Qo‘shimcha jinsiy bezlar
A-it, Б-cho‘chqa, В-bichilgan cho‘chqa, Г-buqa, Д-ayg‘ir, Е-buqalar jinsiy
organing ko‘ndalang kesimi, Ж-cho‘chqalar piyozchasimon bezining
ko‘ndalang kesimi; 1-urug‘ yo‘li, 2-urug‘ yo‘li ampulasi, 3-pufaksimonn bez,
4-prostata bezi tanasi, 5-uning yon bo‘lagi, 6-piyozsimon bez, 6
1
-quymich
piyozchasimon bez muskuli, 6
2
-piyozchasimon bez yo‘li, 7-siydik pufagi, 8-
siydik yo‘li, 9-siydik jinsiy muskuli, 10-piyozsimon kovak muskul, 11-siydik
chiqarish kanalining bo‘yni, 12-shu kanalning piyozchasi, 13-kanalning tubi,
14-quymich-kovak muskuli, 15-jinsiy azoni taranglovchi muskul.
Jinsiy a’zo
– penis
– buqada silindrsimon shaklda, uzun va ingichka bo‘ladi.
U kovak tana va siydik chiqarish kanalining jinsiy a’zo qismidan tashkil topgan.
Kovak tana
– corpus (spongiosus) cavernosus
buqalarda yaxshi rivojlanmagan.
SHuning uchun ularda ereksiya vaqtida jinsiy a’zo ko‘p uzaymaydi. Uchta: ikkita –
jinsiy a’zoning xususiy kovak tanasi va bitta – siydik-jinsiy
kanalining kovak
tanasi farqlanadi. Kovak tananing tashqi qavati fibroz to‘qimadan hosil bo‘lgan oq
parda –
tunica albuginea
hisoblanadi. U jinsiy a’zoning ichkarida o‘rta to‘siq –
septum penis
ni shakllantirib, undan har tomonga ko‘p sonli to‘siqlar (trabekula)
ajraladi.
Jinsiy a’zoda ildiz, tana va bosh qismlari farqlanadi. Jinsiy a’zoning ildizi –
radix penis
quymich do‘ngligiga birikuvchi ikkita oyoqchasi bilan hosil bo‘ladi.
Har bir oyoqcha quymich-kovak muskuli –
m.ischiocavernosus
bilan qoplangan.
Bu muskul qisqarib ereksiya vaqtida venoz qonni kovak tanadan oqishiga
to‘sqinlik qiladi. Jinsiy a’zo ildizi ikkita osilib turuvchi payi –
ligamenta
suspensoria
bilan quymich suyagining chokiga birlashadi.
Jinsiy a’zoning tanasi –
corpus penis
ingichka, uzun, silindr shaklida bo‘ladi.
Yоrg‘oqning orqasida jinsiy a’zo S-simon burma –
flexura sigmoidea
hisol qiladi.
Jinsiy a’zoning boshi –
glans penis
o‘tkirlashgan va chap tomonga buralgan. Jinsiy
a’zoning boshida siydik-jinsiy kanal o‘simtasi –
processus urethrae,
bo‘yni –
collum glandis,
qalpoqchasi –
galea glandis,
toji
– corona glandis
farqlanadi.
Jinsiy a’zo boshining qalpoqchasi silliq, pushti rangda bo‘ladi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Ayg‘irda – jinsiy a’zo kuchli
taraqqiy etgan. Oyoqchalari jinsiy a’zo ildizini hosil qiladi, ular quymich
do‘ngligidan boshlanadi va quymich-kovak muskul bilan yopilib turadi. Jinsiy a’zo
tanasi juda yo‘g‘on, to‘siq orqali ikkita simmetrik bo‘laklarga bo‘linadi; oq parda
qalin, jinsiy a’zoning pastki tomonida siydik-jinsiy
kanali joylashishi uchun
ariqcha hosil qiladi. Undan jinsiy a’zoning ichiga kovak tananing g‘alvirlarini
shakllantiruvchi yirik to‘siqlar chiqadi. Jinsiy a’zoning boshchasi kuchli
taraqqiylashgan va yumaloqlashgan uchki bo‘rtmani hosil qilgan; ereksiya vaqtida
tojning diametri 12 – 15 sm ga etadi. Jinsiy a’zo boshchasining oldingi yuzasida
siydik-jinsiy kanalning erkin uchi ochiluvchi chuqurcha joylashadi. Kovak
tananing pastki tomonida jinsiy a’zo boshining tanasi
siydik-jinsiy kanalning
g‘alvirsimon qavati bilan birlashadi. Jinsiy a’zo retraktori 2 – 3-nchi dum
umurtqasidan boshlanib, jinsiy a’zo pastki tomoni yonidan o‘tadi va jinsiy a’zo
boshining tanasiga birikadi.
Cho‘chqada – jinsiy a’zo 40 – 45 sm uzunlikda bo‘lib, yorg‘oqning oldingi
tomonidan joylashgan S-simon burmasi mavjud; jinsiy a’zo boshchasi spiralsimon
buralgan; siydik-jinsiy kanalning tashqi teshigi jinsiy a’zoning o‘tkirlashgan uchi
yonida joylashadi.
Itda – jinsiy a’zoning orqa qismida ikkita yaxshi taraqqiy etgan kovak tana
mavjud. Jinsiy a’zoning oldingi qismi yoki boshchasida jinsiy a’zo suyagi –
os
penis
joylashgan bo‘lib, uning uzunligi 8 – 10 sm ni tashkil qiladi. Suyakning
pastki yuzasida siydik-jinsiy kanal uchun ariqcha o‘tadi; suyak yuqorigi tomondan
bo‘rtib turadi. Jinsiy a’zoning erkin uchida suyak paydo bo‘ladi va unga fibroz
to‘qima qo‘shiladi. Jinsiy a’zo boshchasi juda uzun, silindrsimon shaklda bo‘ladi.
Boshchaning erkin uchi o‘tkirlashgan,
orqa uchi esa yumaloq, g‘alvirsimon
to‘qimadan iborat piyozchasi bo‘lib, u jinsiy a’zo suyagini tashqi tomondan o‘rab
turadi. Jinsiy a’zo boshchasining piyozchasi yuqorigi tomonidan ikkita vena qon
tomiri chiqadi; ular jinsiy a’zoning orqa yuzasi bo‘ylab quymich sohasiga
yo‘naladi. Kichik – jinsiy a’zoning yuqorigi qisuvchi muskuli quymich
do‘ngligidan boshlanadi va jinsiy a’zoningorqasida piyozcha yonida tugaydi.
Muskullar qisqarganda jinsiy a’zoning orqa tomonidagi venalar qisiladi va buning
natijasida ereksiya uzoq vaqt so‘nmaydi, chunki jinsiy a’zo
boshchasidagi kovak
tanadan qon oqishi qiyinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: