69
1.4. KASBIY PSIXOLOGIYANING KLASSIFIKATSIYASI
VA ULARNI TANLASH
1.4.1. Kasb tushunchasi – kasbiy psixologiyaning konseptual asosidir
Kasb tushunchasi - kasbshunoslikning asosiy konseptual bosh tushunchasi
- bu kasb tushunchasidar. Kasbshunoslik adabiyotlarida kasb tushunchasining
tavsifi juda koʻp. Avvalambor bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson
doim tajribadan oʻtkazuvchi va unga yashash uchun manba boʻlib xizmat
qiluvchi mashgʻulotdir. Кasb bir xil faoliyat bilan shugʻullanuvchi kishilarni
birlashtiradi. Bu faoliyat ichida ma’lum aloqalar va axloq normalari oʻrnatiladi.
Kasb jamiyatning mexnatga layoqatli a’zolarini ijtimoiy tashkillashtirishning
aloxida shakli boʻlib, bunda a’zolar faoliyatining umumiy turi va kasbiy ongi
bilan birlashgan.
B.Shouning fikri buyicha “Kasb - ♦ mutaxassislarning chetdagi odamlarga
qarshi fitnasidir”.
“Kasb - jamiyat uchun zarur va qadrli
soha boʻlib bunda asosiy jismoniy va ruhiy
kuch talab etiladi” bu kuchlar unga sarflangan
mehnat oʻrniga yashashi va rivojlanishi uchun
muhim vositalar omili sifatida namoyon
boʻladi. Bu ta’rifni yanada batafsil yoritib,
E.A.Klimov kasbiy faoliyatning sifatli tarixiy
rivojlanuvchi tizim va shaxsning oʻzini
namoyon etish sohasi deb ta’riflaydi. Yana bir
ta’rifda esa “Jamiyat nuqtai nazaricha kasb bu
kasbiy masalalar, kasbiy faoliyat shakllari va turlari, shaxsiy kasbiy
xususiyatlari tizimi bulib, ular ish uchun muhim boʻlgan natija mas’uliyatlarni
yetkazishni ta’minlab berishi kerak boʻladi”. Nisbatan toʻgʻri ta’rifni esa
V.G.Makushin keltiradi, “Kasb - bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs
jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy
manbasi boʻlib xizmat qiladi”. Mavjud ta’riflarni umumlashtirib, xulosa qilib.
Kasb mexnat faoliyatining paydo boʻlgan shakllari boʻlib, ularni bajarish uchun
70
inson albatta ma’lum bilimlar va koʻnikmalarga maxsus qobiliyatlar va
rivojlangan muhim kasbiy sifatlarga ega boʻlishlari kerak.
“Kasb” atamasi kasbiy faoliyatning faqatgina yuqori statusli turlariga
nisbatan ishlatiladi. Boshqa faoliyat turlari mutaxassisliklarga yoki ish,
mashgʻulot turlariga tegishli boʻladi. Milliy kasbshunoslikda “kasb” va
“mutaxassislik” tushunchalari farqlanadi.
Kasb mutaxassislikka koʻra kengroq tushuncha, kasbiy saloxiyatidan
tashqari, uning muhim sifatlari - ijtimoiy - kasbiy saloxiyat, kasbiy avtonomiya,
oʻzini nazorat qilish, guruxli mezonlar va qobiliyatlar hisoblanadi. Kasb odatda
yaqin mutaxassisliklar guruxini birlashtiradi. Masalan, kasb shifokor,
mutaxassisliklar - terapevt, pediatr, okulist, urolog, va hokazo kasb - muxandis,
mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog, metallurg va hokazolar. Mutaxassislik
— kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yoʻli bilan ish jarayonidagi maxsus bilimlar,
koʻnikma va malakalar kompleksi boʻlib, ular u yoki bu kasb doirasida ma’lum
faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi. Shunday qilib, mutaxassislik -
kasb ichidagi kasbiy faoliyat turi boʻlib, u shaxsiy yutuqlarga yoki oʻziga xos
vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yoʻnaltirilgan boʻladi.
Insoniyat rivojlanishida kasbiy faoliyat uning turlari eramizgacha Misrda
qadimiy Gretsiya (Yunoniston), Rim imperiyasi va boshqa rivojlangan
davlatlarda koʻzda tutilgan. Bugungi kunda mexnatning paydo boʻlishi sanoat
inqilobi davrida boshlandi. Keyingi, ilmiy-texnik rivojlanish kasblar roʻyxatini
yangilashga va kengayishiga olib keladi AKD rasmiy ma’lumotlarida 1965 yilda
alifbo tartibida 21741 ta kasbga va 400 mutaxassisliklarning ta’riflari keltirilgan.
Xalqaro kasblarni tizimlash standarti boʻyicha 1988 yilda 9333 kasb roʻyxatga
olingan. Yagona ta’rif malaka ma’lumotnomasi 7000 ga yakin kasb va
mutaxassisliklarni birlashtiradi. Bu maxsus hujjatlar ularning tizimli paytidagi
kasbiy vaziyati aks ettiriladi. Nashrdan chiqgan ma’lumotnomalar esa
korrektirovkaga muhtoj boʻladi, chunki kasblar dunyosi doim oʻzgarib turadi.
Yangi kasblar paydo boʻladi, kasblarning xarakteri mexnat mazmuni
yangilanib turadi, past malakali mexnat kasblari yoʻqolib boradi. Kasb nomi
koʻpincha oʻtgan yillarda shakllangan mexnat xarakterini aks etadi.
71
Oʻqituvchi sifatida siz shularni qila olishga asos qoʻyib, butun umr
davomida oʻqishga tayyor boʻlishingiz kerak. Siz hech qachon biron-bir talabani
hamisha oʻqitmaysiz albatta, lekin siz ular bilan yetarli darajada tez-tez uzoq
ishlashingiz, xal qiluvchi xabarni yetkazishingiz kerak: hayotda oʻrganiladigan
narsalar koʻp - undanda yuqori; aslida biron-bir oʻqituvchi yoki maktab butun
hayoti davomida ta’minlay oladi. Har qanday siz oʻrgatayotgan bilim oʻlchovga
ega boʻlmaydi va samimiylik, junbushga keltiruvchi va hayron qoldiruvchi
manba boʻla oladi. Bu umuman hayot haqidagi va xususan talabalaringiz haqida
gap ketganda bu optimistik sabab boʻla oladi. Oʻrganish kerakligicha tushunarli
boʻladi agarda u hech qachon tugamasa, hattoki agar qisqa muddatga
yoʻnaltirilgan boʻlsa ham tezda tegishli boʻladi.
Nimani oʻrgatishingizdan qat’iy nazar siz yangi gʻoya va qobiliyatlarni
samarali bogʻlovchi murakkab faoliyatlarni loyihalash va instrumentlashdan
qoniqish hosil qilishga tayyor boʻlishingiz kerak. Musobaqalashishga boʻlgan
chaqiriqlar koʻplab oʻqituvchilarni jalb qiladi, negaki ular bu yerda toʻgʻri
mushohada yurita olishlari va san’atkorliklarini eng sodda va odatiy yoʻllar bilan
koʻrsata oladilar. Sizning talabangiz rejalashtirish va boshqarish qobiliyatingizga
bogʻliq boʻladi, ular shuni qanday qila olishlarini ba’zida oʻzlari tasavvur
qilsalar ham. Oʻqituvchilar gʻoyalarni qanday qilib tushunarli tushuntirishni,
yangi materiallarni togʻri ketma-ketlikda va muvofiq tempda berishni, avval
bilganlari va yangi oʻrganganlari orasidagi aloqalarni yoʻnaltirishni bilishda
sizga muhtojdirlar. Shunga qaramay, bu qobiliyatlar mutaxassisdan butun umrini
talab etadi, ular hatto boshlangʻich oʻqituvchilar tomonidan muvafaqqiyatli
mashq qilinishi mumkin va ular oʻqitishning darsdan tashqari vaqtida davom
ettirilib bir maromda rivojlantiriladi. Boshlanishidan keyin toʻgʻri boʻlishiga
qaramay, oʻquv kursining aloqasi va loyihasidagi mahorat ishning asosiy
“daromad”laridan biridir.
Maxsus maqsadli oʻqitishni oʻrgatishdan soʻng, siz buni avvalgi
oʻylaganlarizga qaraganda farqli tushunganingizni bir necha marotaba tasavvur
qildingiz. Ish har doim bir xil boʻlib qolavermaydi u davomli ravishda rivojlanib
boradi. Oʻqitishda qanchalik uzoq qolsangiz, yangiliklar bilan bogʻliq kasbingiz
boʻladi.
72
1979 yildan buyon Ekaterinburg shaxrida kasb bilim yurtlari uchun
mutaxassislar tayyorlanadi - ya’ni muxandis - pedagoglar ammo rasmiy
ma’lumotnomalarda bunday kasb yoki mutaxassislik mavjud emas. Bunday
masalalarni koʻp keltirish mumkin. Kasbiy faoliyatning samaradorligi
shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi. Kasbiy
tayyorgarlik deganda uning ruhiyati va jismoniy sogʻligi hamda holati, undagi
mavjud sifatlarning bajarayotgan faoliyati talablariga mosligi darajasi
tushuniladi.
Mashxur rus psixologi K.K.Platonov mutaxassisning kasbiy tayyorligi bu
oʻzining muayyan kasbiy faoliyatini bajarishga qodir va tayyorgarlik koʻrgan
deb hisoblovchi va uni bajarishga intiluvchi shaxsning sub’yektiv holatidir - deb
hisoblangan.
Mutaxassisning
kasbiy
tayyorligi
murakkab koʻp darajali va koʻrinishli
tizimli psixik shaklga ega boʻlib, birinchi
navbatda odamning shaxsiy koʻrinishi
asosiy oʻrin egallaydi. Shu bilan birga,
kasbiy tayyorgarlik mutaxassisda kerakli
darajada jismoniy sogʻlikni kasbiy faoliyat
uchun zarur boʻlgan jismoniy sifatlar
shakllanganligi va rivojlanganligini talab
qiladi.Chunki har qanday kasbiy faoliyat
insonning qandaydir kuch jismoniy
energiya sarflashini koʻzda tutadi.
Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida ikkita oʻzaro bogʻliq boʻlgan
tomonlarni koʻrsatish maqsadga muvofiq. Bu oʻzaro bogʻliqlik tomonlar
psixologlar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar tomonidan ishlab chiqilgan
boʻlib ular quyidagilardan iborat:
1. Shaxsning kasbiy faoliyatga salohiyatli tayyorligi quyidagilardan iborat
boʻladi: kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, koʻnikma, malakalar kasb
uchun muhim hisoblanadi, shaxsning sifatlari va uning munosabati, mazmun va
73
qadriyatlari, afzalliklari hamda umuman shaxsning zarur boʻlgan kasbiy
imkoniyatlari darajasi;
2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi.
Mutaxassisning kasbiy tayyorligining ushbu tomoni tezkorligi, oʻzgaruvchanligi,
xar qanday holat va sharoitda aniq masalalarni echish, mutaxassisning ruhiy va
jismoniy holati, jamoadagi ma’naviy psixologik muxitga bogʻliqligi bilan
ifodalanadi.
Mutaxassisning bevosita psixologik tayyorgarligi dastlabki tayyorgarlikni
faollashtirish natijasi sifatida ishtirok etadi. Mutaxassisning kasbiy faoliyatga
dastlabki saloxiyatli tayyorligi bevosita ayni vaqtdagi tayyorligining asosi
hisoblanadi. Shuning uchun mutaxassisni oliy oʻquv yurtida tayyorlash unda
kasbiy faoliyat uchun yetarli boʻlgan sifatlarni shakllantirish lozim. Ba’zi
vaqtlarda xatto kasbiy masalalarni xal etishga yaxshi tayyorgarlik koʻrgan
mutaxassis ham zarur paytda kerakli faoliyat uchun tayyor boʻlmay qolishi
mumkin, ya’ni kasbiy xulqi va faoliyatini ruhiy boshqarish yetarli darajada
boʻlmaydi.
Bunday
holatda
faoliyatni
muvaffaqiyatli amalga oshirib boʻlmaydi,
samarasiz boʻladi. Koʻrinib turibdiki,
mutaxassisning kasbiy tayyorligi unda
kasbiy bilimdonlikni kerakli darajasini
kasbiy
maxoratini
hamda
uzini
boshqarish, oʻzini kerakli faoliyatga
yoʻnaltirishga oʻzining kasbiy (ma’naviy
shaxsiy va jismoniy) imkoniyatlarini xal
etishga yoʻnaltira bilish qobiliyati
mavjudligini
nazarda
tutadi.
Mutaxassisning kasbiy tayyorligining
asosiy va eng murakkab tomoni (psixologik tomoni) - mutaxassis ruhiyatining
kasbiy tayyorgarligi hisoblanadi. Bu mutaxassis psixikasi ruhiy kuchlarining
kasbiy masalalarini xal etishga uzining vazifalarini bajarishga tayyorligi va
yoʻnalganligi darajasidir. A.M.Stolyarenko
74
Mutaxassis ruhiyatining kasbiy tayyorligining asosiy tarkibiy qismlari
quyidagilardan iborat: - yoʻnaltiruvchi intellektual bilish. Bu tarkibiy qismi
mutaxassis shaxsining bilish soxasini oʻz ichiga oladi: kasbiy idrokini, fikrlashi,
tasavvur, xotirasi, diqqatini va ular birgalikda mutaxassis shaxsining kasbga
intellektual tayyorligini tashkil etadi.
Mutaxassisning motivatsion tayyorligining asoslari oʻz kasbi
mutaxassisligini tushuna olishi; oʻzida pozitiv munosabatni tarkib toptira olishi,
oʻzini baholay olishi, bilish faoliyatiga qiziqishlari hisoblanadi. Oliy oʻquv yurti
sharoitlarida mutaxassisni tayyorlashda kasbiy faoliyatga motivatsion tayyorligi
talabalarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga va ta’lim olish jarayonida oʻzini
rivojlantirishga mavjud motivatsion doiraning yoʻnaltirilganligida namoyon
boʻladi. - ijrochilik. Bu tarkibiy qismi kasbiy maxoratni (bilim, malaka,
koʻnikmalar) kasbiy xulq odatlari kabi muhim kasbiy sifatlarning toʻplami,
kasbiy qobiliyatlarni rivojlanganlik darajasi va mutaxassisning irodaviy
tayyorligi uning xulqi va faoliyati davomida oʻzini boshqarishga qodirligi,
operatsional funksiyali tayyorgarlikni oʻz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |