Research and publications


shaxsni ya`ni ota- ona qaynona -qaynotaning rollarini ma`suliyatini va



Download 10,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/217
Sana23.07.2022
Hajmi10,45 Mb.
#841807
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   217
Bog'liq
“TA’LIM FIDOYILARI” JURNALI. 4-SON

shaxsni ya`ni ota- ona qaynona -qaynotaning rollarini ma`suliyatini va 
vazifalarini tushuntirmas ekanmiz, ayrim oilalarimizda turli xildagi 
kelishmovchiliklar, ajrimlar yuzaga chiqib kelaverdi. Buning uchun mahalla, 
maktab, va psixologik xizmat xodimlari bo`lmish psixologlar, dinimiz ulamolari 
bilan birgalikda hamkorlikda ishlar, targ`ibotlarni amalga oshirib, bugungi yosh 
oilalarni va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilarni, notinch oilalarni psixologik va 
ma`naviy, tibbiy va sha`riy bilimlarini oshirishimiz zarrur deb o`ylayman.
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 
1.
 
Islom Karimov. “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” . – Т.: Ma`naviyat 
, 2008 52б. 
2.
 
 Turmuhammedova Ozoda.” Ong osti sirlari”- T: Yangi asr avlodi 2017 
7,8- b 
3.
 
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf . “Baxtiyor oila”.- “HILOL-
NASHRIYOTI” T:-2017 178 –b, 
4.
 
Z.T.Nishonova,G.K. Alimova. “Psixologik xizmat. Psixokorreksiya” T: 
“Ijod-Press” 2019
 


263 
DAVLAT BOSHQARUVIDA AYOL-RAHBARNING XUSUSIYATLARI, 
AYOL-KADRLARNI TAYYORLASHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING 
TA‟SIRI 
Olimova Diana Jamol qizi 
Samarqand davlat chet tillar instituti
Ingliz tili-1 fakulteti talabasi 
+998 99 5998655 
Chindan ham, qizlarimiz – bizning kelajagimiz, millatimiz genofondini asraydigan, 
munosib davom ettiradigan insonlardir va ularni jismoniy hamda ma‘naviy barkamol 
etib tarbiyalash – ezgu burchimiz [1]. 
Shavkat Mirziyoyev 
Bugun dunyo miqyosida ayol huquqlariga inson huquqlari nuqtai nazaridan baho 
berish butun jahon taraqqiyparvar tafakkurida kechayotgan ijobiy o‗zgarishlar 
samarasidir. Shu bois, XXI asrda barchamiz uchun demokratiya talablari, fuqarolik 
jamiyati qadriyatlari hamda ayollar masalasini huquqiy tamoyillarini tushuntirib berish 
va ana shu qadriyatlar hamohangligi va mutanosibligini to‗g‗ri anglab yetish 
ahamiyatlidir.
Rahbar deganda, odatda, ko‗z oldimizda erkak kishining timsoli jonlanadi. Ammo 
dunyo siyosati va biznes maydonida nom qozongan ayollar soni oz emas. Bugungi 
kunda O‗zbekiston xotin-qizlari ham hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida 
o‗zlarini to‗la namoyon etib kelmoqda. Ayollar davlat va boshqaruv idoralari, vakillik 
organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik va fermerlik tarmoqlarida, ijtimoiy sohalarda 
samarali mehnat qilib, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‗shib kelmoqda. 
O‗zbekistonda ham ayol hokimlar soni 6 kishiga yetishi, Oliy majlis deputatlari 
orasidagi ayollar soni shu bilan bir qatorda Oliy majlis Senati raisi ham aynan ayol 
kishi ekanligi bundan tashqari davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1400ga yaqin 


264 
ayollar raxbalik qilayotganligi [2] mamlakatimizda ayol-rahbar kadrlarga yaratib 
berilayotgan imkoniyatlarning kengayayotganidan dalolat beradi.
Ma‘lumki, huquqiy davlatda inson butun ijtimoiy mexanizmning markazini tashkil 
etib, ushbu mexanizm uning manfaatlariga xizmat qiladi. Zero, inson manfaatlari 
ta‘minlangan, huquq va erkinliklari himoyalangan davlatni huquqiy davlat deyish 
mumkin. Shu o‗rinda, ayollar masalasi tahlil etilganda bir muhim narsaga alohida 
urg‗u berish ham maqsadga muvofiqdir. Ya‘ni ayollar huquqlari faqat huquqiy 
holatgina emas, balki siyosat, ma‘naviyat va ma‘rifat, diniy e‘tiqod, jamiyatdagi turli 
o‗zgarishlar bilan ham bog‗liq jarayondir. Ayol huquqlari ko‗p qirrali, muammoli va 
murakkab bo‗lib, turli zamonlarda turlicha namoyon bo‗lgan.
Qadimgi tariximizga bir nazar soladigan bo‘lsak, buyuk davlat ustunlarini ayollar 
tashkil qilganligiga guvoh bo‘lamiz. Miloddan avvalgi VII – IV asrlarda O‗rta Osiyoda 
ajdodlarimiz xotin-qizlarni juda hurmat qilib, ularga izzat-ikrom bilan qarashgan. 
Bosqinchilarga qarshi janglarda ayollar ham erkaklar qatori safda bo‗lgan. To‗maris 
ham mana shunday jasur ayollardan biri edi. Shu sabab, u haqdagi rivoyatlar 
hanuzgacha el og‗zidan tushmaydi. Massagetlar nomus, adolat va erk uchun jang qilib, 
bosqinchilarni yakson qiladi. Malika To‗maris ontiga sodiq qolib, dushman 
podshosining boshini qon to‗la meshga soldiradi. Massagetlar va uning malikasi 
dovrug‗i yon-atrofga tarqalib, uzoq yillar davomida yog‗iylar bu o‗lkalarga qadam 
bosishga betlamaydi [3].
Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlarida Saroymulkxonim ko‘pincha birga 
yurgan. Tarixiy manbalarning yakdillik bilan bergan ma‘lumotlariga ko‘ra, o‘ta ziyrak, 
tadbirkor Saroymulkxonim salatanatni boshqarishda vujudga kelgan ayrim 
muammolarni hal qilishda o‘zining oqilona maslahatlari bilan faol qatnashgan. Amir 
Temur Saroymulkxonimga oshkora buysunmasa-da, biroq uning oqilona 
maslahatlariga o‘zida qandaydir ehtiyoj sezib turgan [4]. 
Qo‗qon xoni Umarxon (hukmronligi 1810-1822)ning turmush o‗rtog‗i Nodira. O‗zbek 
klassik adabiyotining vakili. Uning davrida Uvaysiy kabi shoiralar yetishdi [5]. 
Qo‗qonda yirik adabiy muhit vujudga keldi. Xonning davlat siyosati ishlarida o‘z 
maslaxatlari, oqilona fikr va muloxazalari, yuksak aql-zakovati bilan faol qatnashgan. 
Xonlikning ma‘naviy-ma‘rifiy va madaniy hayotiga, shu bilan bir qatorda ilm-fan va 
adabiyotning rivojiga ulkan ulkan hissa qo‘shgan. 


265 
Demak tariximizdan ayonki, ajdodlarimiz ham davlat boshqaruvida ayol-rahbarlarga 
yuksak ishonch bildirgan va ular ishonchni oqlashgan. 
Ayol rahbarlarning o‗ziga xos xususiyatlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak; 
Muloqotdagi tabiiy instinkt egalari; bugun har bir sohada malakali aloqachilarga 
ehtiyoj bor va ayollar bu borada juda muvaffaqiyatlidirlar. Muloqotdagi tabiiy 
instinktiga ko‗ra, ayollar erkaklarga qaraganda munosabatlarni boshqarish sohasida 
ko‗proq strateg bo‗lishlari mumkin. Ushbu xususiyatlar bilan ayollar tashkiliy 
madaniyatni kuchaytirish, tashkilotning obro‗sini oshirish va korporativ ijtimoiy 
javobgarlik loyihalarini amalga oshirishni ta'minlaydilar. 
O‗z standartlarini o‗rnatadilar; kuchli ayol yetakchilarga qaraganimizda ba'zi umumiy 
xususiyatlarni ko‗ramiz: muvaffaqiyatli ayol rahbarlar o‗z standartlarini o‗rnatadilar va 
bu uchun kurashadilar. Ba'zan jiddiy tanqidga duchor bo‗lishlariga qaramay, 
standartlar kurashida o‗zlarini professionallarga xos tarzda tuta oladilar. Ayollar bilan 
asossiz ishdan bo‗shatish kabi muammolar deyarli yo‗q. Ular ko‗proq aniqroq. Qoida 
tariqasida, ular belgilangan barcha vazifalarni o‗z vaqtida bajarishga harakat qilishadi.
Ijobiy energiya – ularning hamrohi; o‗zi va o‗zgalarning kuchini oshirishga intiladigan 
ayol rahbarlar hayotga rang olib kiradilar. Tartibli ovqatlanish, rang-barang kiyinish, 
qahqaha otish, raqsga tushish ko‗plab ayollarga xos xususiyat bo‗lib, bu xususiyatlar 
ular rahbarlik qilayotgan tashkilotning energiyasini yuqoriga ko‗taradi. 
Stressga qarshi kurashda ustundirlar; hatto oilaviy muhitda ham juda ko‗p hollarda 
inqiroz va keskinliklarni boshqarishga erishadilar: oila a'zolari oldida yuzaga keladigan 
har qanday xavfli belgilarni oldindan sezib, ehtiyotkorlik choralarini ko‗radilar. 
Ayollar sevgi, muvozanat, xavfni sezish, konstruktiv yondashuv orqali stressni oson 
yenga oladilar.
Ko‗p qirralilik; Hatto farzandlari, onalik tashvishlari, uy yumushlari haqidagi suhbatlar 
chog‗ida ham ishxonadagi vazifalari haqida qayg‗ura olishlari mumkin. Ayollar 
yetakchilari muntazam ish uchun ko‗proq e‘tiborli, ishonchli va mas‘uliyatli. Ular 
ko‗pincha erkaklar vaqtni behuda sarflash deb hisoblaydigan kichik narsalar va 
nuanslarni payqashadi.


266 
Yaxshi tinglovchidirlar; tabiatan mehribon ayol rahbarlar – yaxshi tinglovchilardir. 
Yaxshi tinglovchi bo‗la olish esa muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. 
Ular boshqalarni tinglashlari ehtimoli ko‗proq. Ba‘zan bu faqat o‗zingizning 
sezgingizning tasdig‗ini topish uchun, ba‘zida - "yukingizni" yangi bilimlar bilan 
to‘ldirish uchun sodir bo‗ladi. Har holda, bu odatda e‘tibor va boshqalarning fikrlariga 
hurmat sifatida qabul qilinadi. 
Ayollarda rahbarlik qilish uchun shunday xususiyatlar bo‘lishiga qaramay, bugungi 
kunda ayol-rahbar kadrlarni tayyorlashda ba‘zi bir nozik muammolarga duch 
kelmoqdamiz. Bu muammoning mohiyati esa avvalo poydevordan boshlanadi. 
Poydevor qancha mustahkam bo‗lsa bino shuncha ko‗p yashaydi. Ilmda ham xuddi 
shunday — boshlang‗ich bilim qancha yaxshi egallansa, yuqori cho‗qqilar ham 
shuncha tez zabt etiladi. Maqolamizdan kelib chiqib, bugungi kunda ayol-kadrlarni 
tayyorlashda quyidagi muammolarni ko‘rsatib va shu o‘rinda o‘zimizning taklifimizni 
ham berib o‘tmoqchimiz; 
• 
Maktab davridayoq kadrlar ―bo‗g‗ilmoqda‖- ya‘ni ba‘zi hududlarda qizlarning 
maktabda ta‘lim olishlariga hali hamon qarshiliklar bor. Maktabni o‘qigan taqdirda 
Oliy ta‘lim muassasalariga yo‘l bo‘lsin. 
• 
Erta turmushga berish yosh qizlarimizning bor orzu umidlarini sarobga 
aylantirmoqda. Bu holatga guvoh bo‘layotgan atrofdagi iqtidorli qizlarning ham 
―mening ham taqdirim shuda‖ degan salbiy fikrda o‘z iqtidorlarini qurbon 
qilmoqdalar. 
• 
Aytaylik yaxshi kadr bo‘lib yetishdi, ishga ham joylashdi lekin ish joylarimizda 
aniq ish vaqti yo‘qligi, bo‘lsa ham nomiga qog‘ozda ekanligi va oqibatda ayol 
kadrlarning oilaviy muammolar kelib chiqishi, albatta ayol oilasi tinchligi uchun 
karerasidan voz kechishga majbur bo'lmoqda. 
Yuqorida keltirilgan muammolar hali hammasi emas. Ularga o‗xshash to‗siqlar 
talaygina. Yuzaga kelayotgan ushbu muammolarni ba‘zilarini bartaraf etish mutasaddi 
rahbarlar va tashkilotlar qo‘lida bo‗lsa, ba‘zilariga yillar kerak bo‗lishi mumkin. 
Masalan; insonlarni dunyo qarashini o‗zgartirish, ayol kishi ham rahbrlik qila olishi, 
kerak bo‗lsa ba‘zi tomonlarda erkak rahbarlardan samaraliroq natijalarga erisha 
olishlari mumkinligini tushunib yetishlari kerak. Ushbu muammoli holatlarni ta‘sirini 


267 
kamaytirish uchun hozirgi kunda mamlakatimizda har sohada ayollarning rolini 
oshirish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan juda keng imkoniyatlar 
yaratilmoqda. OTMlariga kirish uchun xotin-qizlarga ajratilgan alohida o‗rinlar, 
ijtimoiy himoyaga muxtoj talaba qizlarning shartnoma pullarini to‘lab berilishi 
to‘g‘risidagi ko‗rsatmalar, xotin-qizlarning bandligini ta‘minlash, ularni qo‗llab-
quvvatlashga qaratilga chora-tadbirlar muhim besh tashabbusning bittasi ekanligi ham 
O‗zbekistonda xotin-qizlarga bo‗lgan e‘tiborga yaqqol misol bo‗la oladi. Bu 
masalalarda faqatgina davlat rahbari jon kuydirishi kerak emas, balki hamma quyidagi 
rahbarlar ham vijdonan yondashib, Prezidentimiz tashabbuslarini o‗z xalqi, oilasi, 
farzandi uchun kuyungandek harakatda bo‗lsa o‗ylaymizki maqsadga muvofiq 
bo‗lardi. 
Shunday ekan, berilayotgan imkoniyatlardan to‗g‗ri va unumli foydalanilsa, 
yuqoridagi kabi muammolarni batafsil o‗rganib chiqilib yechimi qilinsa, albatta 
mamlakatimiz xotin-qizlari ham yuqori malakali rahbar-kadrlar bo‗lib yetishib, 
davlatimiz rivojiga o‗zlarining ulkan hissalarini qo‗shadi degan umiddamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
1. 
Mirziyoev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‗iyat bilan davom ettirib yangi 
bosqichga ko‗taramiz. - Toshkent: ―O‗zbekiston‖, 2018.
2. 
Mirziyoev Sh. Niyati ulug‗ xalqning ishi ham ulug‗, hayoti yorug‗ va kelajagi 
farovon bo‗ladi. - Toshkent: ―O‗zbekiston‖, 2019. 
3. 
Mirkarim Osim. To‗maris.-Toshkent: ―Yoshlar nashriyot uyi‖, 2018 
4. 
Xurshid Davron. Samarqand hayoli.- Toshkent: ―Kamalak‖, 1991 
5. 
www.ziyonet.uz
 


268 

Download 10,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish