aylantirishda
Shartli
bankani fizik
bankaga
aylantirishda
Yig„ma metall bankalar:
24
95
0,269
3,716
25
155
0,439
2,277
8
353
1,000
1,000
9
370
1,047
0,954
43
445
1,261
0,793
12
580
1,643
0,609
13
895
2,535
0,394
79
14
3020
8,555
0,117
47
4770
13,512
0,074
15
8820
24,985
0,040
Alyuminiy bankalari:
1A
100
0,283
3,530
2A,3A
250
0,708
1,412
4A
350
0,991
1,008
5A
500
1,416
0,706
Shisha bankalar:
I - 58 – 100
100
0,283
3,530
I - 58 - 200,
II - 58 – 200
200
0,566
1,765
I - 58 – 250
250
0,708
1,412
II - 68 - 350,
III - 68 – 350
350
0,991
1,008
I - 82 – 500
500
1,416
0,706
I - 82 – 650
650
1,841
0,543
II - 82 - 800
800
2,266
0,441
I - 82 - 1000
1000
2,833
0,353
I - 82 - 2000
2000
5,666
0,176
I - 82 - 3000
3000
8,498
0,118
I - 82 - 5000
5000
14,164
0,070
I - 82 - 10000
10000
28,328
0,035
Shisha butilkalar:
X - KP - 500
500
1,558
0,642
V - KP -330
330
0,935
1,070
XI - KP -200
200
0,566
1,765
80
Xisoblash davrida fizik banka sonini shartli bankaga aylantirish uchun fizik
banka sonini aylantirish koeffisientiga ko‗paytiramiz, shartli banka sonini fizik
banka aylantirishda esa shartli banka sonini aylantirish koeffisientiga bo‗lamiz.
Sanoatdagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni hisobini to‗plashni
qo‗llaylashtirish maqsadida quyidagi birliklar ishlatiladi:
- ming shartli banka (m.sh. b.);
- million shartli banka (ml.sh. b.).
Nazorat savollari
1. Idishlarga bo‗lgan talablar.
2. Idishlarni sinflanishi.
3. Tunuka idishlarga izoh bering.
4. Kartondan tayyorlan idishlar.
5. Plastmassadan tayyorlangan idishlar.
6. Shisha idishlar.
7. Shisha idishlarni yopish jihatidan necha turlarga bo‗linadi.
8. Yog‗ochdan tayyorlangan idishlar
9. Konserva mahsulotlari qadoqlangan taralarga o‗tkaziladigan hisobot.
10. Fizik bankani shartli bankaga aylantirishdagi koeffisientni aniqlash formulasini
yozing.
81
V BOB. Qishloq xo„jalik xom ashyolarini konservalashga tayyorlash va xom
ashyoga issiqlik ishlov berish
Xom ashyoni yig„ish, yuvish, inspeksiyalash, navlarga ajratish
Sabzavot va mevalar tez buziladigan mahsulotlar hisoblanadi. Shu sababli
ularni uzoq muddat sifatli saqlash uchun qayta ishlanadi. Qayta ishlashning asosiy
maqsadi, tez buziladigan meva va sabzavotlarni uzoq vaqt undagi vitamin va
boshqa qimmatli tarkibiy qismlarini saqlash hamda ularda turli xil
mikroorganizmlar rivojlanishining oldini olishdan iboratdir. Sabzavot va mevalarni
qayta ishlab xalqning ularga bo‗lgan talabini yil bo‗yi qondirish mumkin. Meva va
sabzavotlarni ilmiy asoslangan va xar bir regionning tabiiy resurslaridan unumli
foydalanadigan qayta ishlash usullarini jamoa xo‗jaliklariga keng joriy etish
yetishtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi yo‗qotishini keskin kamaytiradi
va mevachilik hamda sabzavotchilik xo‗jaliklarining iqtisodiyotini keskin
ko‗tarishga yordam beradi.
Sabzavot va mevalarni qayta ishlash natijasida ishlash usuliga qarab bir
qator qo‗shimchalar - tuz, shakar, ziravor qo‗shilmalari, kislota, sirka kabilar
tavsiya etilgan me‘yorda qo‗shiladi. Bu qo‗shilmalar meva va sabzavotlar
tarkibidagi vitamin va boshqa fiziologik aktiv moddalarni saqlagan holda ularning
kaloriyasi, ta‘mi hamda xushbo‗yligini ancha oshiradi.
Sabzavot va mevalarni qayta ishlash usullari ularda biologik va fiziologik
jarayonlarni to‗xtatib, fitopatogen mikroblarni butunlay yo‗qotib, mahsulotlarni
tashqi muhit bilan aloqasini uzishga qaratilgan. Sabzavot va mevalarni qayta
ishlash usulini mahsulotning turiga, yetishtirilgan regionga, ularning kimyoviy
tarkibiga va boshqa bir qator ko‗rsatgichlarga qarab tanlash lozim. Sabzavot va
mevalar asosan fizikaviy, mikrobiologik va kimyoviy usullarda ishlanadi.
Ba‘zan mikrobiologik usulda qayta ishlashni biokimyoviy qayta ishlash deb
yuritadi.
O‗zbekistonda sabzavot va mevalarni asosan fizikaviy va mikrobiologik
usulda qayta ishlanadi.
82
Sabzavot va mevalarni qayta ishlash usullari orasida eng ko‗p qo‗llanadigan
fizikaviy usul hisoblanadi. Sabzavot va mevalarni bu usulda qayta ishlash boshqa
usullarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Sabzavot va mevalarni fizikaviy
usulda qayta ishlash turlariga termosternilizasiya, quritish, muzlatish, nur
yordamida sterilizasiya qilish, sharbat ishlab chiqarish va boshqalar kiradi.
O‗zbekistonda sabzavot va mevalarni fizikaviy usulda qayta ishlashdan
termosterilizasiya va quritish keng qo‗llaniladi.
Sabzavot va mevalarni fizikaviy usulda qayta ishlashga tayyorlash mahsulot
sifatini belgilaydi. Bunda bir qator texnologik jarayonlarga e‘tibor berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |