59
2. Frazeologizmlar haqida tushuncha.
3. Frazeologik ma’no va uning kelib chiqish yo`llari.
Frazeologiya tilshunoslik fanining mustaqil sohasi deb tan olingan.
Frazeologik
birliklarning o`ziga xos xususiyatlarini to`liq anglamoq uchun, avvalo, so`zlar bog`lanmasi
haqida tushunchaga ega bo`lish kerak.
Frazeologiya yunoncha: iboralar haqidagi ilm demakdir.
Tilshunoslikning frazeologik birikmalari va ularning barcha xususiyatlarini
tekshiruvchi sohasi frazeologiya deyiladi
Frazeologiya termini tilshunoslikda ikki ma’noda qo`llanadi: 1) tildagi
frazeologik
birliklarning jamisi; 2) shunday birliklarni o`rganuvchi soha (fan) ma’nosida.
Frazeologiya dastlab adabiyotshunoslikda paydo bo`lgan. Ma’lum bir asarni bir
tildan ikkinchi
tilga tarjima qilganda, turg`un so`zlar bog`lanmasini aynan tarjima qilish
mumkin bo`lmay qolgan. Bunda o`sha tillarda mavjud bo`lgan frazeologizmlar o`rganila
boshlangan. Frazeologiya termini dunyo filologiyasida 1558-yilda ingliz adabiyotshunos
olimi Neandr tomonidan birinchi marta qo`llangan. U badiiy asarlarni tarjima qilar ekan, shu
terminni ishlatishga majbur bo`lgan.
Rus tilshunosligida frazeologizmlarni o`rganish XIX asrdan boshlandi. Bu sohada
akademik
Shaxmatov, V.V.Vinogradov, A.I.Yefimov, N.M.Shanskiy kabi olimlarning
xizmati katta.
O`zbek tilshunosligida esa iboralarni o`rganish 1950-yillardan boshlandi. Bu sohada
Sh.Rahmatullayev, Y.Pinxasov, M. Husainov, I.Qo`chqortoyev kabi olimlar ilmiy ish olib
bordilar,
Jumladan, Sh.Rahmatullayev "O`zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari"
mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shunday qilib, o`zbek tili
frazeologiyasini o`rganish hozir ham davom etmoqda. Jumladan, B.Yo`ldoshev “Hozirgi
o`zbek adabiy tilida frazeologik birliklarning funksional - uslubiy xususiyatlari” mavzusida
doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Frazeologik birliklar turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilingan. Jumladan, prof.
Sh.Rahmatullayev o`zining "Hozirgi o`zbek adabiy tili", Toshkent, 1965-yil
kitobida
frazeologik birliklarni alohida tadqiq etmay, leksik hodisalar qatorida ular bilan birga
o`rganadi: leksik sinonimlar va frazeologik sinonimlar va frazeologik Sinonimiya yoki
leksik antonimiya va frazeologik antonimiya kabi.
O`zbek tiliga oid boshqa darslik va qo`llanmalarda esa
iboralar semantik jihatdan
qo`shilma, birlashma, chatishma, morfologik jihatdai ot, sifat, fe’l, ravish, frazeologik
iboralar, deb tasnif qilinganini ko`ramiz. "Hozirgi o`zbek adabiy tili" (Toshkent, 1980)
kitobida esa bunday tasniflar uchramaydi va bunday klassifikatsiyalarning ahamiyati yo`q
deb qayd etiladi. Frazeologizmlarda hech qanday "qo`shilish", "natishish" kabi hodisalar
yo`q deyilgan. Balki uning o`rniga frazeologik ma’no strukturasi, iboralardagi polisemiya,
omonimiya, sinonimiya va antonimiyalar alohida tadqiq qilingan. Bizningcha ham, shu yo`l
to`g`riga o`xshaydi.
So`z ham, frazeologizm ham lug`aviy birlik sanaladi, Tilning lug`at boyligini tashkil
etadi.
Frazeologizmlar so`z birikmasi yoki gaplar singari nutq jarayonida hosil bo`lmaydi,
balki ular xuddi so`zlar kabi tilda tayyor holda bo`ladi. Demak,
frazeologizmlar nutq
hodisasi emas, balki til hodisasidir.
Frazeologizmlar ham xuddi so`zlar kabi, shakl va ma’no butunligiga ega. So`zning
shakliy tomonini tovushlar hosil qilsa, frazeologizmning shakliy tomonini so`zlar hosil
etadi: rahmdil-ko`ngli bo`sh, xursand-boshi osmonga etdi. Frazeologizm tarkibidagi so`zlar
ma’no butunligiga ega emas. Iboralar so`zlar yig`indisining ko`chma ma’nosiga asoslanadi.
Shuning uchun ibora tarkibidagi bir necha so`z bir butunligicha gap bo`lagi vazifasida
keladi; Ko`z ochib-yumguncha necha ming piyoda va suvoriy kishilar paydo bo`ldi. (A.Q)
(Ma’nosi tez-hol vazifasida),