O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

2-§. Lug‘atshunoslik tarixidan. 
Barcha turkiy xalqlar kabi o‘zbek xalqining ham lug‘atshunoslik 
bilan bog‘liq tarixining dastlabki bosqichi Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari 
bilan bog‘lanadi. Uning to‘liq ism-sharifi Mahmud Ibn-ul Husayn Ibn Muhammad-al-Koshg‘ariy 
bo‘lib (tavallud sanasi aniq emas), «Devonu lug‘otit turk» asari hijriy 469, melodiy 1076-1077- yil 
yozilgan. Asarning yagona qo‘lyozma nusxasi 1914-yilda Turkiyaning Diyorbakir shahridan 
topilgan va u hozirgacha Istambulda saqlanadi. Bundan tashqari alloma tomonidan turkiy tillar 


65 
sintaksisiga doir «Javohirun nahv fil lug‘otit turk» asari yaratilganligi haqida ham ma’lumotlar 
mavjud. Biroq bu asar bizgacha yetib kelmagan.
«Devonu lug‘otit turk», dastlab, 1915-1917 yillarda uch tomlik kitob holida Istambulda, 
keyinchalik, ya’ni 1928 yilda esa sharqshunos Brokkelman tomonidan nemis tiliga tarjima qilinib 
Leypsikda nashr qilingan. «Devonu lug‘otit turk» asari 1960-1963 yillarda taniqli sharqshunos olim 
Solih Mutallibov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib, Toshkentda nashr etilgan. «Devonu lug‘otit 
turk» asari faqat leksikografik tadqiqot bo‘lib qolmay, unda qadimgi turkiylar tilning fonetik-
fonologik, leksik-semantik, lingvogeografik, dialektologik xususiyatlari haqida ham qimmatli 
ma’lumotlar mavjud. Shu bois Mahmud Koshg‘ariy turkiyshunoslikning sanab o‘tilgan sohalarining 
asoschisi sanaladi.
Zamahshariy
hijriy 467, melodiy 1045 yilning 19 martida Xorazmning Zamahshar qishlog‘ida 
tavallud topgan. Abulqosim Mah-mud Zamahshariy taxallusi bilan arab tilida tilshunoslik, adabiyot-
shunoslik, geografiya, hadis va diniy huquq kabi fanlarga doir ellikdan ortiq asar yaratib qoldirgan. 
Ayniqsa, uning «Al- mufassal fi sa’at il-i’rob», «Fleksiya san’ati haqida mufassal kitob» ma’nosini 
bildirib, bu asar (1121 yil Makka shahrida yozilgan) arab tilining grammatikasini o‘rganishda muhim 
qo‘llanma sifatida sharq va g‘arbda mashhur bo‘l-gan. Zamahshariyning xorazmshoh Alouddavla 
Abdulmuzaffar Otsiz sharafiga bag‘ishlab 1137 yilda yozilgan «Muqaddimat-ul adab» (Adabiyotga 
kirish) asari, garchi adabiyotshunoslikka doir bo‘lsa ham, tilshunoslikning morfologiya, 
leksikologiya va leksikografiya sohalariga daxldor qimmatli amaliy va nazariy mulohazalar mavjud. 
Zotan, besh qismdan tashkil topgan bu asarda otlar, fe’llar, bog‘lovchilar, otlarning turlanishi, 
fe’llarning tuslanishi kabi masalalar xususida bahs yuritilgani holda, o‘sha davr arab tilining 
iste’molda bo‘lgan barcha so‘zlari, iboralari ham o‘z aksini topadi. Bu so‘zlaning ma’nolari va 
etimologiya-si yetarli darajada keng sharhlanadi. «Muqaddimat-ul adab» fors, chig‘atoy(eski 
o‘zbek), mo‘g‘ul va turk tillariga tarjima qilingan bo‘lib, manbalarda qayd etilishicha, uning 
chig‘atoy tiliga tarjimasi Zamah-shariyning o‘zi tomonidan amalga oshirilgan. Zamahshariyning 
bilim-don, zukko allomaligi unga hayotligidayoq butun musulmon Sharqida katta shuhrat keltirgan. 
Shu bois alloma chuqur hurmat bilan «Arablar va g‘ayri arablarning ustozi», «Xorazm faxri» kabi 
sharafli nomlar bilan ulug‘langan. 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish