8
I BOB. Fanga kirish
Konserva sanoatining shakllanish tarixi
Konserva sanoati
– oziq-ovqat sanoati tarmogʻi, tez buziladigan oʻsimlik va
hayvonot mahsulotlari (meva,
sabzavotlar, sut, goʻsht, baliq)ni uzoq muddat
saqlash maqsadlarida qayta ishlaydi, yarim fabrikatlar va germetik yopiq idishlarda
isteʼmolga tayyor konservalar ishlab chiqaradi.
Sanoat usulida konservalar ishlab chiqarish 19 asr boshlarida rivojlandi.
Oʻzbekistonda Konserva sanoati 20 asr boshlarida paydo boʻldi. 1913 yilda hozirgi
Oʻzbekiston hududida kustar usul bilan mahsulot tayyorlaydigan 3 kichik konserva
korxonasi boʻlib, ularda jami 200 ming banka konserva ishlab chiqarilgan.
Oʻzbekistonda konserva sanoati 30 yillarda rivojlandi. Asosan, meva va
sabzavotlardan konservalar ishlab chiqarila boshlandi. 1929 yil Yangiyoʻl
konserva zavodi, 1932 yil Toshkent konserva zavodi ishga tushirildi. 1940
yillar
boshida Samarqandda konserva zavodlari qurildi. Namangan konserva zavodi ham
kengaytirildi. Urushdan keyingi yillarda Fargʻona, Andijon, Shahrisabz va boshqa
shaharlarda oʻnlab konserva zavodi ishga tushirildi, eskilari kengaytirildi va
zamonaviy
asbob-uskunalar
bilan
jihozlandi.
1975
yilda
"Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" konserni korxonalarida 490 mln.
shartli banka
konserva mahsulotlari ishlab chiqarildi. 1985 yilda sobiq Ittifoqda alkogolizmga
qarshi Qonun qabul qilingach, vino zavodlarida turli uzum va meva sharbati ishlab
chiqarila boshlandi. 1986-89 yillarda konserva ishlab chiqarish 2 marta koʻpaydi.
Konserva
korxonalari,
asosan,
"Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding"
kompaniyasi tarkibiga kiradi. Asosiy mahsulotlari - meva kompotlari, murabbo,
jem,
sharbatlar, marinadlangan va tuzlangan sabzavotlar, pomidor pastasi,
quritilgan mevalar (qoqilar).
Konserva mahsulotlari ishlab chiqarishda "Oʻzbekbirlashuv"
ning ulushi
ham salmoqli. "Oʻzbekbirlashuv" tizimida 54 konserva korxonasi bor.
9
Oʻzbekistondan Germaniya, Polsha, Italiya, Malayziya,
Yaponiya kabi
mamlakatlarga turli meva va sabzavotlar konservalari, pomidor pastasi, mayiz,
turli qoqilar eksport qilinadi. Respublikada 90-yillardan koʻpgina
jamoa
xoʻjaliklarida kichik konserva zavodlari va sexlari ishga tushirildi.
Ixtisoslashtirilgan yirik bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik xoʻjaliklari
konserva zavodlariga xom ashyo yetkazib beradi. Respublika Konserva sanoati
korxonalari yiliga 12 mlrd. shartli banka mahsulot ishlab
chiqarish quvvatiga ega
(2000). 1995 yilda 50 dan ortiq agrofirma ishladi (meva-sabzavot, konservalari
ishlab
chiqarishga
moslashgan
"Qashqadaryo",
"Namangankonserva",
"Samarqand", "Kishmish", "Uchkoʻprik", "Quvasoy" va boshqalar). 2000 yilda
Oʻzbekistonda 480,4 mln. shartli banka (jumladan, "Oʻzbekbirlashuv" aksiyadorlik
kompaniyasida 53,1 mln. banka) meva-sabzavot konservasi ishlab chiqarildi.
"Toʻraqoʻrgʻon shirinliklari", "Buloʻngur mevalari" firmalarida
meva qoqilari va
mayiz tayyorlanadi.
"Oʻzbaliq" aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida dudlangan baliq,
Moʻynoq baliq konserva kombinati (1941) da chetdan olib kelinadigan xom
ashyodan turli baliq konservalari ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: