FRAZEOLOGIZMNING SEMANTIK TUZILISHI
Frazeologizmning semantik tuzilishi frazeologik ma’no (ma’nolar) va qo`shimcha
ottenkalardan iborat bo`ladi.
Belgi, harakat kabilar haqida frezeologizm ifodalaydigan ma’lum frazeologik ma’no
deyiladi: Qizim boshimni osmonga yetkazdi, (A.Q). Endi to`rtinchi rotani ham ratsiya bilan
ta’min qilsak oshig`i olchi bo`lardi. Ibora birinchi gapda harakat ifodalasa (xursand qildi),
ikkinchisida belgi (yaxshi) ifodalamoqda.
Frazeologik ma’no obrazli va jozibali bo`ladi, Shu xususiyati bilan leksik ma’noli
so`zlardan bir oz farqlanib turadi. Chog`ishtiring: Xufiya - yeng ichida, beqiyos yer bilan
osmoncha, xursand-og`zi qulog`ida.
Ayrim frazeologizmlar bildirgan ma’nolari bir so`z bilan ifodalab bo`lmaydi: qildan
qiyiq topib, janjal chiqarardi. (S.Axm) Qosh qo`yaman deb, ko`z chiqarib qo`ydi.
Frazeologik ma’no ibora tarkibidagi so`zlardan birining ko`chma ma’nosiga
asoslanib ko`chma ma’no berishi (shirin so`z, achchiq gap, ishning ko`zi, gapning tuzi)
mumkin yoki tarkibidagi komponentlarning umumiy ma’nolariga asoslanib ko`chma ma’no
ifodalashi mumkin (og`zi qulog`ida, bel bog`lamoq, og`iz ochmoq). Yoki tarkibidagi
komponentlarning ma’nolariga aloqasi bo`lmay ko`chma ma’no anglatishi mumkin. (boshi
osmonga yetdi, tepa sochi tikka bo`ldi, yulduzni benarvon uradi, yuragiga qil sig`maydi).
Frazeologik iboralarning shakllanishida nolisoniy va lisoniy omillar mavjud.
Lisoniy omilga iboralarni qarindosh va noqarindosh tillardan o`zlashtirish va
kalkalash kiradi: bajonidil, buksirga oldi.
Tilshunos A.Mamatov o`zbek tili frazeologizmlarning shakllanish doirasini to`rt
katta guruhga ajratib ko`rsatadi: 1) shaxs faoliyati va psixikasi bilan bog`liqligi jihatidan; 2)
kasb-korga bog`liqligi, 3) hayvonlar obrazi asosida; 4) din va dindorlarga bog`liqligi
jihatidan shakllangan frazeologizmlar. Misollar: og`iz ochmadi, o`pkasi to`ldi, bo`zchining
mokisidek suprasi quruq; it-mushuk bo`ldi, dumi xo`rjinda, xudo ko`tarsin, payg`ambar
hassasi bilan turtgan va hokazo.
Frazeologik tizim tilning leksik va grammatik tizimlariga tayanadi, Iboralar ko`chma
ma’noda kelgan ikki va undan ortiq so`zlar bog`lanmasi bo`lgan til birliklaridan tashkil
topadi: Tili qisqa, til chiqardi, bilim xazinasi (kitob), Sharq Yulduzi (O`zbekiston), zangori
kema (mashina). Xuddi shuningdek, aforizmlar. Ulug`likka yetsang, unutma o`zing, qachon
kiysang atlas, unutma bo`zing (A. Yugnakiy). O`t ishi-qovurmoq, el ishi-sovurmoq
(A.Navoiy) kabilar ham frazeologizmlarga kiradi.
Xalq maqollari semantik jihatdan ikki xil bo`ladi. a) o`z (asl) ma’nosida bo`yagan
maqollar (Bugungi ishni ertaga qo`yma; dushmanga omon berma) bu ko`chma ma’nodagi
maqollar (Yetti o`lchab bir kes; qolgan ishga qor yog`ar. Ko`rpangga karab oyoq uzat).
Frazeologizmlarga ana shu ikkinchisi ya’ni, ko`chma ma’no ifodalagan xalq maqollari
kiradi,
Frazeologizmlar tarkibidagi so`zlar boshqa oddiy birikmalardagi so`zlarga shaklan
o`xshab qolishi mumkin: Qodirqul mingboshining bundaqangi ishlarga suyagi yo`q (H.H)
Bu go`shtning suyagi yo`q Mirzakarimboyning qo`li uzun, bu ishlarni uddalaydi. (O)
Basketbolchining qo`li uzun edi. Bunday holatlarda frazeologik ma’no kontekstga qarab
aniqlanadi.
Ayrim frazeologizmlarning komponentlari qat’iy bir qolipga kirib ketganligi uchun
ularni bir tildan ikkinchi tilga so`zma-so`z tarjima qilib bo`lmaydi. So`zma-so`z tarjima fikr
-chalkashligiga olib keladi. Masalan, Oydinning "Kelin o`g`il tug`di" hikoyasidan rus tiliga
tarjima qilingan quyidagi konteksga diqqat qiling: Voy, tug`may o`lay. Bu nima o`tirish,–
kampirning qo`ltig`idan tarvuzi tushib, ich-ichidan ezilib ketdi.
61
–Вай, посмотри на них. О чем они беседуют? Старушка так рассердилась,
словно
уронила
хороший
арбуз.
Gapda
"tarvuziqo`ltig`idantushdi"
iborasini,
tarjimasinoto`g`richiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |