O. Yusupova



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/53
Sana23.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#841487
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53
Bog'liq
O. Yusupova

 
piktografik yozuv
 
deb ataladi. Piktografik belgilari tildagi 
tovushlarni ifodalamay, balki kichik bir voqeani yoki 
tushunchani yaxlit holda bildiradi. Shuning uchun biror 
tushuncha yoki voqeani tasvirlagan piktografik yozuv alohida 
so`zlarga bo`linmaydi.
Yozuvning keyingi taraqqiyoti bosqinchilariga piktografik 
yozuvdan foydalanuvchi xalqlar jamiyat tarixi taraqqiyoti 
jararoyonida tadrijiy holda bu yozuvdan ayrim so`zlarni 
bildiradigan belgilarni qo`llashda o`ta boshlaganlar. Bu 
bosqichda ham alohida so`zni bildiruvchi ayrim rasmlar o`zi 
ifodalangan buyum va narsaning shaklidan unchalik farq 
qilmagan. Keyinchalik uzoq zamonlar o`tib borar ekan, tez 
yoyish ehtiyoji tug`ilgan va shunga muvofiq yozuv qurollari: 
bigiz, bambuk, qog`oz, qora siyoh vujudga kelib, ulardan 
foydalanishi natijasida ayrim rasmlarning o`zlari ifodalagan 
narsaga, buyumning shakliga o`xshashligi asta-sekin yo`qola 
boradi. Bu hol esa yozuvda qulayliklar tug`diradi. Yozma 
rasmlarning, ya`ni piktografik yozuvning ayrim so`zlarni 
bildiradigan alohida belgilarga aylangan shakli iyerografik 
yozuv deb ataladi. Iyeroglifik yozuv eng avval Xitoy bilan 
Misrda paydo bo`lgan. Bu yozuv alifbe yozuvining yaratilishi 
uchun zamin tayyorlab berdi. 
Yozuv taraqqiyotida bo`g‗inli yozuv ancha muhim 
o`rinni egallaydi. Bo`g`inli yozuvda ham bir bo`g`inni, butun 
bir so`zni va bir tovushni ifodalaydigan belgilar qo`llanilgan. 
Ossuriya va Vavilon mix(qoziq) yozuv ana shunday 
yozuvlardan bo`lgan. Bu yozuvda ayrim belgilar bir tovushni 
yoki butun bir bo`g`inni, ba`zi belgilar esa butun bir so`zni 
ifodalagan. Bo`g`inli yozuvning eng yaxshi namunalaridan biri 
qadimgi hind yozuvi bo`lgan devonagaridir. Bog`inli yozuv 
iyeroglif yozuvga qaraganda ancha qulay yozuvdir. 
Dastlabki alifbeli yozuv Nil daryosi vodiysiga bostirib 
kelgan giksoslar tomonidan yaratilgan. Giksoslar misrliklarning 
atoqli ismlarini yozishdagi tajribasidan foydalanganlar: ular 


43 
misrliklarning iyeroglif yozuvlaridan yigirmatasini olib, shular 
orqali o`z tilining unli va undosh tovushlarni ifodalaydigan 
alifbeni yaratganlar. Alifbe so`zi eng avval giksoslar 
qo`llashgan bo`lib, hokiz degan ma`noni bildirgan, a tovushini 
ifodalovchi belgi dastlab hokizning boshiga o`xshagan. 
Be
aslida giksoslacha 
bet 
bo`lib, 
uy
degan ma`noni ifoda etgan. 
Ana shu ikki so`zdan alifbe
 
so`zi paydo bo`lgan. Eramizdan
bir yarim ming yil ilgari giksoslar alifbesini fnikiyaliklar 
birmuncha o`zgartirib, o`z tillarining tovushlariga moslashtirib 
olishgan. Finikiyaliklarning o`sha vaqtda O`rta dengiz 
bo`yidagi mamlakatlar bilan bo`lgan savdo-sotiq ishlari ancha 
taraqqiy etgan edi. Shuning uchun ham finikiyaliklarning 
yozuvi boshqa xalqlar orasida tez tarqalib ketgan. O`sha davrda 
ko`p mamlakatlar finikiyaliklar yozuvidan foydalanib, o`z 
yozuvlarini yaratgan. 
Shunday qilb, dunyodagi ko`p tillarning tovushlarini 
ifodalovchi alifbe, ya`ni fonetik yozuvlar shu finikiyaliklarning 
yozuvi asosida vujudga kelgan. Finikiyalilarning alifbesi, 
asosan, undosh tovushlarni ifodalagan. Bu alifbe uch katta 
tarmoqqa bo`linib ketgan: birinchisi, Aramey-Suriya tarmog`i 
bo`lib, bu tarmoq Sharqqa qarab tarqalgan; ikkinchisi, Janubiy 
Arabiston tarmog`i bo`lib, u Janubga qarab tarqalgan; 
uchinchisi, yunon-Yevropa tarmog`i bo`lib, u G`arbga qarab 
tarqalgandir. Shu tarzda bugungi kun yozuvlari lotin, krill, hind 
va arab yozuvlari shakllangan. Lotin yozuvi 12-asrga kelib 
hozirgi ko‗rinishni olgan. Krill alifbosi 17-asrda aka-uka Krill 
va Mefodiylar tomonidan mukammallashtirilib, hozirgi shaklni 
olgan.
O‗rta Osiyoda eramizdan avvalgi 6-4-asrlarda oromey 
yozuvi asosida xorazmiy, baqtriy, sug‘d, sak va massagetlar 
yozuvi shakllangan bo‗lib, bu bevosita Katta Xorazm, Baqtriya, 
So‗g‗iyona kabi ilk davlatlarning, saklar, massagetlar 
birlashmalarining paydo bo ‗lishi bilan bog‘liqdir. Eramizning 
6-7 asrlarida turk hoqonligi tashkil topib, bu hoqonlikning 
yozuvi – turk-run yozuvi shakllandi. Turk-run yozuviga oid 


44 
yodgorliklar dastlab Urxun-Yenisey daryolari bo‗yidan 
topilgani sababli, bu yozuv Urxun-Yenisey yozuvlari deb 
ataldi. Bu yozuv 10-asrgacha turkiy xalqlar orasida qo‗llanildi. 
Bugungu kunda bu yozuvda yozilgan yetti yuzga yaqin 
namunalari mavjud. Eramizning 7-asrlaridan to 15 asrgacha 
bizning o‗lkada uyg‗ur yozuvi qo‗llanildi. Bu yozuv sug‗d 
yozuvi asosida shakllangan bo‗lib, arab yozuvi bilan bir davrda 
teng iste‘molda bo‗lgan yozuvdir. O‗lkamizda eng ko‗p 
qo‗llanilgan yozuv arab yozuvi bo‗lib, 8-asrdan to 1926-yilga 
qadar qo‗llanilgan. 1929-yildan 1940 yilga qadar lotin yozuvi 
va 1940- yildan krill yozuviga asoslangan o‗zbek alifbosiga 
o‗tilgan. 1993-yili 2- sentabrda lotin yozuviga asoslangan 
o‗zbek yozuviga o‗tilgan. Bu yozuvda dastlab o‗ttiz bitta harf 
va bir tutuq belgisi bo‗lib, 1995-yili 5-6-mayda yozuvga 
o‗zgartirishlar kiritilib, 26 harf, 3 ta harfiy birikma va bir tutuq 
belgisiga almashtirilgan. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish