37
shundan 300 ga yaqini o‗z yozuviga ega. Bundan 200 ga yaqini
bir milliondan ortiq aholisi bo‗lgan xalqlar uchun xizmat qiladi.
Bular
ichida xitoy, ingliz, rus, ispan, hindi va urdu, yapon,
nemis, arab, portugal
,
fransuz kabi tillar jahonda eng ko‗p
tarqalgan tillar hisoblanadi. Lekin bu tillarda gaplashuvchi
kishilarning soni shu millat a‘zolarining soniga to‗g‗ri
kelavermaydi. Masalan, xitoy tilida, asosan, shu millat vakillari
so‗zlashadi. Ingliz, ispan, rus , fransuz kabi tillarda esa shu
millatlardan tashqari ko‗pgina
boshqa millat vakillari ham
gaplashadi. Shulardan fransuz tilida 30 million odam
gaplashadi, 200 million odam erkin fikr yurita oladi.
Fransiyadan tashqari Monako, Marokash, Jazoir, Tunis, Kot-
D‘Ivuar, Kongo Demokratik Respublikasi,
Nigeriya,Gaiti,
Senegal, Mavrikiy kabi Markaziy va Sharqiy Afrika davlatlari,
Laos, Kambodja, Vetnam kabi Osiyo mamlakatlari, Meksika,
Kanada, Belgiya, Shvetsariya, Lyuksemburgda yashovchi
fransuz aholisi (ularda fransuz tili rasmiy deb tan olingan) shu
tilde gaplashishadi. Frankofoniya (aholisi
fransuz tilida
gaplashadigan davlatlar uyushmasi) 56 davlatni a‘zo va 14
davlatni kuzatuvchi maqomida o‗z atrofiga uyushtirgan.
Jahonda eng ko‗p tarqalgan tillar bilan bir qatorda kam
tarqalgan tillar ham mavjud bo‗lib, bular qabila yoki elat a‘zo-
larining aloqa vositasi hisoblanadi. Masalan, Dog‗istonda
botlix tili Botlix va Miarsu ovullarida, ginux tili Sintin
rayonining Ginux ovulida yashovchi aholining tili hisoblanadi.
Ginuxlar hammasi bo‗lib 200 kishi atrofida. Bularning
ko‗pchiligi avar tilini ham biladi.
Tilning ijtimoiy mohiyati uning
yozma adabiy shaklga ega
bo‗lishi bilan kengayib boradi. Bevosita aloqa bilan bir qatorda
turli adabiyotlar, vaqtli matbuot, radio va televidenie, internet
kabilar ham tilning tarqalishida asosiy faktorlardan hisoblanadi.
Tilning tarqalishi esa uning qo‗shimcha vazifa bajarishiga olib
keladi. Mana shu asosda xalqaro aloqa tillari yuzaga keladi.
Tilshunoslik bu tipdagi jahon tillaridan
boshqa quyidagi tip
tillarning mavjudligini ham qayd qiladi.
38
Xitoy portlarida «pijin-inglish» tili port xodimlari va boshqa
davlatlardan kelgan suv kemalari matroslari orasida aloqa
vositasi bo‗lib xizmat qiladi. Bu til buzib aytiladigan ingliz tili
leksikasi bilan xitoy grammatikasidan tashkil topgan. Masalan,
ingliz tilida pigeon so‗zi «kaptar» ma‘nosida ishlatiladi, «pijin-
inglish» tilida esa bu so‗z har qanday par-randani anglatadi.
Magu so‗zi ingliz tilida ism — atoqli ot bo‗lib, ayollarga ko‗p
qo‗yiladi, «pijin-inglish»da esa bu so‗z umuman ayollar
ma‘nosida qo‗llanadi va hokazo.
O‗rta dengiz portlarida «sabir» tili «xalqaro til» vazifasini
o‗taydi. Bu til fransuz, ispan, italyan,
grek va arab tillari
elementlaridan tashkil topgan.
Tarixda ayrim tillarni ijtimoiy hayotning ba‘zi sohalarida
xalqaro aloqa tili vazifasida qo‗llash hollari bo‗lgan. Masalan,
O‗rta asrlarda Yevropada fan tili sifatida lotin tili qo‗llangan.
Sharqda esa bu vazifani arab, fors tillari bajargan.
Arab va fors tillari mahalliy tillar, jumladan, o‗zbek tili
lug‗at sostavida, lotin tili ilmiy
terminologiyada chuqur iz
qoldirdi. Ilmiy adabiyotlarda lotincha terminlarning ko‗plab
uchrashi ham shu bilan izohlanadi. Hozirgi vaqtda botanika,
zoologiya, meditsina, farmakologiya fanlarida lotincha nomlar
xalqaro nomenklatura vazifasini o‗taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: