Adabiyotlar ro„yxati:
1.Tolibov O‗ Pedagogik texnologiya –Toshkent.: Fan, 2015, 205 bet.
2. . Tadjiyeva Z.G‗. Matematika darslarida tarixiy materiallardan
foydalanish.-T.: 2016, 24- bet.
3.Xudoyberganov G.,Varisov A.K.,Mansurov X.T.,Shoimqulov. Matematika
o‘qitish usullari.«Voris» 2017 y.
281
MATEMATIKA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI MANTIQIY
FIKRLASHGA O'RGATISH
Ismoilov Sa‟dulla Tajiyevich
Xorazm viloyati Urganch shahridagi 6 - son ayrim fanlar chuqur o‟rganiladigan
ixtisoslashtirilgan maktab-internat matematika fani o'qituvchisi
Annotatsiya:
maqolada matematika darslarida o‘quvchilarni fikrlash faoliyatini
rivojlantirish ko‘rib chiqiladi. Bunda talaba bilim olish faoliyatini, rivojlantirish
usullarini o‘rganadi. Matematika darslarida mantiqiy fikrlashni o‘stirishda matematik
nutq muhim omil bo‘lib xizmat qilishi aytib o'tiladi. Chunki turmushda va hayotda
bo‘ladigan jarayonlarni matematik modelini tuzish uchun bu jarayon tilda aytib
tasavvur qila olish kerakligi uqtiriladi. Shu bois matematika darslarida o‘quvchilarni
mantiqiy tasavvurini rivojlantirish usullarini o‘rganiladi. Maqola mana shular haqida.
Kalit so‟zlar:
mantiqiy fikrlash, matematik nutq, arifmetik va algebraik material
O`qitish jarayonining ikki tomoni bor: o`qituvchi o`qitadi, o`quvchi o`qiydi,
o`qitishning muvaffaqqiyati faqat o‘qituvchining muvaffaqiyati faqat o‘qituvchining
ilmiy va metodik bilimdonligigagina bog‘liq bo‘lib qolmasdan , o‘quvchining bilimini
o‘zlashtirishdagi ijodiy aktivligi va mustaqilligiga ham bog‘liq, hatto mana bunday
deyish ham to‘g‘riroq bo‘ladi; o‘qituvchining ustaligini o‘z o‘quvchilarini o‘quv
jarayoniga faol ravishda jalb qila olish darajasiga qarab baholash mumkin; matematika
o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil aqliy va amaliy ishlarini tashkil qila olgan
pedagog usta pedagogdir.
Ma‘lumki matematik nutq umumiy nutqni tarkibiy qismidir. Boshqa fanlar
qatori matematik nutq ham bola nutqini rivojlantirib, uni so‘z zaxirasini oshirib
282
borishida muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham matematika darslarida bola
nutqini rivojlantirish haqidagi bitiruv malakaviy ish hozirda dolzarb mavzular sarasiga
kiradi. Matematika darslarida mantiqiy fikrlashni o‘stirishda matematik nutq muhim
omil bo‘lib xizmat qiladi. Chunki turmushda va hayotda bo‘ladigan jarayonlarni
matematik modelini tuzish uchun bu jarayonni tilda aytib tasavvur qila olish kerak.
Shu bois matematika darslarida o‘quvchilarni mantiqiy tasavvurini rivojlantirish
usullarini o‘rganiladi.
O‘rta va oliy malakali matematiklarga bo‘lgan ehtiyojning o‘sib borishi hozirgi
zamonning eng xarakterli xususiyatlaridan biridir. Agar bundan 30-40 yil ilgari
matematika o‘z kuchini faqat maktabda yoki oliy o‘quv yurtida tatbiq qila olgan
bo‘lsa, endi ular oldida va ularning electron yordamchilari oldida savdo, transport
tibbiyot, biologiya, pedagogika sohalari tadqiqot markazlarining eshiklari katta. Bu
ixtisoslarning o‘zlarida chuqurlashgan ta‘limning ahamiyati ortmoqda, yangi
muammolar qo‘ya bilish va ularning hal qilishning borishini oldindan ko‘ra bilish aniq
mantiqiy analiz qilish malakalari oshib bormoqda .
Matematikaning mantiqiy tafakkur rivojlanishi uchun qanday ahamiyatga ega
ekanligi qadim zamonlardanoq ma‘lum edi. Tafakkurning matematik stili haqida , har
qanday ixtisosdagi mutaxasislarning uni bilishi kerakligi haqida gapirar ekanmiz,
bunda mantiqiy tafakkurning yuqori sifatlari yuqori, qisqalik, tartiblanganlik hatto
kichkina bo‘lsa ham soxtalikka yo‘l qo‘ymaslik to‘la dalil keltirish va hokazolarni
tushunamiz Ko‘p kishilar bu qobiliyatlarni ko‘pchiligi til, adabiyot, tarixni o‘rganish
jarayonida ham rivojlanadi deyishlari mumkin. Har bir fan o‘quvchilarning aqliy
kuchini rivojlantirishi kerak. Lekin, mantiqiy tafakkurning shakllanishda matematika
so‘zsiz birinchi darajali ahamiyatiga egadir, chunki u soxta da‘volar bilan uzviy
kelisha olmaydi, fikrlashni haqiqatga o`xshatib ko`rsatishdan ko`ra rad qilishni afzal
283
ko`radigan noyob fanlardan biridir ana shuning uchun ham matematika
o`qituvchisining jamiyat oldida mas‘uliyati juda kattadir ahir tafakkur stil ko`p
jihatdan o`qitish stili bog`liqdir.
Har qanday matematik material xoh arifmetik, xoh algebrik materil bo‘lsin-
mantiqiy tafakkurni tarbiyalash uchun yaxshi maktabdir. O‘quvchilarning mantiqiy
fikrlari arifmetik va algebrik masalalarni yecha borgan sari o‘z-o‘zidan rivojlanaveradi
deb o‘ylash yaramaydi albatta.
Sodda masalalar kabi mantiqiy masalalar ham, bilimlarni o`zlashtirishga olingan
bilimlarni mustahkamlash va muhokamalashtirishga xizmat qiladi.
Sodda
va
mantiqiy
masalalar
bolalarning
fikrlash
qobiliyatlarini
rivojlantirishning foydali vositasi bo`lib, odatda, o`z ichiga, ‖yashirin informatsiyani‖
oladi. Bu informatsiyani qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil
murojaat qilish faktlarini taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi.
Bilishning bu usullarini o`rgatish matematika o‘qitishning muhim maqsadlaridan biri
hisoblanadi.
Agar o‘qituvchi o‘quvchilardan faqat masala yechtiradigan bo‘lsa,
o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurining rivojlanishi yuz bermasligi mumkin. Tajriba
ko‘rsatadiki, ma‘lum turdagi masalalarni rasman o‘zlashtirib olgan o‘quvchilar
masalalarning sharti bir oz o‘zgartirilganda, uning yechilishini asoslab bera olmasdan
shoshib qolishlari mumkin.
Deyarli har qanday masala sinf uchun ―mantiqiy‖ diqqat ob‘yekti bo‘lishi
mumkin, shuning uchun masalaning yechimi masaladagi ichki mexanizmning asosini
tashkil etuvchi bog‘lanishlarni tekshirishning oxiri bo‘lmay, balki bog‘lanishi bo‘ladi .
Masalalarni bunday ―mantiqiy seriyalar‖ orqali yechish haqida keyinroq so‘zlanadi.
284
Masalaga bunday yondashishning maqsadga muofiqligi shundan iboratki, bunda
andozaga o‘rin qolmaydi, o‘quvchi faol ravishda fikr yuritadi, bir-biri bilan bog‘langan
bunday masalalarni ko‘rib chiqish yechishning umumlashgan usullariga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |