85
ma‘lum tartib asosida qayta ishlashga sexlarga yuboriladi. Xom ashyoni saqlanishi
agar ochiq maydonchada bo‗lsa, bir necha kungacha saqlanishi mumkin. Agar
saqlagich maydoni yopiq bo‗lib ular sovutgichlar bilan ta‘minlangan bo‗lsa,
masalan meva va rezavor mevalarning saqlash muddatini 3-7 marotaba cho‗zish
mumkin. Sabzavotlar esa sovutgich xonalarida ancha uzoq saqlansa ham bo‗ladi.
Xom ashyo yopiq xom ashyo maydonchalarida, sovutilgan omborxonalarida yoki
o‗zga yaxshi shamollatish yo‗lga qo‗yilgan saqlagich
maydonlarida keltirilgan
tarada saqlaniladi. Qutilardagi xom ashyo bir-birining ustiga 2 m balandlikgacha
taxlanadi, konteynerlar esa 3 ta yarusda teriladi. Terilgan qutilarning orasidagi
masofa 10 smdan kam bo‗lmasligi kerak (yaxshi shamollatish uchun).
Xom ashyo maydonchasi uch tomonlama ochiq bo‗lib faqat bir tarafi ishlab
chiqarish sexi devoriga tutashadi va uning usti issiqlikni yomon o‗tkazuvchi mato
bilan ( asboshifer va boshqalar) yopiladi. Bunday maydonchaga transport vositalari
ham onsonlikcha kira oladi, havo aylanishi ham yaxshi bo‗ladi. Maydonchaning
poli ma‘lum nishablikga ega bo‗lib suv o‗tkazmaydigan
material bilan ishlov
berilgan bo‗lish kerak, nishablik kanalizasiya trapiga qaratilgan bo‗ladi. Xom
ashyoni saqlash maydonchalarida sun‘iy shamollatishlardan foydalanish
ta‘qiqlanadi (ventilyatorlardan), Chunki sun‘iy shamollatilganda xom ashyo
yuzasidan bug‗lanish kuchayadi va xom ashyoning so‗lishi hamda massa
kamayishi yuzaga keladi. Xom ashyo saqlash maydonchasining kattaliki u yoki bu
sexning xom ashyo ishlab chiqarish quvvatiga qarab saqlash uchun tavsiya etilgan
muddatlarning chegarasi doirasida qabul qilinadi. Odatda 1 m
2
maydon yuzasiga
300-600 kg xom ashyo joylash hisobidan hisob-kitob qilinadi.
Quti paddonlarni joylash hisobi 6 yarus balandlikda terish mo‗ljallangan.
Mahsulotni tarada saqlanganda uning taxlanish balandligi 4,3 - 5,5 metr
balandlikda saqlanadi. Qutilar taxlanganda ularning yuqorigi yuzasi bilan shipning
pastgi yuzasi orasida 20 -30 sm masofa qolishi kerak.
Xuddi shunday masofa
sun‘iy sovutilgan vaqtda devor bilan qutilar orasida saqlanishi kerak, agar tabiiy
sovutish qo‗llanilsa bu oraliq 40-60 sm masofani tashkil qilishi kerak.
86
Xom ashyo saqlash maydonlarida keyinchalik qayta ishlash uchun ham
ma‘lum zaxiralar hosil qilinadi. Bunday zaxiralar saqlashga chidamli bo‗lgan xom
ashyolar uchun qo‗llaniladi, masalan, sabzavotlardan ildizi mevalilar oq karam va
piyoz, mevalardan – olma va nokning kechpishar navlari.
Xom ashyo ko‗ruvdan o‗tkazilib, navlab va quritib,
chirigan va
buzilganlaridan ajratiladi va saqlashga qo‗yiladi. Xom ashyoni zaxiralanganda
bordonlarga to‗kib yoki xom ashyo maydonchasida uyub qo‗ygan holda, agar xom
ashyo taralarda bo‗lsa ularni ustma-ust terib saqlanadi.
Xom ashyoni to‗kib saqlanganda uyumning balandligiga ahamiyat beriladi.
Agar uyum juda baland bo‗lsa ustki mahsulot pastki mahsulotni ezib yuborishi
mumkin. Shuning uchun har bir xom ashyoga g‗aramning balandligi
me‘yorlangan, masalan, kartoshka - 5 metrgacha, lavlagi - 4 metrgacha, piyoz - 3,5
metrgacha, sabzi va karam - 3 metrgacha. Ayrim mahsulotlarni saqlashdagi
maydonchani band qilish me‘yori quyidagi jadvalda ko‗rsatilgan.
Bordonlarni 3x6 va 6x6
kattalikda yasab, ularni imorat devorining uzunasi
bo‗ylab o‗rnatiladi. Bordonlarni orasida transport vositasini harakatlanishiga
mo‗ljallangan ochiq joy qoldiriladi. Aytilganlarni hisobga olganda imoratning
umumiy eni 18 m dan kam bo‗lmaydi.
Xom ashyoni uzoqroq muddatga qo‗yilganda zovur va uyma holda ham
saqlanadi.
Ushbu usulda saqlanganda, xom ashyo ustiga harorat o‗tkazmaydigan
materiallarni yopilishi hisobiga (somon qabati va tuproq) uyum ichida butun qish
davomida doimiy harorat (1-3ᵒC) saqlanib turadi. Qatlam ostida xom ashyoning
nafas olishi natijasida yig‗ilgan SO
2
ning konsentratsiyasi 5 % gacha etib boradi.
Bu esa xom ashyo tarkibida mikroorganizmlarni ko‗payishiga qarshilik ko‗rsatadi.
Zovurlar 1 m kenglikda, 0,5-1 m chuqurlikda, 5-20 m uzunlikda kovlanadi.
Zovurlarning orasidagi masofa 4-5 m bo‗lishi kerak.
Uyumalar holida saqlanganda ularning kengligi 1,5-2 m, balandligi 1-1,25
m, tubining toraygan joyi 0,25 m, uyumning uzunligi 8-10 m bo‗lishi kerak.