shaxsni ya`ni ota- ona qaynona -qaynotaning rollarini ma`suliyatini va
vazifalarini tushuntirmas ekanmiz, ayrim oilalarimizda turli xildagi
kelishmovchiliklar, ajrimlar yuzaga chiqib kelaverdi. Buning uchun mahalla,
maktab, va psixologik xizmat xodimlari bo`lmish psixologlar, dinimiz ulamolari
bilan birgalikda hamkorlikda ishlar, targ`ibotlarni amalga oshirib, bugungi yosh
oilalarni va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilarni, notinch oilalarni psixologik va
ma`naviy, tibbiy va sha`riy bilimlarini oshirishimiz zarrur deb o`ylayman.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.
Islom Karimov. “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” . – Т.: Ma`naviyat
, 2008 52б.
2.
Turmuhammedova Ozoda.” Ong osti sirlari”- T: Yangi asr avlodi 2017
7,8- b
3.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf . “Baxtiyor oila”.- “HILOL-
NASHRIYOTI” T:-2017 178 –b,
4.
Z.T.Nishonova,G.K. Alimova. “Psixologik xizmat. Psixokorreksiya” T:
“Ijod-Press” 2019
263
DAVLAT BOSHQARUVIDA AYOL-RAHBARNING XUSUSIYATLARI,
AYOL-KADRLARNI TAYYORLASHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING
TA‟SIRI
Olimova Diana Jamol qizi
Samarqand davlat chet tillar instituti
Ingliz tili-1 fakulteti talabasi
+998 99 5998655
Chindan ham, qizlarimiz – bizning kelajagimiz, millatimiz genofondini asraydigan,
munosib davom ettiradigan insonlardir va ularni jismoniy hamda ma‘naviy barkamol
etib tarbiyalash – ezgu burchimiz [1].
Shavkat Mirziyoyev
Bugun dunyo miqyosida ayol huquqlariga inson huquqlari nuqtai nazaridan baho
berish butun jahon taraqqiyparvar tafakkurida kechayotgan ijobiy o‗zgarishlar
samarasidir. Shu bois, XXI asrda barchamiz uchun demokratiya talablari, fuqarolik
jamiyati qadriyatlari hamda ayollar masalasini huquqiy tamoyillarini tushuntirib berish
va ana shu qadriyatlar hamohangligi va mutanosibligini to‗g‗ri anglab yetish
ahamiyatlidir.
Rahbar deganda, odatda, ko‗z oldimizda erkak kishining timsoli jonlanadi. Ammo
dunyo siyosati va biznes maydonida nom qozongan ayollar soni oz emas. Bugungi
kunda O‗zbekiston xotin-qizlari ham hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida
o‗zlarini to‗la namoyon etib kelmoqda. Ayollar davlat va boshqaruv idoralari, vakillik
organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik va fermerlik tarmoqlarida, ijtimoiy sohalarda
samarali mehnat qilib, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‗shib kelmoqda.
O‗zbekistonda ham ayol hokimlar soni 6 kishiga yetishi, Oliy majlis deputatlari
orasidagi ayollar soni shu bilan bir qatorda Oliy majlis Senati raisi ham aynan ayol
kishi ekanligi bundan tashqari davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1400ga yaqin
264
ayollar raxbalik qilayotganligi [2] mamlakatimizda ayol-rahbar kadrlarga yaratib
berilayotgan imkoniyatlarning kengayayotganidan dalolat beradi.
Ma‘lumki, huquqiy davlatda inson butun ijtimoiy mexanizmning markazini tashkil
etib, ushbu mexanizm uning manfaatlariga xizmat qiladi. Zero, inson manfaatlari
ta‘minlangan, huquq va erkinliklari himoyalangan davlatni huquqiy davlat deyish
mumkin. Shu o‗rinda, ayollar masalasi tahlil etilganda bir muhim narsaga alohida
urg‗u berish ham maqsadga muvofiqdir. Ya‘ni ayollar huquqlari faqat huquqiy
holatgina emas, balki siyosat, ma‘naviyat va ma‘rifat, diniy e‘tiqod, jamiyatdagi turli
o‗zgarishlar bilan ham bog‗liq jarayondir. Ayol huquqlari ko‗p qirrali, muammoli va
murakkab bo‗lib, turli zamonlarda turlicha namoyon bo‗lgan.
Qadimgi tariximizga bir nazar soladigan bo‘lsak, buyuk davlat ustunlarini ayollar
tashkil qilganligiga guvoh bo‘lamiz. Miloddan avvalgi VII – IV asrlarda O‗rta Osiyoda
ajdodlarimiz xotin-qizlarni juda hurmat qilib, ularga izzat-ikrom bilan qarashgan.
Bosqinchilarga qarshi janglarda ayollar ham erkaklar qatori safda bo‗lgan. To‗maris
ham mana shunday jasur ayollardan biri edi. Shu sabab, u haqdagi rivoyatlar
hanuzgacha el og‗zidan tushmaydi. Massagetlar nomus, adolat va erk uchun jang qilib,
bosqinchilarni yakson qiladi. Malika To‗maris ontiga sodiq qolib, dushman
podshosining boshini qon to‗la meshga soldiradi. Massagetlar va uning malikasi
dovrug‗i yon-atrofga tarqalib, uzoq yillar davomida yog‗iylar bu o‗lkalarga qadam
bosishga betlamaydi [3].
Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlarida Saroymulkxonim ko‘pincha birga
yurgan. Tarixiy manbalarning yakdillik bilan bergan ma‘lumotlariga ko‘ra, o‘ta ziyrak,
tadbirkor Saroymulkxonim salatanatni boshqarishda vujudga kelgan ayrim
muammolarni hal qilishda o‘zining oqilona maslahatlari bilan faol qatnashgan. Amir
Temur Saroymulkxonimga oshkora buysunmasa-da, biroq uning oqilona
maslahatlariga o‘zida qandaydir ehtiyoj sezib turgan [4].
Qo‗qon xoni Umarxon (hukmronligi 1810-1822)ning turmush o‗rtog‗i Nodira. O‗zbek
klassik adabiyotining vakili. Uning davrida Uvaysiy kabi shoiralar yetishdi [5].
Qo‗qonda yirik adabiy muhit vujudga keldi. Xonning davlat siyosati ishlarida o‘z
maslaxatlari, oqilona fikr va muloxazalari, yuksak aql-zakovati bilan faol qatnashgan.
Xonlikning ma‘naviy-ma‘rifiy va madaniy hayotiga, shu bilan bir qatorda ilm-fan va
adabiyotning rivojiga ulkan ulkan hissa qo‘shgan.
265
Demak tariximizdan ayonki, ajdodlarimiz ham davlat boshqaruvida ayol-rahbarlarga
yuksak ishonch bildirgan va ular ishonchni oqlashgan.
Ayol rahbarlarning o‗ziga xos xususiyatlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak;
Muloqotdagi tabiiy instinkt egalari; bugun har bir sohada malakali aloqachilarga
ehtiyoj bor va ayollar bu borada juda muvaffaqiyatlidirlar. Muloqotdagi tabiiy
instinktiga ko‗ra, ayollar erkaklarga qaraganda munosabatlarni boshqarish sohasida
ko‗proq strateg bo‗lishlari mumkin. Ushbu xususiyatlar bilan ayollar tashkiliy
madaniyatni kuchaytirish, tashkilotning obro‗sini oshirish va korporativ ijtimoiy
javobgarlik loyihalarini amalga oshirishni ta'minlaydilar.
O‗z standartlarini o‗rnatadilar; kuchli ayol yetakchilarga qaraganimizda ba'zi umumiy
xususiyatlarni ko‗ramiz: muvaffaqiyatli ayol rahbarlar o‗z standartlarini o‗rnatadilar va
bu uchun kurashadilar. Ba'zan jiddiy tanqidga duchor bo‗lishlariga qaramay,
standartlar kurashida o‗zlarini professionallarga xos tarzda tuta oladilar. Ayollar bilan
asossiz ishdan bo‗shatish kabi muammolar deyarli yo‗q. Ular ko‗proq aniqroq. Qoida
tariqasida, ular belgilangan barcha vazifalarni o‗z vaqtida bajarishga harakat qilishadi.
Ijobiy energiya – ularning hamrohi; o‗zi va o‗zgalarning kuchini oshirishga intiladigan
ayol rahbarlar hayotga rang olib kiradilar. Tartibli ovqatlanish, rang-barang kiyinish,
qahqaha otish, raqsga tushish ko‗plab ayollarga xos xususiyat bo‗lib, bu xususiyatlar
ular rahbarlik qilayotgan tashkilotning energiyasini yuqoriga ko‗taradi.
Stressga qarshi kurashda ustundirlar; hatto oilaviy muhitda ham juda ko‗p hollarda
inqiroz va keskinliklarni boshqarishga erishadilar: oila a'zolari oldida yuzaga keladigan
har qanday xavfli belgilarni oldindan sezib, ehtiyotkorlik choralarini ko‗radilar.
Ayollar sevgi, muvozanat, xavfni sezish, konstruktiv yondashuv orqali stressni oson
yenga oladilar.
Ko‗p qirralilik; Hatto farzandlari, onalik tashvishlari, uy yumushlari haqidagi suhbatlar
chog‗ida ham ishxonadagi vazifalari haqida qayg‗ura olishlari mumkin. Ayollar
yetakchilari muntazam ish uchun ko‗proq e‘tiborli, ishonchli va mas‘uliyatli. Ular
ko‗pincha erkaklar vaqtni behuda sarflash deb hisoblaydigan kichik narsalar va
nuanslarni payqashadi.
266
Yaxshi tinglovchidirlar; tabiatan mehribon ayol rahbarlar – yaxshi tinglovchilardir.
Yaxshi tinglovchi bo‗la olish esa muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega.
Ular boshqalarni tinglashlari ehtimoli ko‗proq. Ba‘zan bu faqat o‗zingizning
sezgingizning tasdig‗ini topish uchun, ba‘zida - "yukingizni" yangi bilimlar bilan
to‘ldirish uchun sodir bo‗ladi. Har holda, bu odatda e‘tibor va boshqalarning fikrlariga
hurmat sifatida qabul qilinadi.
Ayollarda rahbarlik qilish uchun shunday xususiyatlar bo‘lishiga qaramay, bugungi
kunda ayol-rahbar kadrlarni tayyorlashda ba‘zi bir nozik muammolarga duch
kelmoqdamiz. Bu muammoning mohiyati esa avvalo poydevordan boshlanadi.
Poydevor qancha mustahkam bo‗lsa bino shuncha ko‗p yashaydi. Ilmda ham xuddi
shunday — boshlang‗ich bilim qancha yaxshi egallansa, yuqori cho‗qqilar ham
shuncha tez zabt etiladi. Maqolamizdan kelib chiqib, bugungi kunda ayol-kadrlarni
tayyorlashda quyidagi muammolarni ko‘rsatib va shu o‘rinda o‘zimizning taklifimizni
ham berib o‘tmoqchimiz;
•
Maktab davridayoq kadrlar ―bo‗g‗ilmoqda‖- ya‘ni ba‘zi hududlarda qizlarning
maktabda ta‘lim olishlariga hali hamon qarshiliklar bor. Maktabni o‘qigan taqdirda
Oliy ta‘lim muassasalariga yo‘l bo‘lsin.
•
Erta turmushga berish yosh qizlarimizning bor orzu umidlarini sarobga
aylantirmoqda. Bu holatga guvoh bo‘layotgan atrofdagi iqtidorli qizlarning ham
―mening ham taqdirim shuda‖ degan salbiy fikrda o‘z iqtidorlarini qurbon
qilmoqdalar.
•
Aytaylik yaxshi kadr bo‘lib yetishdi, ishga ham joylashdi lekin ish joylarimizda
aniq ish vaqti yo‘qligi, bo‘lsa ham nomiga qog‘ozda ekanligi va oqibatda ayol
kadrlarning oilaviy muammolar kelib chiqishi, albatta ayol oilasi tinchligi uchun
karerasidan voz kechishga majbur bo'lmoqda.
Yuqorida keltirilgan muammolar hali hammasi emas. Ularga o‗xshash to‗siqlar
talaygina. Yuzaga kelayotgan ushbu muammolarni ba‘zilarini bartaraf etish mutasaddi
rahbarlar va tashkilotlar qo‘lida bo‗lsa, ba‘zilariga yillar kerak bo‗lishi mumkin.
Masalan; insonlarni dunyo qarashini o‗zgartirish, ayol kishi ham rahbrlik qila olishi,
kerak bo‗lsa ba‘zi tomonlarda erkak rahbarlardan samaraliroq natijalarga erisha
olishlari mumkinligini tushunib yetishlari kerak. Ushbu muammoli holatlarni ta‘sirini
267
kamaytirish uchun hozirgi kunda mamlakatimizda har sohada ayollarning rolini
oshirish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan juda keng imkoniyatlar
yaratilmoqda. OTMlariga kirish uchun xotin-qizlarga ajratilgan alohida o‗rinlar,
ijtimoiy himoyaga muxtoj talaba qizlarning shartnoma pullarini to‘lab berilishi
to‘g‘risidagi ko‗rsatmalar, xotin-qizlarning bandligini ta‘minlash, ularni qo‗llab-
quvvatlashga qaratilga chora-tadbirlar muhim besh tashabbusning bittasi ekanligi ham
O‗zbekistonda xotin-qizlarga bo‗lgan e‘tiborga yaqqol misol bo‗la oladi. Bu
masalalarda faqatgina davlat rahbari jon kuydirishi kerak emas, balki hamma quyidagi
rahbarlar ham vijdonan yondashib, Prezidentimiz tashabbuslarini o‗z xalqi, oilasi,
farzandi uchun kuyungandek harakatda bo‗lsa o‗ylaymizki maqsadga muvofiq
bo‗lardi.
Shunday ekan, berilayotgan imkoniyatlardan to‗g‗ri va unumli foydalanilsa,
yuqoridagi kabi muammolarni batafsil o‗rganib chiqilib yechimi qilinsa, albatta
mamlakatimiz xotin-qizlari ham yuqori malakali rahbar-kadrlar bo‗lib yetishib,
davlatimiz rivojiga o‗zlarining ulkan hissalarini qo‗shadi degan umiddamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Mirziyoev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‗iyat bilan davom ettirib yangi
bosqichga ko‗taramiz. - Toshkent: ―O‗zbekiston‖, 2018.
2.
Mirziyoev Sh. Niyati ulug‗ xalqning ishi ham ulug‗, hayoti yorug‗ va kelajagi
farovon bo‗ladi. - Toshkent: ―O‗zbekiston‖, 2019.
3.
Mirkarim Osim. To‗maris.-Toshkent: ―Yoshlar nashriyot uyi‖, 2018
4.
Xurshid Davron. Samarqand hayoli.- Toshkent: ―Kamalak‖, 1991
5.
www.ziyonet.uz
268
Do'stlaringiz bilan baham: |