O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti


Kichik yoshdagi o`quvchilargamo`ljallangan asarlargaoid xususiyatlar



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

 
Kichik yoshdagi o`quvchilargamo`ljallangan asarlargaoid xususiyatlar.
Bu 
yoshdagi bolalarning ichki olamiancha murakkab. Ular hali ko`p narsalarni bilmaydi, lekin 
bilishdan iborat ichki jarayonni kechishga kirishadi; bilish-ular uchun o`ziga xos ma`naviy 
ehtiyojga aylana boradi. Yanush Korchak ular tabiatiga xos ana shu xususiyatini ta`riflab 
yozgan edi: «Bolalarga o`zlari sezgan va o`ylaganlarini gapirib berish g`oyat qiyin, chunki 
ularni so`zda ifodalashga to`g`ri keladi. Bundan ham og`irrog`i esa-yozish. Lekin bolalar 
shoir va faylasufdirlar.» Chindan ham shunday. Bolalar tabiatidagi «shoirlik»-ularning 
hamma narsadan hayratlanishlari, har bir hodisadan hayajonlanishlari bo`lsa, «faylasuflik» - 
hayratni va hayajonni qo`zg`agan shu narsalar va hodisalarning asl mohiyatiga 
qiziqishlaridir. «Bu nima?», «Bu nega bunaqa?», «U nima deydi?», «U nega katta yoki nega 
kichik?», «U qanday o`sadi?», «Nega qattiq?», «Nega yumshoq?», «Suv nega qotadi?», 
«Quyosh qanday qizitadi?», xullas, shu xildagi sanoqsiz savollar bu yoshdagi bolalarning 
qiziqishlari hosilasi bo`lib, ana shu savollarga topgan va topolgan javoblari-olamni 
o`zlashtirish yo`llaridir. Olam ular uchun jumboqqa aylanarkan, ularning o`zlari ham 
«nimavoy»ga aylanishlari tabiiydir. Shu ma`noda N. Nosov yaratgan Pochemuchka 
(Nimavoy-o`zbek tilida Bilmasvoy tarzida tarjima qilingan)-bu yoshdagi bolalarning 
umumlashma 
obrazi 
darajasiga 
ko`tarilgan. 
Bunday 
umulashma 
obrazni 
Q.Muhammadiyning «Tabiat alifbesi» turkumiga kiruvchi lirik qahramon timsolida ham 
ko`rish mumkin. U ham butun vujudi bilan «Yong`oqni nega yong`oq deymiz?» yoki 
«Yong`oqning qobig`i nega qattiq?» «Olcha nega qip-qizil?», «O`rik nega sarg`ayib 
pishadi?», «Jiydaning shoxi nega egig?», «Shaftolining bargi nega achchiq?», «Sada nega 
meva qilmas?», « Dada, bog`bon nega tokni qirqib turadi?» yoki «Tok daraxti bir xilu 
uzumlari nega har xil?», «Mol nega kavsh qaytaradi?», «Chittak nega chittak?», singari son-
sanoqsiz savollarga aylangan. Kimgadir bular g`ayritabiiy tuyulishi mumkin, shu boisdan
ularning g`ashlari qo`zg`ab «katta bo`lganingda bilasan»,-deya bolani hatto jerkishgacha 
borishlari mumkin. Bunday qilish bola qiziqishlariga to`g`on solishga teng bo`lib, unda 
hamma narsaga befarq qarash maylini kuchaytiradi. Befarqlik esa bora-bora bolani ijtimoiy 
lanjlikka giriftor qiladi. 
Bola ma`naviy ehtiyoji hosilasi sifatida tug`ilgan mazkur savollariga ilmiy javobni ham u 
idrok qila olmaydi, aksincha, yana savoldan savol chiqaradi. Buning ijobiy tomoni shundaki, 
bolalardagi qiziqish so`nmaydi, bilaks yana rivojlanadi. Q.Muhammadiy bu savollarga 
poetik javob berish maqsadida «nima to`g`risida asar yaratmasin, nima haqda gapirmasin, 
doim o`sha narsadan inson hayotini ko`zda tutib, ma`no izlaydi. Shoir shu ma`noni topadi 
ham. Bu ma`no doim bolalarning hayotdan oladigan birinchi taassurotlarini izohlaydi, uning 
dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladi.»
Maktab yoshidagi kichkintoylar tabiatiga xos «shoirlik va faylasuflik» ular uchun 
yoziladigan asarlar mavzu doirasining keng, g`oyaviy-badiiy jihatdan sodda va tabiiy 
bo`lishini taqozo etadi, bu jarayon bola ulg`ayishi bilan oddiylikdan murakkablik tomon 
yo`g`rilib bormog`i darkor. Negaki, ruhshunoslarning ma`lumotlarga ko`ra, bu yoshdagi 
bolalar dastlabki bosqichda 3600 tacha so`zdan foydalanishadi. Yetti-to`qqiz yasharliklarida 
hayvonlar, qushlar, hasharotlar, nobotot va boshqa narsalarga oid ertaklarga qancha 
qiziqishsa, insonlar va ularning o`zaro munosabatlarini ifodalovchi asarlarga qiziqishlari 
ham shuncha orta boradi. Bolalar yozuvchilarning vazifasi shu ishtiyoqni alangalatishdan 
iborat.Bunda shu yoshdagi o`quvchilarning hayot tajribalarini umumlashtirish negizida 


142 
ijtimoiy voqelik mohiyatini ochib berish ular dunyoqarashining shakllanishiga ta`sir 
qo`rsatuvchi vosita sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. 
Bu yoshdagi bolalar folklordan kengroq bahramand bo`la boshlaydilar: tez 
aytishlar mashqi bilan nutq tovushlari talaffuzini ravonlashtirsalar, chandish o`ynab so`zlar 
ohangdoshligini idrok qiladilar; guldur-guplar vositasida so`z va harakat uyg`unligini his 
etsalar, topishmoqlarni echish jarayonida zehnlarini charxlay boradilar. Hayvonlarga oid 
ertaklarga qiziqishlari sehrli-fantastik va hayotiy-maishiy ertaklarga omuxtalashib, ular 
hisobiga to`lisha boradi va xayollariga parvoz bag`ishlay boshlaydi. Hayotiy-maishiy 
ertaklarni o`qish jarayonida real hayot hodisalariga qiziqishlari uyg`ona boradi. Ertakka bu 
xildagi ma`naviy chanqoqlik turli xalqlar ertaklarini ham, shuningdek, yozma adabiy 
ertaklarni ham sevib o`qishga chog`laydi: Sharl Perro, aka-uka Grimmlar, H.K.Andersen, 
Petr Ershov asarlarini, ayniqsa, bolalarga moslashtirib tabdil qilingan «Ellada 
qahramonlari», E. Rapsening «Baron Myunxauzenning sarguzashtlari», shuningdek, A. 
Tolstoyning «Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari», Leonid Solovevning 
«Nasriddin afandi sarguzashtlari», Sh.Sa`dullaning «Yog`och qo`g`irchoq yoki Kachal 
polvon sarguzashtlari» ertak-qissalarini, Turg`unboy G`oyibovning adabiy-nasriy ertaklarini 
zavqu shavq bilan o`qiydilar. Multfilmlarga va qo`g`irchoq teatrlari spektakllariga 
o`chliklari zamirida ham aslida ertakka ehtirosli qiziqishlari yotadi. Bu yoshdagi 
kichkintoylarga, ayniqsa, harbiy vatanparvarlik va Vatan tarixi haqidagi badiiy asarlar
behad zarurdir. Ularga xorijdagi tengqurlari hayoti haqidagi asarlar ham alohida qiziqish 
uyg`otadi. Bu jihatdan ham milliy adabiyotda yaratilgan «Qonli barmoqlar», «Zafar va 
Zahro» (Oybek), «Dunyo bolalari» (A.Muxtor), «Afg`on hikoyalari» (S.Barnoev) qatorida 
mashhur italyan bolalar adibi Janni Rodarining «Chipollinoning boshidan kechirganlari» , 
«Jelsomino yolg`onchilar mamlakatida», «Muzqaymoqdan qurilgan shahar», shved bolalar 
adibasi Astrid Lindgrenning «Mittivoy va tomda yashovchi Karlson haqida ikki qissa», 
polyak Yanush Korchakning «Qirol Matiush birinchi», shuningdek, qardosh xalqlar bolalar 
adabiyotlarining eng sara namunalari alohida qimmat kasb etadi. Bu xildagi asarlar bolalarda 
baynalmilal hamkorlik va hamdardlik tuyg`ularini tarbiyalaydi, ularning olam va odamlar 
haqidagi 
bilimlarini 
boyitadi, 
lug`at 
boyliklarini 
oshiradi, 
dunyoqarashlarining 
shakllanishiga, insoniy fazilatlarining tarkib topishiga, xarakterlarining toblanishiga ta`sir 
ko`rsatadi, qisqasi, badiiy adabiyot ular uchun chinakamiga «hayot darsligi»ga aylana 
boradi.

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish