12-mavzu. O‘rta asrlarda jahon pedagogik fiklar taraqqiyoti. Reja



Download 270,14 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana22.07.2022
Hajmi270,14 Kb.
#839662
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12-маъруза

Xitoy tilidan tarjima 
 
Ustoz aytadi: 
— Men bilimdon bo‘lib yaralgan emasman, shu bois bilimni o‘tmishdan olishga 
jiddu jahd qildim. 
— Haqiqiy bilim — kimningdir bilimsizligidan saqlanmakdir. 
— Fikrlamay ilm olmoq — behudalik; bilim bilan sug‘orilmagan tafakkur esa 
xatardir. 
— Haqiqatni ko‘rmoq va unga intilmoq — yoki jasorat, yoki tarbiya mahsuli. 
— Kimki nokamtarlik bilan yolg‘on so‘zlar ekan, uning jimjimador so‘zlari faqat 
va faqat musibat keltiradi. 
— Sadoqat va samimiyatni saqlab qolmoq — cho‘qqining qorni ushlab qolishidek 
chiroylidir. 
— Ezgulik uchun yaralgan yoxud ezgulikdan mutlaqo mosuvo insonni ko‘rmadim. 
Kimki ezgulikka intilar ekan, hamisha hurmatda bo‘lur. 
— Jarohat uchun adolatni, ezgulik uchun faqatgina ezgulikni qalqon 
biling. 
— Ehtiyotkor inson ham ba’zan adashadi. 
— Shirin so‘zlar va ta’ma ko‘ngildan chiqqan samimiyat belgisi emas. 
— Hech bir do‘st o‘zing kabi bo‘lolmaydi. 
— Oliy odam uch holatda o‘zini saqlay oladi: yoshlikda hirsdan, kuchga to‘lganda 
janjaldan, keksalikda ochko‘zlikdan. 
— Qayerga bormagin, e’tiqoding sen bilan bo‘lsin. 
— Kelajak uchun kurashmoqchi bo‘lsang, o‘tmishni o‘rgan. 
— Jaxd chiqqanda, aql taslim bo‘ladi. 
— Oliyjanob odamning izlagani — o‘zi, pastkashning qidirgani esa o‘zgalar. 
— Agar o‘z qalbingga nazar tashlasang-u, biror qora dog‘ ko‘rmasang, unda 
bezovtalik nega, hadik nimaga? 
— Oliyjanob odam xavfsizliqda ham xatarni, to‘qlikda ham yo‘qchilikni 
unutmaydi. Tartib hukm surgan paytdatartibsizliklar bo‘lishini nazardan 
qochirmaydi. Bunday odam zinhor xavf ostida qolmaydi, demakki, uning vatani 
ham, xalqi ham bexatar. 
— Moddiyotning ortida ezgulik nish urmog‘i uchun besh narsa kifoya: ko‘ngil 
kengligi, samimiyat, shiddat, yaxshilik va jiddiylik. 
— O‘z xatolaringni tan olishdan uyalma, aks holda ular jinoyatga aylanadi. 
— Intiqomga taraddudlanishdan avval ikki qabrni hozirlab qo‘y. 
— Har bir hilqatning o‘z go‘zalligi bor, biroq har kim ham uni ko‘ra olmaydi. 
— Jarohatlarni unut, lek zinhor yaxshilikni yodingdan chiqarma. 
— Kimki isrofni bilmasa, azobni bilur. 
— Eshitdim — unutdim. Ko‘rdim — eslab qoldim. Bajardim — tushundim. 
— Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorong‘u tundir. 
— Harakatdaman-ku deya emaklamoq — bu harakat emas. 
— Erkaklar tabiati o‘xshash, ularni faqatgina odatlari ajratib turur. 


— Biz uchun eng katta huzur — uyquda emas, har tong uyg‘onishdadur. 
— Oliy odamning nutqi sokin, harakati jo‘shqin bo‘ladi. 
— Agar inson yo‘lga maqsadsiz chiqsa, qadam bosar-bosmasdanoq falokatga 
yo‘liqur. 
— Haqiqatparvar insonning birinchi qadami — no‘noq, ammo manzili — porloq 
bo‘lajak. 
— Oliy odam mayda ishlar bilan ko‘zga ko‘rinmas, aksincha buyuk ishlarga bel 
bog‘laydi. Mayda odam esa buyuk ishlarga ishonmaydi, uni safsata deb biladi, shu 
bois uning taqdiri ham o‘zi kabi mayda bo‘lib qoladi. 
— Oliy odam o‘zidan va o‘zgalardan hamisha mamnun, har qachon, har qayerda 
sokin; pastkash odam esa hamisha tushkun, yon-atrofi musibat bilan to‘la. 
— Agar yo‘qotishlarga duch kelsangiz, vahimaga tushmang. Yo‘qotish ortidan, 
albatta, topilmalar ham keladi. 
— Biz tabiatimizga zid insonlarga ro‘para kelganimizda, ularni o‘zimizga 
moslashtirmoqqa emas, o‘z-o‘zimizga xolis baho bermoqqa o‘rganmog‘imiz 
lozim. 
— Ortda qolgan ishlar to‘g‘risida bahslashib, ularni qoralashdan naf yo‘q. Chunki 
ular — o‘tmishga aylanib bo‘lgan. 
— Ezgulik hech vaqt yolg‘iz qolmagan. Uni sinab ko‘rgan inson o‘zini yaxshilikka 
qo‘shni, deb hisoblayversin. 
— Oliy odam Haqiqatga do‘stdir, manfaatga emas. 
Ish quroli soz, o‘tkir bo‘lgan odamning ishida unum, daromadida baraka 
bo‘ladi. 
— Ezgulik uzoq-uzoqlarda, olisdami? Men oqko‘ngil, yaxshilik ulashguvchi inson 
bo‘lmoqchiman. Bas, yaxshilik o‘z qo‘lingda! 
Xo‘jayin-xo‘jayin bo‘lishi, unga tobe kishi-tobe bo‘lishi, ota-ota bo‘lishi va 
o‘g‘il-o‘g‘il bo‘lishi kerak. Kichiklarning kattalarga, xalqning hukmdorlarga 
bo‘ysunishi abadiy va buzilmas qonundir. Tarbiya tartibni diniy prinsiplar 
(ajdodlarga sig‘inish) bilan bog‘liq o‘sha tabiiy huquqlarni o‘rgatishdan iborat qilib 
qo‘yilgan. Konfutsiy falsafasi bilan boshqa bir falsafiy oqimda osizm raqobat 
qilgan. Konfutsiy zamondoshi, ammo yoshi undan kattaroq Laoszi daosizmning 
eng ulkan namoyandasidir-Laoszi ta’limotida sodda materialistik yo‘nalish, hatto 
dialektika ko‘rtaklari ham ko‘rinadi. Daoschilar fikricha, jami mavjudot materiya 
zarralaridan paydo bo‘lib, birovning ongli irodasidan qatiy nazar malum bir aniq 
qonun asosida («dao» «yo‘l» demakdir) rivojlanadi. Jahondagi o‘zgarishlar narsa 
va jonli mavjudotlarning azalgi o‘z ziddiga aylanish qonuniga bo‘ysunadigan 
muayyan xususiyatlari tufayli sodir bo‘ladi. Har bir torayadigan narsa kengayadi 
va har bir bo‘shashadigan narsa mahkamlanadi.
Eramizning II asrida Xitoyda Hindistondan kelib kirgan buddizm tarqala 
boshlagan; uning ta’limoti bir qancha masalada daosizm ta’limotiga o‘xshagan 
(jumladan, harakatsizlikka va mushohadaga davat). Yan Chjou ta’limoti 
(eramizdan avvalgi-IV asrlar) izchil materialistik ta’limot bo‘lgan. Qadimgi Xitoy 
materialistlari yaratgan ta’limotlarning cho‘qqisi mashhur mutafakkir Van Chun 
(eramizning 27—97 yillari) tuzgan «Tanqidiy mulohazalar» degan asardir. Bu 
asarda osmonni jonli va ongli zot, odamzodning bunyodchisi deb bilgan 


konfutsiychilikka qatiy zarba berilgan. Bilimga qobiliyat faqat insonga xosdir. 
Tug‘ma bilish va yangilik yo‘q. Ko‘z ko‘radigan, quloq eshitadigan va boshqa 
sezgi organlari sezadigan narsalarnigina bilish mumkin. Tabiatning ijodiy faoliyati 
ongli faoliyat emas, balki materiyaning o‘z-o‘zidan quyuqlanish va suyuqlanish 
natijasidir. Ongli ravishdagi faoliyat faqat insonga xosdir. 
Van Chun ruhning abadiy tirikligi to‘g‘risidagi tasavvurni qatiy rad qilgan. Ruhni 
u organizm bilan chashbarchas bog‘langan narsa deb bilgan, o‘limdan keyin u o‘z 
faoliyatini yo‘qotish bilanoq ruh-jon ham yo‘q bo‘ladi. Xitoyda aniq fan bilan 
tabiiyot fanlari juda taraqqiy topgan. Dunyoda birinchi yozuv qog‘ozi va kitob 
nashri ham Xitoyda ixtiro qilingan. To‘g‘ri, u davrda kitoblar juda sodda usulda 
bosilgan. Bunda bo‘lajak kitob matni dastlab taxtaga o‘yib yozilgan. So‘ngra 
undan qog‘ozga bosib tushirilgan. 
Shuni aytish kerakki, qadimgi Xitoy madaniyatining muvaffaqiyatlari 
g‘arbiy dunyoga o‘z tasirni ko‘rsatgan. Xulosa shundan iboratki, Sharq
mamlakatlarining taraqqiyotida ko‘pgina umumiy xususiyatlar borligini ko‘ramiz.

Download 270,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish