N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Elka chigali. 
Bo‘yinning keyingi (VI, VII va VIII) va ko‘krakning oldingi 
(I, II) umurtqalaridan chiqadigan nervlarning pastki tarmoqlari birlashib, elka 
chigali – 
plexus brachialis
ni hosil qiladi. Bu chigaldan chiqadigan to‘qqizta nerv 
oldingi oyoqni, uning atrofidagi organlarni, muskul va terini ta’minlaydi. 
Ko‘krakning oldi tomon nervi
 
– 
n.pectoralis cranialis
bo‘yinning ettinchi
sakkizinchi va ko‘krakning birinchi juft nervlaridan hosil bo‘lib, elka suyagining 
bo‘g‘imi oldidan ko‘krak muskullariga tarqaladi. 
Ko‘krakning orqa tomon nervi
 
– 
n.pectoralis caudalis
bo‘yinning ettinchi, 
sakkizinchi va ko‘krakning birinchi juft nervidan hosil bo‘lib, quyidagi to‘rt 
tarmoqdan iborat: ko‘krakning uzun nervi – 
n.thorocalis longus
- pastki tishsimon 
muskulga tarqaladi; ko‘krakning yuqori tomon nervi 
– n.thoracalis dorsalis
– 
elkaning keng muskuliga boradi; ko‘krakning yon tomon nervi – 
n.thoracales 
lateralis
– ko‘krak devorining yon tomon terisiga tarqaladi; ko‘krakning pastki 
tomon nervi – 
n.thoracoventralis
– ko‘krakning chuqur muskuliga hamda terisiga 
tarqaladi. 
Ko‘krak oldi nervi
 
– 
n.suprascapularis
bo‘yinning oltinchi, ettinchi, 
sakkizinchi juft nervlaridan hosil bo‘ladi. Bu nerv ko‘krak – elka bo‘g‘imiga ta’sir 
qiladigan kurak oldi muskullariga tarqaladi. 
Kurak osti nervi
 
– 
n.supscapularis
bo‘yinning oltinchi, ettinchi va 
sakkizinchi juft nervlaridan hosil bo‘lib, 2 – 4 tarmoqdan iborat va kurak osti 
muskuliga tarqaladi. 
Qo‘ltiq nervi
 
– 
n.axillaris
bo‘yinning ettinchi va sakkizinchi juft nervlaridan 
hosil bo‘lib, elkaning bukuvchi muskullariga, uning yon qismidagi terisi va 


yuqorigi yuzasiga tarqaladi. Teri tarmog‘i – 
ramus cutaneus
deltasimon 
muskulning pastki qismidan tashqi tomonga chiqadi. 
Muskul – teri nervi
 
– 
n.musculicutaneus
bo‘yinning oltinchi, ettinchi va 
sakkizinchi juft nervlaridan hosil bo‘ladi va tirsak bo‘g‘imining bukuvchi 
muskullariga hamda terisiga tarqaladi. 
Bilak nervi
 
– 
n.radialis
bo‘yinning sakkizinchi va ko‘krakning birinchi juft 
nervlaridan hosil bo‘ladi. Bu nerv anchagina uzun bo‘lib, barmoqqacha etib boradi 
va tirsak bo‘g‘imining kaft hamda barmoqni yozuvchi muskullari va terisini 
harakatlantiradi. Bilak nervi oldin muskullarga tarmoqlanadi, so‘ngra tirsak 
bo‘g‘imining ustki yuzasiga chiqib, tirsakning uch boshli muskuli orasidan o‘tadi 
hamda elkaning ichki muskuli ro‘parasida bilakning yuza va chuqur muskullariga 
tarqaladi. 
Bilakning yuza nervi
 
– 
n.radialis superficialis
uch boshli muskulning yon 
tomon bosh yonidan chiqib, tirsak, bilak, kaft va barmoq terisiga tarqaladi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Cho‘chqada – ikkinchi, to‘rtinchi 
va beshinchi barmoqning ichki yuzasiga tarqaladi. Qoramolda – uchinchi, 
to‘rtinchi barmoq nervlariga bo‘linadi. Qo‘yda – bilaguzuk bo‘g‘imini yozuvchi 
muskulga uchta nerv tarmoqchasi kiradi, so‘ngra bilakning yuza nervi asosiy 
stvolining 6 ta tarmoqchasi bilan bilaguzuk bo‘g‘imini o‘rab, yana mayda 
tarmoqchalarga bo‘linib, teriga tarqaladi. Otda – bilak-tirsak suyagining yuqorigi 
yon tomonida tugaydi. 
Bilakning chuqur nervi
 
– 
n.radialis profundus
bilaguzuk va barmoq 
bo‘g‘imlarini yozuvchi muskullarga tarqaladi.
Tirsak nervi
 
– 
n.ulnaris
bo‘yinning sakkizinchi va ko‘krakning birinchi
ikkinchi juft nervlaridan hosil bo‘ladi. U oldin o‘rta nerv bilan qo‘shiladi, so‘ngra 
undan ajralib, elka arteriyasi va venasining orqa tomonidan pastga o‘tadi hamda 
elka suyagining pastki qismidan bilak-tirsakning orqa yuzasiga teri tarmog‘i – 
ramus cutaneus
ni beradi. Tirsak nervining asosiy tomiri tirsak bo‘g‘imining 
yozuvchi yuzasiga o‘tadi. Tirsak bo‘g‘imining kapsulasiga va muskullarga 
tarqalib, bilaguzuk bo‘g‘imi yuqorisida ikkiga bo‘linadi. Yuqorigi tomon (yuza) 
tarmog‘i – 
ramus dorsalis
qo‘shimcha bilaguzuk bo‘g‘imi yonida to‘rtta teri 
tarmog‘iga ajraladi, ular tushov bo‘g‘imigacha boradi. Chuqur tarmog‘i
 
– 
ramus 
volaris profundus
tirsakni bukuvchi muskul ostidan o‘tib, volyar lateral nerviga 
qo‘shiladi. Ulardan esa barmoqning orqa, yon va o‘rta nervlari hosil bo‘ladi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Cho‘chqada – yuqorigi tarmoq 
beshinchi barmoqni, yon tomon nervi to‘rtinchi barmoqni, orqa tomon tarmog‘i 
to‘rtinchi, beshinchi barmoqlarni va kaftning orqa tomon yuza nervini hosil qiladi. 


Qoramolda – yuqorigi tarmoq to‘rtinchi barmoqning yuqorigi yon tomon nerviga 
tarqaladi, orqa tomon tarmog‘i suyak muskuliga hamda to‘rtinchi barmoqning orqa 
tomon yon nerviga aylanadi. Qo‘yda – tirsak nervi bilaguzuk bo‘g‘imini bukuvchi 
muskuliga tarmoqlanadi hamda tirsak va elka boshlari oralig‘idan o‘tib, to‘rtta 
tarmoqcha hosil qiladi. Bular muskullarga tarqalib, yuqorigi va orqa tomon 
tarmoqlarga bo‘linadi. Otda – yuqorigi tarmog‘i teriga, orqa tomon tarmog‘i esa 
kaftning orqa va yon nervlariga qo‘shiladi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish