli tabiiy-ilmiy savodxonlikning 
quyidagi darajalari haqida gapirish joiz: 
1) elementar tabiiy-ilmiy savodxonlik — bu savodxonlik mazmuni elemen-tar savodxonlikning 
asosiy xususiyatlari bilan bog‗liq (bu holda – kimyoviy tilni bilish, kimyoviy matnlarni o‗qish, kimyo 
tilida yozish (kimyoviy tenglamalar) va boshqalar), yoki bilmasdan tabiiy-ilmiy savodxonlikning 
keyingi darajasini egallash imkoni bo‗lmaydigan fizika, biologiya tilini bilish;
2) tabiiy-ilmiy savodxonlik tarkibidagi Funksional savodxonlik darajasi, ya‘ni amaliy 
bilimlardan foydalanish, namuna bo‗yicha va tanish vaziyatlarda Funksional savodxonlikka xos 
bo‗lgan maxsus bilimlar ( tabiiy-ilmiy bilimlar tarkibidagi umumilmiy bilimlarni, fizika, ximiya va 
biologiya fanlari asoslari: ―atom‖, ―molekula‖, ―modda‖, ―tarkib‖, ―tuzilish‖, ―funksiya‖, ―harakat‖, 
―tezlik‖, ―dunyoning ilmiy tasviri‖ tushunchalari; qonunlarni – davriy qonun, tarkibning barqarorligi 
va boshqalarni; ilmiy tadqiqotning empirik usullari - kuzatish, eksperiment; ma‘lum bir mazmundagi 
ilmiy bilimlarning vazifalari; ilmiy tadqiqotlarning empirik usullari – kuzatish, eksperiment; 
muayyan maz-mundagi ilmiy bilimlarning funksiyalari.; umumilmiy bilim va ko‗nikmalarga ega 
bo‗lish – tashkiliy, axborot, inintellektual, kommunikativ ko‗nikmalarni egallaganlik darajasi;
3) umummadaniy tabiiy-ilmiy kompetentlik darajasi – nazariy tabiiy-ilmiy bilimlar (o‗quv 
dasturida fanlararo bog‗liqlikda o‗rganish nazarda tutilgan muvofiq fanlar qonunlar, nazariyalari, 
prinsiplari)dan nazariy tafakkur turlari (koseptual va obrazli tafakkur) ishtirok etish talab etiladigan 
masalalar (o‗zgar-gan va yangi vaziyatlar; muayyan muammolar)ni hal etishda foydalanish, tad-
qiqot, amaliy modellashtirishning bir qancha nazariy metodlaridan foydalanish; dialogda bo‗lish, 
hamkorlik qila olish, ma‘lum va yangi mazmundagi holatlarda ilmiy bilimlar funksiya-sidan 
foydalanish ko‗nikmasi; 
SHunday qilib, tabiiy-ilmiy savodxonlik darajali ifodaga ega va quyidagi-larni o‗z ichiga oladi: 
1) elementar tabiiy-ilmiy savodxonlik, 2) Funksional tabiiy-ilmiy savodxonlik, 3) ekologik 
savodxonlik va tabiiy-ilmiy kompentetlik bilan chambarchas aloqador bo‗lgan umummadaniy tabiiy-
ilmiy kompetentlik. Umummadaniy tabiiy-ilmiy kompetentlik mazmuni boshlang‗ich va o‗rta 
maktab ta‘limi uzluksizligini ta‘minlaydi. 


583 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Бранд О. Функциональная неграмотность в промышленно разви-тых странах // 
Перспек¬тивы/вопросы образования. ЮНЕСКО.1988.ғ 2. C.37-50. 
2. Вершловский С.Г., Матюшкина М.Д. Функциональная грамотность выпускников школ 
// Социс. 2007. ғ 5. С. 140-144. 
3. Гаврилюк Н.В. Преодоление функциональной неграмотности и формирование 
социаль¬ной компетентности // Социс. 2007. ғ 12. C. 105-111. 
4. Ландшеер В. Концепция «минимальной компетентности» // Перспективы. Вопросы 
образования. ЮНЕСКО. 1988. ғ 1. C. 7-32. 
5. Перминова Л.М. Дидактическая взаимосвязь школьных образова-тельных стандартов 
первого и второго поколений // Педагогика. 2010. ғ 4. С. 26-33. 
6. Перминова Л. Дидактическое обоснование формирования естест-веннонаучной 
грамотности// Отечественная и зарубежная педагогика. 2017. Т. 1, ғ 4 (41). С. 162–171. 


584 

Download 10,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish