.
Annotation:
.
Conducting practical and educational classes using interactive and
communicative methods in the education of students of special boarding schools.
Keywords
: interactive, communicative, speech, exercise, activity, self-confidence
Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,
Xanjar, olmosday bo‟lur o‟tkir
Abdulla Avloniy
Tarbiya- ijtimoiy muhim hodisa bo`lib, qaysi zamonda, qaysi makonda bo`lmasin
o`zining dolzarbligini yo`qotmaydi. Bugungi davrning asosiy talabi aqlli, tarbiyali,
shijoatli va manan yetuk kadrlar tarbiyalashdir. Bundan ko`zlangan asosiy maqsad-
hozirgi davr talablariga javob beradigan, ilmiy, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
rivojlanishni ta`minlay oladigan hamda yuksak ma`naviy va axloqiy sifatlarni
namoyon qiladigan yoshlarni yetishtirishdir. Zero o`quvchilarimiz ertangi kunimiz,
275
ertangi kelajak kadrlarimiz, ertamizni hal qiluvchi insonlar bo`lib yetishishadi. Ma`nan
yetuk insonni esa hech qanday kuch bilan zabt etib bo`lmaydi. Inson ma`naviyatini
shakllantirishda tarbiyaning alohida o`rni bor. Huddi bugun o`tqazilgan ko`chatga
qanday parvarish berilsa, ertaga huddi o`sha daraxt meva beradi. Maxsus maktab
internati tarbiyalanuvchilarini tarbiyalash umumiy o`rta ta`lim maktabidan ancha farq
qiladi. Sababi ular hayotini ko`p qismini shu maxsus maktabda o`tkazishadi. Xususan,
eshitishda nuqsoni bor bolalar maktablarida tarbiyaviy mashg`ulotlar ushbu maktab
maqsad va vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. Maxsus maktabning maqsadi va
vazifasi imkoniyati cheklangan o`quvchilarda mavjud kamchiliklarni korreksiya
qilishga qaratilgan.Ya`ni tarbiyaviy mashg`ulotlar nafaqat o`quvchini tarbiyalaydi,
balki darsda olgan bilimlarini mustahkamlaydi, muayyan o`quv fanini egallashga
o`quvchini tayyorlaydi va eng avvalo, o`quvchi nutqidagi kamchiliklarni bartaraf
etishga yordam beradi,nutqini rivojlantiradi. Bu esa tarbiyachidan katta ma`suliyat
talab etadi. Ya`ni tarbiyachida ishga daktil va imo-ishorali nutqdan to`liq foydalanishni
bilishi, dars va mshg`ulotlarning tarkibiy qismlarini anglashi, hamda pedagogik
mahorat-bilim, innovatsion yondashuv talab etadi. Jarayon o`z navbatida ma`lum
tartib, tizim va qonuniyatlarga boysunadi. Bunda bolalarning psixologik, jismoniy,
hissiy nuqsonlariga ko`ra o`ziga xos prinsiplardan ham foydalaniladi.Ta`limga
innovatsion yondashuv bu davr talabi. O`quvchilarga mavzuni tushuntirish mobaynida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta`lim resurslari va multimedia
taqdimotlari, ilgo`r pedagogik metodlardan foydalanish- zamonaviy gedagogning dars
mashg`ulotiga kreativ yondashuvidan darakdir. Tarbiyaning interfaol usuli esa
o`quvchilarning o`zaro faolligi, bilimlarining muloqot jarayonida o`zlashtirilishini,
dars mashg`ulotlarida o`zining erkin fikrini bildira olishini, kamchilik va xatolarini
bila olishini ta`minlaydigan mashq, usul va vositalar tushuniladi. Shu sababli, amaliy
mashg`ulotlarni rolli o`yinlar, bahs-munozara shaklida uyushtirish, aniq vaziyat tahlili,
276
trening, aqliy hujum kabi interfaol usullar o`quvchilarning o`zaro faolligini, muloqot
jarayonida shakllantirishni ko`zda tutib, nutq shakllanishi masalalarini amalda sinab
ko`rish mashqini nazarda tutadi. Interfaol usullardan foydalanishda o`quvchilar tezkor
fikrlashni, turli vaziyatlarni tahlil qilishni qisqa va aniq ifodalashni o`rganishadi.
O`qitishning interfaol usullari muammolarni aniqlash, ma`lumotlarni tahlil qilish,
muammolarni hal qilish uchun imkoniyatlar va chora tadbirlar topa olish, aniq
maqsadlarni rivojlantirish, suhbatdoshini eshita olish va unga mos javob bera olish
qobilyatiga ega bo`lishini taqozo etadi.
So`nggi yillarda mamlakatimizda ta`lim-tarbiya tizimining jahon andozalariga har
tomonlama mos kelishi yo`lida ulkan islohotlar olib borilmoqda. Ta`limni tarbiyadan,
tarbiyani esa ta`limdan ajratib bo`lmaydi, deyishgan dono xalqimiz. Ta`lim berish
jarayonida bilim berish o`z vazifasini bajarayotgan bir vaqtda tarbiya ham o`z
vazifasini bajarayotga bo`ladi. Oldin o`quvchilarga qonun-qoidalarga amal qilish,
odobli bo`lib kamolga yetish, birovga yaxshilik qilish ruhida tarbiyalash bilan
cheklanar edik. Ammo hozirgi zamon yoshlari gigienik tarbiya, ekologik madaniyat,
iqtisodiy bilim va huquqiy savodxonlikka ega bo`lmay turib, mustaqil hayotga qadam
qo`yishi juda qiyin. Shuning uchun ham maktab o`qituvchilari va tarbiyachilaridan
juda katta bilim, ko`nikma va malaka qolaversa, zamonaviy axborot kommunikatsiya
vositalaridan foydalanish, eng so`nggi yoshlarga va ta`limga oid habarlardan bohabar
bo`lish talab etiladi.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, har bir inson maqsadlar, orzu-niyatlar
asosidarivojlanib boradi. Mana shu ezgu orzularni amalga oshirishda yoshlarni
Vatanga muhabbat, sadoqatli, ilmli, iymon-insofli qilib tarbiyalash juda muhim.
Shunday ekan, ta`lim va tarbiyaga interfaol, kreativ va innovasion yondashuv hozirgi
277
zamon o`qituvchisining muhim vazifasi hisoblanib, zamonaviy bilimli yoshlarga mos
pedagog bo`lishni talab etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
I.A.Karimov. Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch.2008y
2.
F. Qodirova. ―Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va amaliyoti‖. 2012y
3.
Tarbiya jurnali.2010-yil 6-son.
4.
Ta`lim taraqqiyoti. 2014-yil. 4-5 son.
5.
Pedagog minbari. 2017-yil. 1-son.
6.
www.ziyonet.uz
.
278
Do'stlaringiz bilan baham: |