Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti q. A. Dadaboyev


TAYANCH SO‘ZLAR VA IBORALAR



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/144
Sana22.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#838851
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

 
TAYANCH SO‘ZLAR VA IBORALAR 
Moddiy oqim
(mafarial flow) - yuk, detal, tovar - moddiy boyliklar va 
hokazo, ularga ilova qilish jarayonida ko‘rib chiqiladigan har xil logistik 
operatsiyalar (tashish, omborga joylashtirish va boshqalar) yoki vaqtincha 
oraliqqa (fn, fn+1) kiritilganlar. Moddiy oqim «hajmi (miqdor, massa) va vaqt» 
o‘lchamlariga ega. Uning mavjud bo‘lish shakli transportda tashilgan yuklar va 
boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin. Oqim vaqtincha oraliqqa ega emas, balki 
vaqtning paytiga tegishli bo‘lganda, u o‘zining qarama - qarshiligiga o‘tadi. 
Masalan, vaqtning berilgan paytida ko‘rib chiqiladigan yuk oqimi yo‘ldagi zahira 
va transport zahirasi bo‘ladi. 
Har bir moddiy oqimga ba’zi bir axborot oqimi mos keladi, ammo bu 
moslik umuman aytganda o‘zaro bir ma’noli bo‘lmaydi. Axborot oqimining 
ma’lumotlari moddiy oqimning haqiqiy ma’lumotlariga mos kelmasligi mumkin, 
ammo mos kelishi ham mumkin. 


203 
Mikrologik darajada moddiy oqim odatda bir necha tashkil qiluvchilardan 
vujudga keladi. Masalan, ulgurji savdo tashkilotlarida u tushirish, saqlash, butlash 
uchastkalaridagi oqimlardan iborat bo‘lishi mumkin. Bir xil katta foydalilik 
moddiy oqim ta’riflari bo‘ladi. Ba’zi bir moddiy oqimlar ustidan bajariladigan 
logistik operatsiyalar tasodifiy xarakterga ega. (Masalan, vagonni ulgurji savdo 
korxonasining kirish yo‘liga berish, berish paytida bo‘sh qayta ortish 
vositalarining mavjudligi va boshqalar). Moddiy oqim tashqi, ya’ni tashqi 
(logistika tizimiga nisbatan) muhitda o‘qituvchi sifatida va ushbu logistik tizimning 
ichida bo‘lgan ichki muhit sifatida tasniflanishi mumkin. 
Kiruvchi moddiy oqim ostida ushbu logistik tizimga tashqi muhitdan kelib 
tushuvchi tashqi oqim tushuniladi. Chiqaruvchi moddiy oqim ushbu logistika 
tizimi uchun tashqi muhitga kelib tushuvchi va davriy aloqalarni amalga 
oshirishning shakli bo‘lgan oqimdan iborat. Yuqorida aytib o‘tilgan har bir 
moddiy oqimga ba’zi bir axborot oqimi mos keladi.
Axborot oqimi
(information flon) - u logistik tizimda, logistik tizim va 
tashqi muhit orasida aylanib yuruvchi, logistik operatsiyalarni boshqarish va 
nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan xabarlarning majmuasi. Axborot oqimi moddiy 
oqimga mos keladi va qog‘oz yoki elektron hujjat ko‘rinishida mavjud bo‘lishi 
mumkin. U vujudga kelish manbai, yo‘nalishi, davriyligi, hajmi, uzatish tezligi 
bilan ta’riflanadi. 
Logistikada yana gorizontal, vertikal, tashqi, ichki, kiruvchi axborot 
oqimlarini farqlash mumkin. Agar bunday oqimning yuqorida o‘tilgan ta’riflari 
avvaldan ma’lum bo‘lsa, unda uning uchun aloqaning boylik manbalarini 
zahiralash, uning translyatsiyasining muvofiq rejimini qoplash mumkin. Axborot 
oqimlarini boshqarish uzatish tezligini tegishli qabul qilish tezligi miqdorigacha 
cheklash; oqimning hajmi ayrim uzelning yoki yo‘l uchastkasining o‘tkazish 
qobiliyatini miqdorigacha cheklashdan iborat bo‘ladi. Axborot oqimlarini ishlab 
chiqishga harajatlar muhim tashkil qiluvchi logistik harajatlar bo‘ladi. Axborot 
oqimini moddiy oqim namunasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. 
 
Logistika operatsiyalari 
(logistikal operation) - moddiy va axborot 
oqimlarini o‘zgartirishga qaratilgan harakatlarning ajratilgan majmuasi. U ko‘pgina 
boshlang‘ich shartlar, tashqi muhitning o‘lchamlari (ushbu logistika tizimi nuqtai 
nazaridan boshqarilmaydigan o‘zgaruvchanlar, bu o‘zgaruvchanlar qayd etilgan, 
tasodifiy va noaniq bo‘lishi mumkin), muqobil strategiyalar maqsadiy 
vazifalarning ta’riflari tomonidan berilishi mumkin. 
Logistika operatsiyalarini tashqilarga (ishlab chiqarishning logistika 
vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilganlar)ga asoslanib tasniflash mumkin. 
Birinchi turdagi operatsiyalar, ikkinchilariga qaraganda ko‘proq darajada bir qator 
tasodifiy va qiyinchilik bilan bashorat qilinadigan o‘zgaruvchanlar (bozor 
holatlarining tebranishlari, yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib berish 
shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi) ta’siriga duchor bo‘ladilar, 
ba’zida qisman yoki katta to‘liq noaniqliq sharoitlarida bajarilishi kerak. 


204 
Operatsiyalar bir tomonli yoki ikki tomonlama (tovarga mulk egaligi huquqining 
va sug‘urta xavf-xatarining bitta yuridik shaxsdan boshqasiga o‘tishi bilan 
bog‘liq), qo‘shilgan qiymatga ega va usiz bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha qiymatga 
ega operatsiyalar (masalan, bichish, idishlarga joylashtirish) haqiqatda texnologik 
operatsiyalardandir, ammo u muomala sohasida sodir bo‘ladi. 
Logistika operatsiyalarini moddiy (tashish, omborga joylashtirish, ortish va 
h.k.) va nomoddiylarga (moddiy oqim haqida ma’lumotlarni to‘plash, ularni 
uzatish va h.k.) bo‘lishi mumkin. Ushbu ta’rifdan ravshanki, logistika va 
texnologiya operatsiyalari o‘rtasida aniq chegara yo‘q. Bir operatsiyaning o‘zi 
(masalan, materialni bichish) belgilangan sharoitlarda logistik, boshqalarda esa 
texnologik hisoblanadi. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish