O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oidkitoblarning xususiyatlari



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oidkitoblarning xususiyatlari. 
Bola 
yetti yoshga to`lguniga qadar atrofdagiyangiliklarni tez ilg`aydigan bo`lib o`sa baradi. Bu 
jarayonni bolaning kelajakka tayyorlanishi tarzida tushunish kamlik qiladi, albatta. Negaki, 
inson shaxsiyatidagi barcha ijobiy va salbiy xususiyatlar xuddi shu davrda shakllana 
boshlaydi, xarakteriga singa baradi. «Axir men hozir nimalarda yashayotganimni o`shanda 
kashf qilmaganmidim?,-deya xotirlagandi Lev Tolstoy yetmish yillik umriga sarhisob qila 
turib.-Shuncha ko`p, shuncha tez kashf etgan narsalarimning yuzdan birini ham, qolgan 
butun umrim davomida kashf eta oldimmi? Aslo! Besh yashar boladan mengacha-faqat bir 
qadam, yangi tug`ilgan chaqaloqdan besh yashar bolagacha-dahshatli masofa!» Chindan-da, 
chaqaloq besh yoshga to`lguniga qadar til chiqaradi, ongi kurtak yoza boshlaydi, tuyg`ulari 
shakllanish jarayoniga kiradi, oyoq chiqarib mustaqil yura boshlaydi-keyingi butun umri 
davomida, asosan, shu jarayonlar takomillashadi. Shuning uchun bolalarni juda 
kichkinaliklaridanoq, so`z san`ati sehrida tarbiyalash beqiyos ijtimoiy-estetik qimmatga 
molik. Bu xalqning asriy tajribasida sinalgan haqiqatdir. Xalq ijodiyotidagi erkalash 
motivlariga limmo-lim aytim-olqishlar, allalar, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar, 
qaytarmachoqlar, ermaklar asrlar davomida ana shunday vazifani ado etib kelayotgani 
barchaga ayon. Ularda xalqimizning bolalarparvarlik mehri tovlanib turadi, murg`akkina 
jonlarni so`z ohanglarida ardoqlash an`analari yorqin namoyon bo`lgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar hali kitob o`qiy olmaydi, ular uchun olam noma`lumlik 
sirlarini bilishga, o`zlashtirishga intilish, qiziqish kuchli bo`ladi. Yozuvchining vazifasi 
uning xuddi shu intilishini hisobga olib, qiziqishini alangalatishga qaratilgan holda ish 
tutishdan iborat. Bunda u maktabgacha yoshdagi kichkintoy tabiatiga xos taqlidchilik 
xususiyatini ko`zda tutib, hayotdagi xarakterli voqea va hodisalarni uning tasavvuriga mos 
badiiy obrazlarda ifodalovchi asarlar yaratmog`i lozim. 
Ma`lumki, maktabgacha yoshdagi kichkintoylar tevarak-atrofidagi har bir narsaga taqlid 
qilishdan charchashmaydi. Ular taqlidchilik vositasida hayotni o`zlashtiradilar. Shu boisdan 
ularga atalgan asarlarning personajlari-hayvonlar, qushlar, hasharotlar, o`simliklar va boshqa 
narsalar bo`lishsa-da, odamlarga taqlidiy sifatlarga ega: Odamlarday gapirishadi, fikr 
yuritishadi. Shu taqlidda ularning har biri o`z xislatlari xususidagi oddiy ma`lumotlar bilan 
kichkintoylarning intellektual dunyosiga aylanadi, ularda hayotga qarashning o`ziga xos 
kurtaklari vazifasini o`tashga kirishadi.
Bunday intilish zamirida kichkintoy nutqida o`zgacha emotsionallashuv jarayoni sezila 
boshlanadi. Bolalardagi bunday insoniy sezgirlikdan hayratlangan L.Tolstoy ayrim noshud 
yozuvchilarning tildagi no`noqliklariga ta`na qilib: «Bola so`z yasash qonunlarini sizdan 
ko`ra yaxshiroq anglaydi, chunki hech kim uningchalik tezlik bilan yangi so`z yasay 
olmaydi,» –degan edi. Bolalar tilini uzoq kuzatgan K.Chukovskiy ham bu fikrni tasdiqlaydi: 
«Ikki yoshidan boshlab har qanday bola qisqa muddat ichida «daho tilchi» darajasiga 


141 
ko`tariladi,» - deya e`tirof etgan edi. Bolalar uchun asar yozganda ana shu fazilatlarini 
inobatga olib, ularga atroflarini o`rab olgan hayotni anglab olishlariga, hayotsevarlik 
tuyg`ularini shakllantirishga, narsalar haqida o`z tushunchalarining qaror topishiga, shularni 
imkoniyatlari ko`taradigan darajaga xizmat qiladigan so`z zaxiralarini muttasil boyitishga 
ko`maklashish maqsadi ko`zlanmog`i shart. Shundagina asarni o`z vazifasini muvaffaqiyatli 
bajargan deb hisoblash mumkin.

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish