O. Yusupova



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/53
Sana23.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#841487
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53
Bog'liq
O. Yusupova

kitob, 
kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan 
kabi.
Sintagmatik aloqa - bu qator joylashgan birliklar 
munosabatidir. Sintagmatik aloqada fonemalarning qaysi 
o‗rinda uchrashi, so‗z, morfema va bo‗g‗indagi taqsimoti 
o‗rganiladi. Sintagmatikada fonemalarni nutqda namoyon 
etuvchi tovushlar farqlanadi. Morfema va so‗zlar nutq 
tovushlari orqali shakllanadi. Chunki nutq tovushlari inson 
tilining moddiy bazasidir. Har bir tilga xos nutq tovushlari 
ma‘lum bir tizimi asosida birikib, predmet, hodisa, harakat va 
tushunchalarning nomlarini, turli grammatik qoidalarni ifodalab 
beradi.
Iyerarxik aloqada oddiy til birliklari murakkablasha 
boradi. Fonemaning ma‘lum qoidalar asosida birikuvi 
morfemaning, morfema esa leksemaning hosil bo‗lishiga olib 
keladi. Bu aloqa ma‘lum darajada tarixiylik mezoniga ega, 
ya‘ni taraqqiyot jarayonida til tizimidagi fonema, morfema, 
leksema biri ikkinchisiga o‗tishi mumkin. Eng kichik 
grammatik birlik morfema bo‗lib, morfemalardan so‗zlar 
yasaladi, so‗zlar so‗z birikmalari va gaplar qurilishida 
qatnashadi. Gapdan katta birliklar ham mavjud: murakkab 
sintaktik butunlik, abzats va matn. Til tizimi til birliklarining 
bir butunligidan iboratdir.
Tilning tuzilishi tomoni ham bor. Til tuzilishini til tizimi 
va til me‘yoridan farqlash lozim. Til tuzilishi muayyan davrda 
qo‗llanayotgan real tizimlardir. Til tuzilishi tildagi ko‗pqirrali 
unsurlarning bir butunlik doirasidagi birligidir. Til tuzilishida 
til tizimidagi imkoniyatlar amalga oshadi. Masalan, o‗zbek 
tilining tuzilishi bu tildagi mavjud fonema, morfema, sintaktik 
qurilmalar 
yig‗indisi va ushbu vositalarning o‗zaro 
munosabatidan iboratdir.
Til tuzilishi har qanday tilning asosi bo‗lib, u nutqda turli 
darajada yuzaga chiqadi, namoyon bo‗ladi. Konkret nutqiy 
jarayonlarda aniq namoyon buluvchi hodisa tuzilishdir.


49 
Til tuzilishi konkret til doirasida olib qaralsa, bu til 
sathlarida turli darajadagi lisoniy vositalarni bir butunlikka 
birlashtirib turuvchi o‗qdir. Til qurilishi turli tillarning o‗zaro 
farqlanishini belgilovchi va xarakterlovchi hodisadir. Tizim har 
bir til uchun o‗ziga xos bo‗lsa, til qurilishi konkret til doirasida 
o‗zgarib, turlanib turuvchi xususiyatga egadir. Masalan, o‗zbek 
tili arab, ingliz tilidan o‗z tuzilishiga ko‗ra farqlanadi.
Til tuzilishi o‗z mohiyatiga ko‗ra, aslida oliy darajadagi 
umumlashtirish, mavhumlash (abstraksiya) natijasidir. Me‘yor 
til tuzilishiga nisbatan quyi darajadagi mavhumlashdir. Til 
tuzilishi tizim va me‘yorga nisbatan olinganda oliy darajada 
shakllanish natijasidir. Shu tufayli ham til tuzilishi har qanday 
tilning asosini tashkil etadi. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish