157
1-bosqich - omborxona-tayyorlov faoliyati. Tayyorlash faoliyatidan farqli
ravishda bu kategoriya o‘z tarkibiga funksiya va prosedura, bosqich va
operatsiyani oladi.
2-bosqich - ishlab chiqarish faoliyati. Ichki ishlab chiqarishni boshqarish
oqimini tugallanmagan mahsulotni saqlash va tayyorlash jarayonlari biriktiradi.
3-bosqich – taqsimlovchi -sotuvchi faoliyatini kengaytirilgan funksiyalar
tashkil qiladi, ya’ni ta’minlash faoliyatini boshqarish, tayyor mahsulotni saqlash,
tayyor mahsulotni tashish.
Logistik faoliyatni material-texnik ta’minot va sotishdan logistik
ma’muriylashtirish funksiyasi ajratib turadi. Korxonada yagona logistik markaz
ishlayotgan jarayonda logistizatsiyadan qat’iy nazar u logistik konsepsiyani
amalga oshirishi mumkin. Boshqarish funksiyasini amalga oshiruvchi xarajatlarga
quyidagilar kiradi: binoni omil bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy va aylanma kapital
xarajatlari logistik faoliyatni tashkil qiluvchi administratsiyaga xarajatlar. Axborot
bilan ta’minlovchi tashkilotlarga xarajat, logistik xizmat ishchilarning yo‘l
xarajatlari, boshqarish operatsiyasi usul va metodlarini ishlab chiqish xo‘jalik
tizimidagi zaxirani saqlash va tashkil qilish bilan bog‘liq. Mavjud operatsiyalarni
bajarish xarajatlari obyektning logistizatsiya xarajatlari qoplanish va mahsulot
tannarxiga ta’sir qiladi.
V.Dibskaya zahiralarni saqlash va yaratish bo‘yicha logistik xarajatni 4
guruhga bo‘ladi: kapital xarajatlar, zaxirani saqlash xarajatlari, joriy xizmatlar
bo‘yicha to‘lovlar va zaxira bilan bog‘liq sug‘urta xarajatlari. Zaxiralarni saqlash
va tashkil qilish xarajatlarini katta qismini kapital xarajatlar tashkil qiladi. Bu
xarajatlar zaxira vositalarining ko‘chirilishi bilan bog‘liq. Zaxiralarni saqlash
xarajatlariga yuk ortish operatsiyasi, arenda to‘lovi va asbob-uskuna to‘lovi,
ishchi personalining ish haqi xarajatlari, amortizatsiya ajratmalari kiradi. Zahiraga
joriy xizmat ko‘rsatish xarajatlariga asosan soliq va sug‘urta to‘lovlari kiradi.
Zaxiralarni omborda saqlashdan ko‘riladigan zarar bu tovarning jismoniy va
ma’nan eskirishdan keladigan zar xolos. Mahsulotni ishlab chiqaruvchidan ohirgi
iste’molchiga yetkazishigacha bo‘lgan harakatda transport vositalaridan
foydalanish operatsiyasi butun operatsiyani katta qismini tashkil qiladi.
Transportirovka jarayoni nafaqat tovarni iste’molchiga yetkazish, balki korxona
ichidagi ishlarga ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: